Hazorasp tumani 1-sektor hududida 2022 yilning 12 oyi davomida olib borilgan ishlar yuzasidan 1-sektor rahbari hisoboti.


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4102-sonli, 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 16 fevraldagi 07-1-352-sonli topshirig'iga asosan, joylarda “Xalq bilan muloqot va mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini dolzarb muammolarini tezkor hal etish” maqsadida sektor rahbari tomonidan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida sektor hududidagi mahallalarda sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlari o'tkazilib kelinmoqda.

 Sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlarida asosiy e'tibor aholini qiynayotgan muammoli masalalarni hal etishga, shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar asosida berilgan imkoniyat va imtiyozlarni qo'llash orqali fuqarolarni (yoshlarni) mavjud muammolarini hal etish borasida amaliy yordamlar ko'rsatishga qaratilgan. 1-sektor hududida 12 ta mahalla bo'lib, “Aloqali ko'l”, “Barkamol avlod” “Juvorxos”, “Yangibozor”, “Qirtepa”, “Amudaryo”, “Yuqori shovot”, “Shovot”, “G'.G'ulom”, “Karvak”, “Buyuk ajdodlar” va “Yangiobod” mahallalarida jami 8849 ta xonadon, 14846 ta oila va ularda 53398 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

O'tgan 2022 yilning 12 oyi mobaynida 1-sektor hududidagi mahallalarda jami 58 marotaba ommaviy sayyor qabullar o'tkazildi, qabullarda jami 1720 nafar fuqarolarning ishtiroki ta'minlangan.

Qilingan murojaatlarning tahlili shuni ko'rsatdiki, qabullar davomida gaz, elektr ta'minoti, yo'l va imtiyozli kredit, moddiy yordam va uy-joy bilan bog'liq masalalarda nisbatan ko'proq murojaatlarni tashkil qilgan.

Ya'ni, elektr energiyasi ta'minoti bilan bog'liq 42 ta, yo'l qurilishi sohasida 21 ta, imtiyozli kredit ajratilishi bilan bog'liq 27 ta, gaz ta'minotida 28 ta, ichimlik suvi bilan ta'minlash va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan 30 ta, ish bilan ta'minlash yuzasidan 18 ta, sog'liqni saqlash masalalarida 25 ta, ijtimoiy himoya masalasida 15 ta, aholini arzon un-yog' mahsuloti bilan ta'minlash bo'yicha 26 ta, internetga ulanish bo'yicha 9 ta, boshqa masalalarda 19 ta, jami 260 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 172 tasida (66.2%) mualliflarning talablari qanoatlantirilgan, 75 tasi (28.8%) bo'yicha mualliflarga asosli tushuntirishlar berilgan va qolgan 13 ta (5.0%) murojaat hozirda o'rganish jarayonida.

Shuningdek, qayd etilgan davrda sektorda 48 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazilgan va 1180 nafar yoshlarni ishtiroki ta'minlangan ushbu qabullarda 168 nafar yoshlar tomonidan murojaatlar qilingan.

Yoshlar uchrashuvlaridagi murojaatlarning asosiy qismini “Yoshlar daftari”ga kiritish orqali moddiy yordam, kasbga o'qitish va subsidiya mablag'i asosida to'lovlar, kontrakt to'lovlari amalga oshirilishida amaliy yordamlar ko'rsatish tashkil etadi.

Ushbu murojaatlarning 104 tasida (61.9%) yoshlarning talablari qanoatlantirilgan, 61 nafariga (36,3%) asosli tushuntirishlar berilgan, 3 ta murojaat hozirgi kunda (1.8%) o'rganish jarayonida. Sektorda bevosita tuman hokimining tashabbusi bilan 5 ta tashabbus doirasida yoshlar o'rtasida sport musobaqalari, “Kitob yarmarkalari” “bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkalari, “Sayyor tibbiy ko'rik”lar va arzon narxlarda “Oziq ovqat savdo yarmarkasi”tashkil qilingan.

 2022 yilning 12 oyida jami 32 ta tadbirlar o'tkazilgan, shundan 6 ta mehnat yarmarkasi, 7 marotaba sayyor tibbiy ko'rik, 5 marotaba oziq-ovqat savdo yarmarkasi, sektor hududidagi 14 ta maktablar bilan birgalikda 14 ta kitob yarmarkalari o'tkazilgan. Tadbirlarda sektorning barcha mahallalari qamrab olingan.

Yarmarkada jami 78 ta korxona tashkilotlar 814 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok yetgan, shundan 280 ta oliy ma'lumotli, 196 ta o'rta- maxsus, 338 ta o'rta ma'luotli bo'sh ish o'rinlari mavjud bo'lib, shundan xususiy sektorda 425 ta, korxona-tashkilotlardan 389 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashgan. Yarmarka natijasida ishsiz fuqarolarning 418 nafariga doimiy ishga joylashish uchun, 76 nafariga xaq to'lanadigan jamoat ishlariga ishga qabul qilish uchun yo'llanmalar berilgan.

Mahallalarda tashkil etilgan sayyor tibbiy ko'riklar davomida 15 ta turdagi (UTT, EKG, laborant, urolog, kardiolog, travmatolog, terapevt, otoloringolog, oftolmolog, endokrinolog, ginekolog, xirurg, pediatr, nevropotolog, pulmonolog) tibbiyot sohasi mutaxassislari jalb etilgan.

Mahallalardagi tibbiy ko'riklar davomida 250 nafar patranaj hamshiralar xonadonlarda bo'lib, 7 ming 500 dan ortiq xonodonni patranaj xizmati bilan qamrab olib, 11 ming nafardan ortiq aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan.

Tuman hokimining tashabbusi bilan o'tgan 2022 yilning 12 oyi davomida tuman hududidagi “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi shuningdek yakka yolg'iz va boshqa ijtimoiy yordamga muxtoj oilalarning 730 tasidan uyma-uy yurish orqali xabar olindi hamda ushbu oilalar toifalarga ajratilgan holda muammolari bo'yicha yordamlar ko'rsatilib birlamchi oziq-ovqat maxsulotlari bilan ham ta'minlanib kelinmoqda.

 Tuman hokimining 19.02.2022 yildagi qarori bilan har bir sektorga 35 ta korxona-tashkilotdan mas'ullar berkitilib, aholi muammolari o'rganilgan.

Jumladan, sektor hududidagi “Aloqali ko'l”, “Barkamol avlod” “Juvorxos”, “Yangibozor”, “Qirtepa”, “Amudaryo”, “Yuqori shovot”, “Shovot”, “G'.G'ulom”, “Karvak”, “Buyuk ajdodlar” va “Yangiobod” mahallalarida olib borilgan o'rganishlar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan tegishli tartibda elektron platformalarda ro'yxatdan o'tkazilib, tuman hokimining tashabbusi bilan 2022 yilning 12 oyi mobaynida quyidagicha ishlar amalga oshirildi:

Sektor hududidagi mahallalardan subsidiyalar ajratish bo'yicha kelib tushgan arizalar bo'yicha 297 holatda 953,9 mln. so'mlik subsidiyalar ajratildi. Ushbu ajratilgan subsidiyalarni sohalar kesimda tahlil qilinganda, shundan:

-           hunarmandlar uyushmasiga a'zolik badali xarajatlari uchun 49 nafar fuqaroga 29.4 mln.so'm;

-           yengil konstruktsiyali issiqxonalar o'rnatish uchun

11 nafar fuqaroga 78 mln. so'm;

(Misol uchun, “Yuqori Shovot” mahallasi “Hamdo'stlik” ko'chasi 105-uyda yashovchi ishsiz fuqaro

Qilichov Olimboy Otaxonovichga 4.5 mln. So'mga 50 kv.metr yengil konstruktsiyali issiqxona

o'rnatib berildi, o'zini o'zi band qilish faoliyati bilan  bandligi ta'minlandi).

-           Kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj

196 nafar fuqarolarga 588 mln. so'm;

-           Asbob-uskuna mehnat qurollarini xarid qilish uchun “Ayollar daftari, “Yoshllar daftari” va “Temir daftari”da turgan ishsiz 21 nafar fuqarolarga 186.5 mln. so'm;

-           “Ustoz-shogird” an'analari asosida yoshlarga hunar o'rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlashi uchun, zarur xom-ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta'minlashi bo'yicha 20 nafar ustoz hunarmandlarga 72 mln. so'mlik subsidiyalar ajratib berildi;

(Misol uchun, “G'.G'ulom” mahallasi “Do'stlik” ko'chasi 159-uyda yashovchi ishsiz fuqaro Boltaeva Fotima Sapaevnaga 3.6 mln. so'mga shogirdlar tayyorlashi uchun, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta'minlashi bo'yicha 6 oy davomida subsidiya berilib, YATT ro'yxatidan o'tkazilib, xizmat ko'rsatish faoliyati bilan bandligi taminlandi).

2022 yilning 12 oyi mobaynida mahalallarning “O'sish nuqtasi”dan kelib chiqib, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 456 ta tadbirkor va fuqarolarga 11 mlrd. 776 mln. so'mlik kreditlar ajratib berildi, xususan:

- chorvachilik yo'nalishiga 71 ta holatda 2 068.6 mln.so'm;

- parrandachilik yo'nalishiga 32 ta holatda 986.2 mln.so'm;

- asalarichilik yo'nalishiga 1 ta holatda 33 mln.so'm;

- baliqchilik yo'nalishiga 16 ta holatda 484.7 mln.so'm;

- issiqxona yo'nalishiga 6 ta holatda 66.6 mln.so'm;

- tikuvchilik yo'nalishiga 159 ta holatda 3 298.1 mln.so'm;

- xizmat ko'rsatish va servis yo'nalishiga 167 ta holatda 4721.2 mln.so'm;

-ishlab chiqarish yo'nalishiga 4 ta holatda 117.7 mln.so'm ajratildi.

Sektor hududidagi mahallalardan kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qishga yo'naltirish bo'yicha jami

1005 nafar fuqarolar kasb-hunarga o'qitilib, kelgusida tadbirkorlikni yo'lga qo'yishiga zamin

yaratildi, shundan:

-           573 nafari tadbirkorlik ko'nikmalariga;

-           69 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik markazida;

-           23 nafari oliy biznes maktabida;

-           340 nafari bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qishga yo'naltirildi.

Olib borilgan keng ko'lamli ishlar natijasida tuman hokimligi, hokim yordamchilari va tuman aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan birgalikda 1-sektor hududidan joriy yilning

o'tgan davrida jami 3952 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi, shundan:

-           1364 nafari doimiy ish joylarga;

-           854 nafari mavsumiy ishlarga;

-           1734 nafarining rasmiy o'zini-o'zi band qilish orqali bandligi ta'minlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

23 noyabrdagi PQ-20-sonli va Vazirlar mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-sonli qarorlari asosida paxta va g'alla ekinlari hisobidan qisqarayotgan 132,7 gektar yer maydonini aholiga ochiq tanlov asosida ajratish maqsadida ochiq elektron Tizimga (E-IJARA) to'liq joylashtirilib, “E-AUKTSION” tizimi orqali ochiq tanlovga chiqarildi va barcha belgilangan yer maydonlari aholiga ajratib berildi.

Natijada bugungi kunda jami 744 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi va 687 nafar fuqarolar davlat soliq idoralaridan ro'yxatdan o'tkazilib, o'zini - o'zi band qilindi.

Bundan tashqari qishloq xo'jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo'nalishi bo'yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlarga birlashtirish maqsadida 1-sektorda tashkil kilingan “Aloqali ko'l”, “Amudaryo”, “Qirtepa”, “Juvarxoz” va “Yangibozor” mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj 200 ta oilaga subsidiya asosida 12 ming dona tuxum yo'nalishidagi parrandalar hamda har bir parranda tarqatilgan oilalarga 100 kg. yem-ozuqa

mahsulotlari yetkazib berildi.

Ortda qolgan 2022 yilnig 12 oyi mobaynida har bir mahallada hokim yordamchilari, mahalladagi yoshlar bo'yicha yetakchilar shuningdek mahalla fuqarolar yig'inlari hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “xonadonbay” xatlovlar o'tkazilib, ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalar, ayollar va yoshlarni aniqlab, ularni tegishli ravishda “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilishi yo'lga qo'yilib o'z navbatida ushbu daftarlarda turuvchi oilalarga quyidagicha yordamlar ko'rsatildi.

 1-sektor rahbari tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha “Temir daftari” hamda ehtiyojmand oilalarning “xonadon daftari” yuritildi.

Sektor hududidan hozirgi kunda 64 ta ehtiyojmand oilalar “Temir daftar”ga kiritilgan.

Ehtiyojmand oilalarning oilaviy sharoiti o'rganildi va shundan kelib chiqib, ularning 1 tasi (1,6 %) o'ta muxtoj, 24  tasi (37,5  %) muhtoj, 39 tasi (60,9 %) vaqtincha muhtoj toifasiga kiritilgan.

O'z navbatida “Temir daftari”da ro'yxatda turgan oilalarga joriy yilda jami, 205 mln. 878 ming so'mlik turli xildagi yordamlar ko'rsatilgan.

(Misol uchun, 1-sektor hududida yashovchi 9 ta kam ta'minlangan oilalarga 87 mln 500 ming so'mlik quyosh paneli orqali suv isitish moslamalari o'rnattirilib berildi).

 Joriy yilning o'tgan davri mobaynida sektor hududidagi mahallalar “xonadonbay” va “mahallabay” o'rganilib ulardagi ayollarni har tamonlama qo'llab-quvvatlash, ehtiyojmand, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollarni aniqlash, hamda “Ayollar daftari”ga kiritgan holda yordamlar berish uchun tumanning 1-sektor hududidagi ayollardan anketa so'rovnomalari olinib, ishchi guruh tomonidan yordam ko'rsatilishi zarur deb hisoblangan 938 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida ro'yxatga kiritilib ularga o'z navbatida quyidagicha yordamlar ko'rsatildi:

- bandligini ta'minlash orqali 298 nafar;

- tadbirkorlikga yo'naltirish orqali 96 nafar;

- tikuv mashinalari bilan ta'minlash orqali 7 nafar;

- 124 nafariga 149 mln. 250 ming so'mlik moddiy yordamlar ajratildi,

- 89 nafariga 1239 tup, 12 mln. 390 ming so'mlik ko'chatlar tarqatildi

-  212 ta oilalarga 4240 bosh parranda va xar bir parranda berilgan oilalarga 50 kg. dan yem mahsulotlari tarqatildi.

- 33 nafarini Samarqand viloyatiga sayoxatga olib borish harajatlari qoplab berildi;

- “Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlarning 480 nafar farzandlari maktab formasi bilan ta'minlandi;

- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan

6 ta tur bo'yicha jami 1339 ta yordamlar ko'rsatildi, “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida ro'yxatga kiritilgan xotin-qizlarga hozirgi kunda yordamlar to'liq ko'rsatilib, endilikda

“Ayollar daftari”ning 4-bosqichini shakllantirish bo'yicha ishchi huruhi tomonidan xatlov ishlari davom ettirilib kelinmoqda.

 Hazorasp tumanida hukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib yoshlarni har tamonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyalar yaratib berish maqsadida tumanning 1-sektor hududida 10293 nafar yoshlar turmush tarzlari mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan xonadonma-xonadon anketa so'rovnomalari o'tkazish orqali o'rganilib, muammolari bo'yicha Yoshlar balansi shakllantirildi, shuningdek kechiktirib bo'lmas muammolari bo'yicha “yoshlardaftari.uz” eletron sayti orqali onlayn ariza qoldirishlari tushuntirildi. Joriy yilning o'tgan 12 oyi mobaynida onlayn arizalarga ko'ra ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga muxtoj deb topilgan ishsiz yoshlardan 280 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib hozirgi kunda 275 nafariga amaliy yordamlar ko'rsatildi, shundan:

- to'lov kontrakti qoplab berilgan yoshlar 81 nafariga, 243 mln. 50 ming so'mlik;

- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o'tash badali qoplab berilgan yoshlar 5 nafariga, 21 mln. 335 ming so'mlik;

- davolanishi uchun bir martalik moddiy yordam ajratilgan yoshlar 66 nafariga 83 mln. 180 ming so'mlik;

- ekin ekish uchun 10 yil muddatga yer maydoni ajratilgan yoshlar 42 nafar;

- haydovchilik guvohnomasiga o'qitilgan yoshlar 12 nafariga 16 mln. 875 ming so'mlik;

- asbob-uskuna bilan ta'minlangan yoshlar 34 nafariga 75 mln. 102 ming so'mlik;

- doimiy ish o'rinlariga joylashtirish 8 nafar;

- “Ustoz-shogird” an'anasi doirasida hunarmandlarga biriktirilganlar 14 nafar;

- boshqa turdagi yordam ko'rsatilgan yoshlar 13 nafariga 10 mln. 230 ming so'mlik.

2022 yilda sektor hududidagi 275 nafar yoshlarga, 449 mln. 772 ming so'mlik amaliy yordamlar ko'rsatildi va bu boradagi ishlar davom ettirilib kelinmoqda.

Elektr ta'minoti barqaror ishlashini ta'minlash bo'yicha qilingan ishlar yuzasidan aytadigan bo'lsak G'.G'ulom mahallasida 10 kVli Yangibozor fideridagi TP-7544G/250 kVA yuklamasini kamaytirish uchun 250 kVAli transformator punkti, 0,75 km 10 kVli va 1,5km 0,4kV havo liniyasi yangidan qurildi;

- “Shovot” mahallasida 10 kVli Toshsaka fideridagi TP-7295G'400 kVAdan chiqqan Lq2,5km  0,4 kVli havo liniyasini rekonstruktsiya qilindi.

- “Shovot” mahallasida 10 kVli Yangibozor fiderida TP-7545G'160kVA yuklamasini kamaytirish uchun 160 kVAli transformator punkti va 0,8 km 10 kVli 0,4kV 0,8km havo liniyasi yangidan qurildi.

- “Karvak” mahallasida 10 kVli Yangibozor fiderida TP-7682G'400 kVA dan chiqqan Lq2,5km 0,4kV havo liniyasi rekonstruktsiya qilindi.

Hududdagi mavjud yo'llarni, yo'l belgilari va piyodalar yo'lakchalarini ta'mirlash bo'yicha sektor hududidagi “Yangibozor”, “Qirtepa”, “Amudaryo”, “G'.G'ulom” va “Karvak” mahallalari hududidan o'tgan 4r156 a/y 61-73 km lari oralig'ida yo'l chuqurchalariga asfalt qoplamasi yotqizilib joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi;

- “Yangiobod” mahallasida 2200 metr SHPS qum shag'al aralashmasi va “Tashabbusli byudjet” hisobidan 1100 metr asfalt qoplamasi yotqizilib, joriy ta'mirlash ishlari bajarildi;

- “Yuqori shovot” mahallasida “Tashabbusli byudjet” hisobidan 1000 metr yo'lda asfalt qoplamasi yotqizilib joriy ta'mirlash ishlari bajarildi;

- “Yangibozor” mahallasi “Tarrom ko'li” ko'chasida 1500 metr, “Juvorxoz” mahallasi “Zarbdor”, “Zafarobod” va “Temir yo'l” ko'chalarida 1300 metr SHPS qum shag'al aralashmasi yotqizilib joriy ta'mirlash ishlari bajarildi;

- Sektor hududidagi eskirgan 75 ta yo'l belgilari yangisiga almashtirildi. Piyodalar o'tish yo'lakchalarini chizish bo'yicha 1-sektor hududidagi 4r-156 yo'lida 9 ta joyda, 4k-975a yo'lida 6 ta joyda piyodalar o'tish joyi yo'lakchalari chizildi;

- Piyodalar o'tish joyi, yo'l belgilarini o'rnatish bo'yicha 1-sektor hududidagi barcha piyodalar

o'tish joylari, umumiy o'rta ta'lim maktablari oldilari, maktabgacha ta'lim muassasalari

oldilariga jami 82 ta yo'l belgilari yangidan o'rnatildi;

- Sektor hududidan o'tgan 4r-156a yo'lida joylashgan 6 ta ko'prik, 4k-975a yo'lida 5 ta ko'prik, 4n-1963a yo'lida, 1 ta ko'prik. 4n-1963Ga yo'lida 2 ta ko'prik, 4n-1970a yo'lida joylashgan 2 ta ko'prik, ichki xo'jalik yo'llaridagi 5 ta ko'priklar panjaralari ta'mirlanib, oq-qora rang

bilan ranglandi.

Jami 1-sektor hududidagi avtomobil yo'llarida joylashgan 20 ta ko'priklar panjaralari ta'mirlanib, oq-qora ranglar bilan bo'yaldi;

- “Karvak” mahallasidan o'tuvchi 4R-156 avtomobil yo'lining 62 kmga yangidan svetafor o'rnatildi.

Hozirgi kunda ham ushbu yuzadan fuqarolardan tushayotgan murojaatlarga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Gaz ta'minoti barqaror ishlashini ta'minlash bo'yicha qilingan ishlar borasida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish uchun sektor hududidagi 12 ta mahallalardagi 125 ta gaz taqsimlash qurilmasi texnik tavftishdan o'tkazildi, 32 ta gaz taqsimlash qurilmasi joriy ta'mirlandi, 7.8 km. uzunlikdagi gaz quvuri ichki qismi tozalandi, 3.3 km. gaz quvuri havo bosimi ostida

sinovdan o'tkazildi, 4.9 km. uzunlikdagi gaz quvuri tartibga keltirildi.

“Obod mahalla”dasturi hamda sektor hududida uy-joy kommunal va yo'l xo'jaligi, transport qatnovi, hududlarni obodonlashtirish bo'yicha erishilgan natijalar yuzasidan aytadigan bo'lsak 2022 yilda tuman hokimi tomonidan sektor hududidagi “Qirtepa” mahallasi “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan bo'lib, dastur doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni tartibga keltirish, tom qismi ta'mirlanishi lozim bo'lgan xonadonlardan 28 tasining tom qismi, fasad qismi ta'mirlanishi zarur bo'lgan 704 ta

xonadonlardan 704 tasi ta'mirlandi. 626,0 ming kv.m. ekin maydonida obodonlashtirish ishlari olib borildi. 18 km. ariq va zovurlar tozalandi. 15 ming tupdan ortiq manzarali va mevali ko'chatlar ekilib shakl berildi.

Aholiga uzluksiz elektr energiya yetkazib berish uchun “Qirtepa” mahallasida 10 kVli shaharcha Fideridagi TP-7411/160 kVAdan chiqqan 0,4 kVli havo liniyasining 4,5 km rekonstruktsiya qilindi.

“Qirtepa” mahallasida 10 kVli shaharcha fideridagi TP-7411/160 kVA yuklamasini kamaytirish Uchun 250 kVAli transformator punkti va 0,6 km 10 kVli havo liniyasi yangidan qurildi, 10 kVli Shaharcha fiderida TP-7749/160 kVA dan chiqqan Lq0.9km 0,4kV havo liniyasi rekonstruktsiya qilindi, 10 kVli shaharcha fiderida TP-7750/250kVA dan chiqgan 0,4 kVli havo liniyasining 1,5 km qismi rekonstruktsiya qilindi, 10 kVli shaharcha fiderida TP-7707/100kVA dan chiqgan 0,4kV havo liniyasining 0,8 km qismi rekonstruktsiya qilindi, 10 kVli shaharcha fiderida TP-7225/250 kVA dan chiqgan Lq2,5km 0,4kV havo liniyasi rekonstruktsiya qilindi, 10 kVli shaharcha fiderid TP-7225/250kVA yuklamasini kamaytirish uchun 160 kVAli transformator punkti va 0,5 km 10 kVli va 0,5 km 0,4kV havo liniyalari, yangidan qurildi, 10 kVli Shaharcha fiderida TP-7749/160kVA yuklamasini kamaytirish uchun 160 kVAli transformator punkti va 0,8 km 10 kVli  va 0,8 km 0,4kV havo liniyalari yangidan qurildi, 10 kVli shaharcha fiderida TP-7751/250kVA ga yangidan Lq 2km 0,4kV havo liniyasi qurildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar  tufayli “Qirtepa” mahallasi va unga chegaradosh bo'lgan mahallalardagi elektr energiyasi bo'yicha muammolar bartaraf qilinishiga erishildi.

Mahalla hududidagi 4k-975 avtomobil yo'lida 1800 metr yo'lga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi, ichki xo'jalik yo'llarini ta'mirlash bo'yicha “Bobosho” ko'chasida 767 metr asfalt qoplamasi va 4508 metr SHPS qum shag'al aralashmasi, 320 metr sement beton qoplamasi yotqizilib ta'mirlash ishlari bajarildi, “Sevinch” ko'chasida 1500 metr SHPS qum shag'al aralashmasi, “Sharq yulduzi” ko'chasida 1029 metr, “Katta ravon” ko'chasida 198 metr, “Bog'ishamol” ko'chasida 285 metr, “Zamin” ko'chasida 843 metr, jami 8363 metr tuproq yo'llarga SHPS qum shag'al aralashmasi yotqizilib joriy ta'mirlash ishlari bajarildi.

Mahallada gaz ta'minotini yahshilash maqsadida 1,3 km gaz quvuri tartibga keltirilib, buyoqlandi, tartibsiz yotgan 1.5 km har-xil o'lchamdagi gaz quvurlari olib tashlanib, axoliga yuqori bosimda tabiiy gaz yetkazib berish uchun katta diametrdagi gaz quvurlari tortildi, natijada mahalladagi axoli va ulgurji iste'molchilarning tabiiy gaz ta'minoti yaxshiladi.

Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun 454 ta xonadonga 8 km. ichimlik suvi quvurlari yotqizish ishlari rejalashtirilgan bo'lib, o'tgan 2022-yilda “Urganchpolimetall servis” MCHJ tomonidan axolini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun qurilish ishlari to'liq bajarilib 8 km ichimlik suvi quvurlari yotqizildi, natijada oldidan ichimlik suvi bilan ta'minlangan 280 ta xonadonlarga qo'shimcha tarzda 454 ta xonadonga ko'payib, ichimlik suvi o'tkazilgan xonadonlar 734 tani tashkil qilmoqda.

Sektor hududidagi axolining yashash turmush tarzini yaxshilash ularga har tamonlama shart-sharoitlar yaratib berish uchun kelgusida ham ushbu turdagi ishlarni davom qildirish maqsadida aholini qiynab kelayotgan muammolar bo'yicha yo'l xaritalari ishlab chiqilib ijrosi tuman hokimi va tegishliligi bo'yicha tuman hokimi o'rinbosarlari tomonidan nazoratga olingan.