HAZORASP TUMANI HOKIMI Z.A.ABDIRIMOVNING TUMANNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING 2022 YAKUNLARI BO‘YICHA HISOBOTI


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘tgan 2022 yil tumanimizda bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Investitsiya dasturi doirasida 3 ta obʼektda yaʼni, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha taʼlim, 1 ta irrigatsiya va melioratsiya, yangidan qurish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga asosan jami 88 ta obʼektda 10,7 mlrd.so‘mlik qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi.

Hazorasp tumanida 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adminstratsiyasining 02-РА+1-1-343-sonli topshirigʻi asosida budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar xisobidan 17 ta ob’ektda             8,160 mlrd soʻm evaziga yangidan qurish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Open buydjet loyihasiga asosan 16 ta ob’ektda 16,575 mlrd evaziga qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Yangi tartib bo‘yicha 254 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar qurib foydalanishga topshirildi.

Bundan tshqari Yangi tartib bo‘yicha qisqa muddatlarda 254 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar qurib foydalanishga topshiriladi.

2023 yilda ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi “J.Manguberdi” MFYda davom ettiriladi. Mazkur dasturlar asosida bajariladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun barcha manbalar hisobidan 2,5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

2023-yilning yanvar-sentyabrda oylari yakuni bo‘yicha asosiy ko‘rsatgichlar:

-sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajm 381,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 101,4 foizni, aholi jon boshiga 1873,8 ming so‘mni;

-qurilish ishlari 290,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 90,1 foizni, aholi jon boshiga 1426,3 ming so‘mni;

-xizmatlar jami 675,5 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 111,3 foizni, aholi jon boshiga 3319,2 ming so‘mni;

-chakana savdo aylanmasi 860,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 101,8 foizni, aholi jon boshiga 4228,0 ming so‘mni;

-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1848,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 102,1 foizni, aholi jon boshiga 9084,6 ming so‘mni tashkil qiladi.

2023 yilda amalga oshirilgan loyihalar doirasida 13,1 mln dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Tumanda 2023 yil yakunlari bilan eksport hajmi 31,4 mln. dollarni tashkil qilib, 2022 yilga nisbatan 156,9 foiz o‘sishga erishildi. Eksport faoliyatiga
10 tadan ortiq yangi korxonalar jalb etilib, eksport geografiyasi 15 dan ortiq davlatlarni tashkil qildi.

Joriy yilda Hazorasp tumanida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish kabi bir nechta yirik loyihalar ishga tushirildi.

O‘tgan yilda tumanimizda yangidan 1 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari ish boshladi, 3-7 yoshdagi bolalarning qamrov ko‘rsatkichi 71 foizga yetdi.

O‘tgan o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini tamomlagan o‘quvchilarning 31.7 foizi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.

Shuningdek, bu yil tumanda Investitsiya dasturi, davlat-xususiy sherikchilik va oilaviy asosda 1 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, 1 ta umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ko‘zda tutilgan.

O‘tgan yilda tumanimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar izchillik bilan davom ettirilib 32, 33-son oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.

Toshsaqa Shovot OSHP yangidan qurib foydalanishga topshirildi. 3 ta mahallada yangi turdagi tibbiyot punktlarining ochilishi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash imkonini berdi.

2023 yilda tibbiyot muassalari qurilishi va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash ishlari davom ettiriladi.