RASMIY MUNOSABAT


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

  Ijtimoiy tarmoqda Hazorasp tumani «Yangiobod” mahallasi bir guruh fuqarolar tomonidan 2023 yil 1-mavsum «Tashabbusli byudjet”, “Ochiq byudjet” loyihasida  «Yangiobod” va “Buyuk ajdodlar” mahallalari xududidan o’tgan avtomobil yo’lini ta’mirlash uchun ovoz berib g’olib bo’lganliklari yuzasidan  videomurojaat tarqaldi.

«Yangiobod” mahallasida 2022 yilda PQ-408-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kalonlar, M.Sheroziy va Zavq ko’chalarida 1.961 km SHPS (qum shag’al aralashmasi), 2023 yilda  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.08.2022 yildagi 435-sonli qaroriga asosan  Kalonlar ko’chasida 0.4 km SHPS (qum shag’al aralashmasi), “Buyuk ajdodlar” mahallasida 2022 yilda PQ-408-sonli qarori ijrosi yuzasidan Al Karvakiy va Nurobod ko’chalarida 2.819 km SHPS (qum shag’al aralashmasi) 2023 yil 1-mavsumda jamoatchilik fikri «Tashabbusli byudjet”,  "Ochiq byudjet" loyihasida g'olib bo’lib yutib olgan Yangiobod va Buyuk ajdodlar mahallalari 5564 ovoz bilan g’olib bo’lib 1200000000 (bir milliard ikki yuz million) so’m pul mablag’ini yutib olganlar, ushbu loyiha Xorazm viloyati mintaqaviy yo’llarga yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi tamonidan savdoga chiqarilgan bo’lib, tender savdolarida g’olib bo’lib yutib olgan pudratchi tashkilot «Azamat Xorazm” MCHJ tamonidan asfal’tbeton qoplamasi yotqizilib joriy ta’mirlash  ishlari bajarilgan. 2024 yil «Tashabbusli byudjet”, "Ochiq byudjet" loyihasi 2-bosqich ishtirokchilari to’g’risida ma’lumot olish uchun «Open Budjet.uz» sayti orqali bilib olish mumkinligi tushuntirilganligini ma`lum qilamiz. 

 

 https://t.me/Hazorasp_hokimligi