Hazorasp tuman hokimining Qarori
2022 йил «9» сентябрь 390-12-174-Q/22 Ҳазорасп туман ҳокимлиги
Hazorasp tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumta’lim muassasalarining mikrohududlarini belgilash to‘g‘risida
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish jarayonida umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida,
QAROR QILAMAN:
Tuman xalq ta’limi bo‘limining 2022 yil 9 avgustdagi № 01/7-13-06-451sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Hazorasp tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish bo‘yicha umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) ro‘yxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
- Tuman hokimligi (S.Quryozov), tuman xalq ta’limi bo‘limi (Sh.Axmedov), tumandagi umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish, o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi topshirilsin.
- Belgilansinki, tumandagi umumta’lim muassasalar rahbarlari o‘zlarirahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
- Tuman hokimining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Umumta’lim yoshidagibolalarni majburiy ta’limga to‘liq jalb etish yuzasidan tumandagi ta’lim muassasalarining mikrohududlarini belgilash to‘g‘risida”gi 71-12-174-Q/21-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
- Mazkur qaror “Hazoraspnoma” gazetasida rasmiy e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
- Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
- Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari S.Quryozov zimmasiga yuklatilsin.
Hazorasp tuman hokimi U.Маsharipov