Hazorasp tumani DSI boshlig'i, 4-sektor rahbari D.Matyaqubovning hisoboti


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Hazorasp tuman 4-sektor hududida 11 ta mahallalarda, 6 669 ta xonadonlar mavjud bo'lib, ulardagi 11 078 ta oilada 39 862 nafar aholi istiqomat qiladi.

4-sektor hududida “Temir daftar”ga 627 ta oila kiritilgan bo'lib, 577 tasi daftardan

chiqarilgan, hozirgi kunda 50 ta oila “Temir daftar” ro'yxatida, “Yoshlar daftari”ga

kiritilgan 214 nafar yoshlardan 211 tasi daftardan chiqarilgan hamda “Ayollar daftari”ga 3-bosqichda kirtilgan 776 nafar xotin-qizlarga tegishli tartibda yordamlar ko'rsatilib hozirgi kunda to'liq daftardan chiqarishga erishilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4102-sonli, 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 16 fevraldagi (07-1-352-sonli) topshirig'iga asosan, joylarda xalq bilan muloqot va mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini dolzarb muammolarini tezkor hal etish maqsadida sektor rahbari tomonidan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida sektor hududidagi mahallalarda sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlari o'tkazilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq qo'mitasining topshirig'iga asosan sektor rahbari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda ayollar faollari bilan birgalikda har oyda 2 marotaba qilinishi kerak bo'lgan ishlar muammo va kamchiliklar bo'yicha uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda.

2022 yilning 12 oyida 4-sektor hududidagi mahallalarda jami 58 marotaba ommaviy sayyor qabullar o'tkazildi va o'tkazilgan qabullarda jami 1218 nafar fuqarolarning ishtiroki

ta'minlandi.

Qilingan murojaatlarni tahlili shuni ko'rsatdiki, qabullar davomida 3 karra soliq qo'llanilganligi, kommunal soha (yo'l, ko'prik, kanalizatsiya, ichimlik suvi, gaz, elektrenergiya ta'minoti, ko'p qavatli uylar ta'minoti) doimiy ish va imtiyozli kredit, moddiy yordam va uy-joy bilan bog'liq masalalarda nisbatan ko'proq murojaatlarni tashkil qildi.

Ya'ni, elektr energiyasi ta'minoti bilan bog'liq 27 ta, yo'l qurilishi sohasida 38 ta, imtiyozli kredit ajratilishi bilan bog'liq 43 ta, gaz ta'minotida 36 ta, ichimlik suvi bilan ta'minlash va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan 34 ta, ish bilan ta'minlash yuzasidan 25 ta, sog'liqni saqlash masalalarida 29 ta, moddiy yordam ajratish masalasida 72 ta, Temir, Ayollar, Yoshlar daftariga kirish bo'yicha 39 ta, boshqa masalallarda 49 ta, jami 392 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 268 tasida (68.4 foiz) mualliflarning talablari qanoatlantirildi, 124 

tasi (31,6 fozi) bo'yicha mualliflarga asosli tushuntirishlar berilgan.

Sektor rahbari va hokim yordamchilari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar:

Sektor hududidagi fuqarolarga va tegishli daftarlarga kiritilganlarga belgilangan tartibda moddiy yordam ko'rsatish, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, mavjud muammolarini hal etishda doimiy ko'mak berib borish ishlari tashkil etildi.

Sektor rahbari tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalardagi fuqarolar murojaatlari turlariga qarab amalga oshirilgan ishlar:

- doimiy ish joylariga joylashtirish orqali 553 nafar;

- YATT tashkil etish orqali 203 nafar;

- Yuridik tashkil etish orqali 135 nafar;

- issiqxona qurib berish evaziga 9 nafar;

- o'zini-o'zi band qilish orqali 1186 nafar;

- ish o'rnini legallashtirish orqali 124 nafar;

- imtiyozli kreditlar ajratish orqali 731 nafar;

- jamoat ishlariga jalb qilish orqali 127 nafar;

- 10 yil muddatga ekin yerlari ajratish orqali 453 nafar;

- o'z qiziqishlari bo'yicha kasb-hunar o'qitishga yo'naltirish orqali 193 nafar;

2022 yilning o'tgan 12 oyi mobaynida umumiy hisobda 4-sektor hududidagi 3714 nafar fuqarolarning bandligini ta'minlashga ko'maklashildi.

“Temir daftar” bo'yicha:

4-sektor rahbari tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha “Temir daftar” hamda ehtiyojmand oilalarning “xonadon daftari” yuritildi.

Sektor hududidan hozirgi kunda 50 ta ehtiyojmand oilalar (212 nafar) oila a'zolari, “Temir daftar”ga kiritilgan.

Ehtiyojmand oilalarning oilaviy sharoiti o'rganildi va shundan kelib chiqib, ularning 3 tasi o'ta muxtoj, 46 tasi muhtoj, 1 tasi vaqtincha muhtoj oilalar toifasiga kiritilgan.

O'z navbatida “Temir daftar”da ro'yxatda turgan oilalarga joriy yilda jami, 153,7 mln.so'mlik moddiy yordamlar ko'rsatilgan.

Masalan: Jumladan Saxovat ko'makjamg'armasi hisobidan 4-sektorga qarashli Yangi-hayot mahallasida yashovchi fuqaroMatnazarova Shukurjon Saparovna 1,5 mln.so'mlik moddiy yordam;

Shoduxurram mahallasida yashovchi fuqaro Kenjaev Murodbek Rustamovichning turar joyini ta`minlash uchun 3,0 mln.so'm;

Shukrona mahallasida yashovchi fuqaro Egamberdieva Gulsara Jabbarovnaga qizini davolatish uchun 3,0 mln.so'm miqdorida moddiy yordam pul mablag'lari ajratildi.

Bog'irog'lar mahallasida yashovchi fuqaro Jumaboeva Saodat Aminovnaga turar joyini ta'mirlashi uchun 10,0 mln. so'm miqdorida moddiy yordam pul mablag'lari ajratildi.

4-sektor hududida yashovchi 7 ta kam ta'minlangan oilalarga 64 mln 500 ming so'mlik quyosh paneli orqali suv isitish moslamalari o'rnattirilib berildi.

 “Ayollar daftari” bo'yicha:

Joriy yilning o'tgan davri mobaynida sektor hududidagi mahallalar “xonadonbay” va

“mahallabay” o'rganilib “Ayollar daftari”ning 3 bosqichida quyidagi toifalar bo'yicha yordamlar ko'rsatildi:

- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning 243 nafariga;

- tadbirkorlik qilish uchun kredit olishda yordam so'ragan ayollarning 80 nafariga;

- boquvchisini yo'qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 184 nafariga;

- uy joyi ta'mirlanadigan xotin-qizlarning 23 nafariga;

- ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2-guruh nogironi bo'lgan xotin-qizlarning 121 nafariga;

- uy-joyga muxtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning 17 nafariga;

- uy-joy bilan ta'minlaadigan xotin-qizlarning 13 nafariga;

- ijara kompensatsiyasi to'lab beriladigan xotin-qizlarning 4 nafariga;

- qaramog'ida bir va undan ortiq I va II-guruh nogironligi bo'lgan bolalari mavjud

ehtiyojmand xotin-qizlarning 121 nafariga;

- tomorqasidan unumli foydalanish uchun yordam so'ragan xotin-qizlarning 15 nafariga;

Hozirgi kunga kelib 3-bosqich bo'yicha “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga to'liq yordamlar ko'rsatilib bo'linib, 4-bosqichini shakllantirib belgilangan ishlarni kechiktirmay o'z vaqtida bajarish uchun yo'l xaritalar ishlab chiqilmoqda “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga hozirgi kunda ham yordam ko'rsatish davom ettirilib kelinmoqda.

 

“Yoshlar daftari” bo'yicha:

Joriy yilda 4-sektor hududida yashovchi yoshlardan 214 nafari onlayn ariza qoldirish orqali “Yoshlardaftari”ga kiritilib yoshlarning murojaati turlari bo'yicha yordamlar ko'rsatilishi yo'lga qo'yildi, jumladan;

bir martalik moddiy yordam ko'rsatilgan yoshlar 42 nafar (36 mln. 840 ming so'm);

- haydovchilik guvohnomasiga o'qitilgan yoshlar 11 nafar (18 mln. 555 ming so'm);

- asbob-uskunalar va mehnat qurollari bilan ta'minlangan yoshlar46 nafar (173 mln. 362 ming so'm);

- kasb-hunarga o'qish bo'yicha 4 nafariga (9 mln. 880 ming so'm);

- harbiy xizmat to'lovi uchun 3 nafariga (16 mln. 734 ming so'm);

- kontrakt to'lovi qoplab berilgan yoshlar 64 nafar

(201 mln. 450 ming so'm);

-boshqa turdagi yordam ko'rsatilgan yoshlar 29 nafar

Sektor hududidagi 201 nafar yoshlarga, 456 mln. 821 ming so'mlik amaliy yordamlar ko'rsatildi va bu boradagi ishlar davom ettirilib kelinmoqda.

Sektor hududida olib borilgan obodonlashtirish ishlari bo'yicha:

Joriy yilning o'tgan davrida jamoatchilik va sektor rahbari tashabbusi bilan:

Muxomon mahallasi hududidagi 4 yo'l kesishgan chorrahaga avtomobillar va piyodalar havsizligi uchun sektor rahbari tashabbusi bilan homiylar yordamida svetafor jamlanmasi o'rnatildi.

Muxomon mahallasi hududidagi 39-son umumiy o'rta ta'lim maktabiga olib boruvchi ichki ta'mirtalab yo'lga 1 km asfal't qoplamasi yotqizilib, 30 ta tungi yoritkichlar o'rnatildi.

Yangi hayot mahallasi hududidagi ichki ta'mirtalab yo'lning 1,2 km qismiga asfal't qoplamasi yotqizildi.

Navro'z mahallasi hududidagi ichki ta'mirtalab yo'lning 1,2 km qismiga asfal't qoplamasi yotqizildi.

Buyuk siymo mahallasi hududidagi 860 ta xonadonlarni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun 3,6 km ichimlik suvi tarmog'i o'tkazildi.

Tuman markazidagi 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 100 yillik yubileyini keng miqyosda nishonlash maqsadida, maktab sektor rahbari va homiylar tashabbusi orqali to'liq mukammal ta'mirlashdan chiqarildi.

Ishchilar mahallasi hududidagi 1, 11-son maktablari hamda 3-son DMTT oldilaridan o'tgan piyodalar yo'lakchasining 1,2 km qismi betonlashtirilib, 33 ta tungi yoritkichlar o'rnatildi.

Muxomon mahallasidagi avto bekat sektor rahbari tashabbusi bilan tadbirkor Klichov Mardonga 33,0 mln.so'm imtiyozli kredit ajratib berilib zamonaviy qulayliklarga ega avto bekat tashkil qilindi hamda shu bekatda oziq-ovqat do'koni tashkil qilinib, 2 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta'minlandi.

Muxomon mahallasi hududidagi Bunyodkor 2 ko'chasining 500 metr qismiga homiylik asosida asfal yotkizildi;

Oybek mahallasi hudidagi 1 km yo'llarga asfal't koplamalari yotqizildi.

Ishchilar mahallasi A.Navoiy ko'chasida yashovchi 20 ta oilalarga ichimlik suvi tarmog'i o'tkazib berildi.