RASMIY MUNOSABAT


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 

Ijtimoiy tarmoqda Hazorasp tumani «Gulzor» mahallasida yashovchi fuqarolar korxonamiz tasarrufida bo’lgan 4k-968 "Bog’ot-Toma k-Dehqonbozor k-Qizilravot k-Hazorasp"  avtomonil yo’lining  16-16,5- km oralig’idagi 0,5 km  qismi ta’mirtalab xolatga kelib qolganligi va asfaltbeton qoplamasi yotqizib  ta’mirlab berilishida amaliy yordam berishni  so’rab murojaat tarqaldi.

Gulzor mahallasida 2022-yil «Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida “Eski Xiva yo’li” ko’chasiga 1,567 km, “Tinchlik” ko’chasiga 1,302 km,  “Ziyolilar” ko’chasiga 1,609 km,  “Gulzor” ko’chasiga 0,954 km, “12 narvon” ko’chasiga 0,907 km, “Guliston”   koʼchasiga 6,689 km SHPS (qum shag’al aralashmasi) yotqizilgan, “Guliston” ko’chasiga 1,125 km asfaltbeton yotqizilgan, JAMI «Gulzor” mahallasida 14,153 km  lchki xo’jalik yo’llarida joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan.

2023 yil “Mening yo’lim” loyihasida korxonamiz tasarrufida bo’lgan mahalliy ahamiyatga ega  4k-968 va 4k-976 a/yollarida jami 1,7 km qismi asfaltbeton qoplamasi yotqizilib joriy ta’mirlash ishlarini bajarilgan.

2023 yil 2-mavsum jamoatchilik fikri "Ochiq byudjet" loyihasida golib bo’lib  1,7 km qismi asfaltbeton qoplamasi yotqizilib joriy ta’mirlash ishlarini bajarilgan.

2024 yilda 1-mavsum jamoatchilik fikri "Ochiq byudjet" loyihasida 12 narvon, Ziyolilar ko’chalsrini  asfaltbeton qoplamasi yotqizilib joriy ta’mirlash uchun 1360.0 (bir milliard uch yuz oltmish million) som,  Eski Xiva yoli, Bog’ot tumani chegarasigacha bo’lgan 1,3 km, Gulzor mahallasini  Munis Xorazmiy vahallasi bilan chegarasigacha bo’lgan 0.5 km qismini, va Gulzor mahallasining asosiy ko’chalarini aroqqacha bo’lgan qismini 0.3 km  asfaltbeton qoplamasi yotqizilib joriy ta’mirlash uchun 1360.0 (bir milliard uch yuz oltmish million) som,  va Gulzor mahallasi asosiy ko'chalarini 2 maktabga olib boradigon piyodalar yo'lakchasi qurish va yoritish chiroqlari bilan jihozlash ishlari umumiy 4500 metr uzunligdaki piyodalar yo'lakchasi beton qoplamasi bilan piyodalar yo’lakchasi (tratuar) quyish mahalla aholisi uchun zaruz bo'lgan joylardan maktabga borib kelishga mahalla aholisi uchun juda zarur bo'lgan loyiha 1360.0 (bir milliard uch yuz oltmish million) somlik ishlar bajarildi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan mahalliy axamiyatga ega, 4k-968 "Bog’ot-Toma k-Dehqonbozor k-Qizilravot k-Hazorasp"  avtomobil yo’lining  16-16,6- km oralig’idagi 0.5 km qismini haqiqatdan ham bir necha yillardan buyon tamirlanmasdan kelib, ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi ma’lum bo’ldi, ushbu avtomobil yo’liga asfaltbeton qoplamasi yotqizib  ta’mirlab berish yuzasidan, joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun  yuqori turuvchi tashkilotlarga taklif kiritilgan bo’lib, moliyalashtirish ishlari amalga oshirilishi bilan ushbu avtomobil yo’lida SHNQ (shaxarsozlik  no'rma qoidalari)ga  mos kelgan holda asfaltbeton qoplamasi yotqizib joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishini  ma’lum qilamiz.

                 

https://t.me/Hazorasp_hokimligi