RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqda “Xorazmda yog’ayotgan yomg’ir yo’llarimizning yuzini ko’rsatmoqda” Hazorasp tuman markazidagi holat, degan mazmunda video xabar tarqaldi.
Videomurojaatda so‘ralgan yo‘l, Hazorasp tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tasarrufida bo’lgan davlat ahamiyatga ega D213b (4r156b) avtomobil yo'li 2-2.8-km oralig’i, hamda D213d (4r156v) “To’rtko’l pristaniga shaxobcha” avtomobil yo’li 0-1 km oralig’i ekanligi, hamda avtomobil yo’lining ushbu hududida drenaj va kanalizatsiya tizimi mavjud bo’lmaganligi sababidan yomg’ir yog’ishi sabbli suv yig’ilib qolganligi aniqlandi.
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini ta`mirlash uchun ob’ektlarni moliyalashtirish ishlari O’zbekiston Respublikasi byudjet taqsimotida ko‘zda tutilgan parametrlardan kelib chiqib shakllantirilishi va ob’ektlarni moliyalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotganligi sababli, ushbu avtomobil yo‘li Moliya vazirligi huzuridagi “Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi” xisobidan mablagʻ ajratilib, loyiha – smeta xujjatlarini tayyorlangandan keyin, belgilangan pudratchi korxonlar tomonidan drenaj va kanalizatsiya tizimini yangidan qurish ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
Hazorasp tumani hokimligi
matbuot xizmati.