Farzandlikka olishni FHDYO bo`limida  rasmiylashtirish


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Farzandlikka olishni rasmiylashtirish, Fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish bo`limida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qaroriga asosan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning  3-bob 63,64,65,66,67,68,69,70,71-bandlarida  qayd etilganidek , sudning farzandlikka olish to`g`risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o`n kun ichida FHDYO organi farzandlikka olingan bolaning tug`ilishi qayd etilgan dalolatnoma yozuviga zarur o`zgartirishlar kiritishi lozim.

   Farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun FHDYO organiga sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan ko`chirma,farzandlikka olinuvchining tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi,shuningdek farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi.Farzandlikka oluvchilar ikki yoki undan ko`p Bolani bir vaqtda farzandlikka olgan hollarda har bir bola uchun alohida sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi ,agar ushbu masalada sud tomonidan bitta hal qiluv qarori qabul qilingan bo`lsa ,maskur hal qiluv qarorining nuxsalari farzandlikka olinayotgan bolalarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etilishi hamda har bir qarorga alohida kirim va ijro haqida belgi qo`yilishi lozim.

 

Zulfura Ro`zmetova,

Hazorasp tumani FHDYO bo`limi 2-toifali inspektori.