XALQ DEPUTATLARI XAZORASP TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Hazorasp tumanidagi mavjud nomlari davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 4 ta qabristonlarga nom berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 14-iyundagi 05-19-01-2131-sonli ekspert komissiyasining “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi eksport xulosasini, shuningdek “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” bo‘yicha tuman komissiyasining 2024-yil 9- apreldagi 1-33 sonli yig‘ilish bayonnomalarini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi.
QАROR QILАDI:
- Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Sobirovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
- Ekspert komissiyasining 2024-yil 14-iyundagi 05-19-01-2131-sonli ekspert komissiyasining “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi eksport xulosasiga asosan tumandagi mavjud 4 ta qabristonlarning nomlari qonun hujjatlariga muvofiq deb topilganlari ro‘yxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
- Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (А.Ro‘zmetov), tuman bosh imom xatibi (O‘.Jumanazarov) 1 oy muddatda tumandagi mavjud qabristonlarni ushbu qaror ilovalariga muvofiq tasdiqlangan ro‘yxat asosida nomlarini o‘rnatish va qonunga muvofiqlashtirsin.
- Tuman qurilish boʼlimi boshlig‘i (N.Karimov), kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i (O.Yusupov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i (X.Saʼdullaev) tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i (J.Allayarov), tuman statistika bo‘limi boshlig‘i (A.Alimbayev), tuman moliya bo‘limi boshlig‘i (Sh.Xo‘janiyozov), tuman davlat xizmatlari markazi rahbari (A.Axmedov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirsinlar.
- Mazkur qaror “Hazoraspnoma” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6.Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xo‘jaligi masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiyasi (J.Sapaev) hamda tuman hokimining o‘rinbosari - Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisi o‘rinbosari (B.Sobirov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Z.Abdirimov
1-ilova
Hazorasp tumanidagi mavjud nomlari davlat ro‘yxatidan o‘tmagan qabristonlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlanayotgan
qabriston nomlari
ROʼYXАTI
T/r |
Geografik obyektning turi |
Qabriston joylashgan o‘rni |
Ekspert komissiyasining xulosasiga asosan tasdiqlanayotgan nomlar |
1. |
Qabriston |
Muxomon mahallasi |
Himmatbobo |
2. |
Qabriston |
Bog‘dor mahallasi |
Yuqori Qo‘shnibobo |
3. |
Qabriston |
Pichoqchi mahallasi |
Quyi Qo‘shnibobo |
4. |
Qabriston |
Pichoqchi mahallasi |
Yugurakbobo |