“Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi” mablag'lari hisobidan 2022 yilda Hazorasp tumanida bajarilgan ishlar bo'yicha tuman moliya  bo'limi mudiri SH.Xo'janiyozov hisoboti.


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 

O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasi, O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida  fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5072-sonli Qarorining 1-bandi 2-qismida tuman mahalliy byudjeti qo'shimcha mablag'larining kamida 30 foizi “Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi” ga o'tkazilishi belgilangan bo'lib, qaror ijrosi yuzasidan tuman mahalliy byudjetining qo'shimcha mablag'lari xisobidan 2022 yilda 2686.6 mln.so'm, tuman mahalliy byudjetining 5 foizi qismi hisobidan 8177.5 mln.so'm, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-409 qaroriga asosan Hazorasp tumanida 2022 yil 2-mavsumda 2 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib deb topilmagan 4 ta takliflar uchun 3900.0 mln.so'm mablag' respublika byudjetidan ajratildi.

Jami “Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi” ga 2022 yilda 14764.1 mln.so'm mablag'lar yo'naltirildi.

 “Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi” mablag'lari hisobidan 2022 yilda Hazorasp tumanida:

 2022 yil 1-boskichida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali jamoatchilik fikri asosida bildirilgan takliflardan g'olib deb topilgan 11 ta takliflarni amalga oshirish uchun 6350 mln.so'm mablag'lar buyurtmachi korxonalarga o'tkazib berildi.

 2022 yil 2-boskichida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali jamoatchilik fikri asosida bildirilgan takliflardan g'olib deb topilgan 8 ta takliflarni amalga oshirish uchun 8430 mln.so'm mablag'lar buyurtmachi korxonalarga o'tkazib berildi.

 

Buning natijasida tumandagi 3958 metr yo'lga shpest tashlandi, 12056 metr yo'lllar asvalt qilindi, bittadan maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi, bolalar sport maktabi yangidan ta'mirlandi xamda axborot-kutubxona markaziga yangi kitoblar va inventarlar sotib olindi.