Xalqni rozi qilish asosiy maqsaddir
So'nggi yillarda muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mahallalar faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi tizimi shakllandi. Har bir mahallaning “o'sish nuqtalari” aniqlanib, kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari ko'rilmoqda.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig'i Umirbek Madraximov, Xorazm viloyati prokurori vazifasini bajaruvchisi To'lqin Nurmetov, sektor rahbarlari va tuman hokimi o'rinbosari ishtirokida tumanidagi “Temirchi maskani” mahallasida ana shu yo'nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi hamda mahalla muammolari yuzasidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan muloqotda bo'ldilar.
Hazorasp tumani hokimligi Matbuot xizmati.