2023 yil 9 oy davomida tuman mahalliy budjetining ijrosi yuzasidan hisobot


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi "2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida"gi O‘RQ-813-sonli  Qonuniga muvofiq, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2023 yil              5 yanvardagi "2023 yil uchun Xorazm viloyati mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VI-57-1-12-0-K/23-sonli qarori, Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashining 2023 yil 7 yanvardagi “Hazorasp tumanining 2023 yilgi mahalliy budjeti tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tuman mahalliy budjeti harajatlari        200 028,1 mln.so‘m qilib belgilab berilgan edi.

Tuman mahalliy budjet daromadlarining 2023 yil 9 oylikda aniqlangan rejasi 58215,8 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, mahalliy budjetga haqiqatda tushgan daromad 62455,9 mln.so‘m bo‘lib, rejaga nisbatan 4240,1 mln.so‘mga, ya'ni 107,3 foizga ortigi bilan bajarildi.

Tuman mahalliy budjet harajatlarining 2023 yil 9 oylikda aniqlangan rejasi 206530,0 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda qilingan harajatlar 207001,1 mln.so‘m, rejaga nisbatan 100,2 foizga bajarildi. Jumladan, 1-guruh harajatlar (ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar) ning aniqlangan rejasi 116354,1 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 116513,3 mln.so‘mga, rejaga nisbatan 101,1 foizga, 2-guruh harajatlari (yagona ijtimoiy to‘lovlar) aniqlangan rejasi 17337,3 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 17414,9 mln.so‘mga, rejaga nisbatan 100,5 foizga, 4-guruh harajatlari (boshqa harajatlar) aniqlangan rejasi 72838,6 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 73072,9 mln.so‘mga, rejaga nisbatan 100,3 foizga ijro etildi. Qurilish, rekanstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari uchun 2985,2 mln.so‘m ajratildi.

2023 yil 9 oylikda yuqori budjetdan tuman mahalliy budjetiga 21962,4 mln.so‘m o‘tkazib beriladigan daromadlar hamda 71040,4 mln.so‘m tartibga soluvchi budjetlararo transfert ajratildi. Buning natijasida tumandagi budjet tashkiloti hodimlarining ish xaqlarining 2-yarmi har oyning 1-5 sanalarida, avans to‘lovlari hamda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari 15-18 sanalarida moliyalashtirilishi ta'minlandi.

Bundan tashqari 2023 yil 9 oylikda tumandagi kam daromadli oilalarga 45426,6 mln.so‘mlik ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari moliyalashtirilib berilishi ta'minlandi.

 

 

Hazorasp tumanida 2023 yil shakllangan qo'shimcha manbalar va ularning Halq deputlari Hazorasp
tuman kengashiniing qarorlariga asosan ishlatilishi yuzasidan 2023 yil 1 oktyabr holatiga

https://hazorasphokimiyat.uz/uploads/2020/%D0%A5%D0%B0%D0%B7%D0%BE%D1%80%D0%B0%D1%81%D0%BF_%D1%82%D1%83%D0%BC%D0%B0%D0%BD_%D2%9B%D1%9E%D1%88%D0%B8%D0%BC%D1%87%D0%B0_%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D0%B1%D0%B0_01_10_2023.xlsx