Xalqni rozi qilish asosiy maqsaddir
Agar xalqimiz bizdan rozi bo'lsa, Yaratgan ham rozi bo'ladi, degan edilar davlatimiz rahbari.
Darhaqiqat, аyni kunlarda viloyatimiz bo'ylab inson qadri tamoyili asosida ijobiy ishlar amalga oshirilishi bilan birga, qish mavsumida bozorlardagi narx-navoning sun'iy o'sishining oldini olish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini tashkil qilish bo'yicha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Raximov rahbarligida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumanimizda ham aholi uchun qulaylik yaratilib, tuman markazida qishloq xo'jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilib, sotuvchi va xaridorlar uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Inson qadri ulug'langan bu kabi ezgulik ishlaridan fuqarolar xursand bo'lib o'z minnatdorchiliklarini olib bormoqdalar.
Hazorasp tumani hokimligi Matbuot xizmati.