Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi QARORI


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Loyiha

 Hazorasp tuman adliya bo‘limining boshlig‘i Y.Baltaevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmonining ijrosi yuzasidan axboroti. 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalaga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmoni 6-bandi 3-kichik bandida tuman adliya bo‘limlari boshliqlarihar chorakda tuman xalq deputatlari Kenashlarida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

         Ushbu Farmon Hazorasp tumanida adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 12 oyi davomida qonun hujjatlarining buzilishi va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan jami 343 ta taqdimnomalar, sudlarga 170 ta ariza va da’vo arizalari kiritilgan.

Shuningdek 50 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlik yuzasidan bayonnoma va takliflar rasmiylashtirilgan, 48 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy jarimga tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi sohasida ham, ya’ni qabul qilinayotgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va axamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish “Respublika-viloyat-tuman-mahalla” prinspi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot olib borilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalaga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmonining ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Y.Baltaevning axborotini tinglab va yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi qonunining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi

QAROR QILADI:

Tuman adliya bo‘limining boshlig‘i Y.Baltaevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalaga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmonining ijrosi yuzasidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2022-yilning 12 oyi davomida qilgan ishlari yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Tumandagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga:

- Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatlarida adliya bo‘limining uslubiy tajribasidan foydalanish;

- qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va axamiyatini ijrochilarga yetkazish “Respublika-viloyat-tuman-mahalla” tamoyili bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan adliya bo‘limi huquqiy-mutaxassislarni taklif qilish;

- adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan tagdimnomalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.

  1. Tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga:

- qarorlarni tayyorlash va qabul qilishda qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligiga e’tiborni qaratish;

- Qonunlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan tuman adliya bo‘limi bilan birgalikda huquqiy mashg‘ulotlar o‘tkazib borilishini tizimli tashkil qilish;

- tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha tuman adliya bo‘limining axborotini xalq deputatlari tuman Kengashida har uch oyda tayyorlashni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.

  1. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi (R.Karimova) zimmasiga yuklatilsin.