E’lon!


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

E’lon!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 6 maydagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1438-sonli qaroriga asosan Hazorasp tumanining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun
2025 yil 15 iyun, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.       

Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi

5-Beruniy saylov okrugi

303-uchastka

Karvak mahallasi, Ravshan ko‘chasi 73-uy, 32-sonli umumy o‘rta ta’lim maktabi binosi

“Karvak” mahallasining Lochin, Beruniy, Shodlik, Navbaxor ko‘chalari barcha hududlari kiradi

2.       

304-uchastka

Karvak mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 9-uy, 51-sonli umumy o‘rta ta’lim maktabi binosi

“Karvak” mahallasining A’lo, Oq yop, Ipak, Oltin voha, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari barcha hududlari kiradi

 

2025 yil 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining Xorazm.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

  1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
  2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
  3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;