Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bilan uchrashuv


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Nigora Qutlimuratova bugun Hazorasp tumanida bo'lib, tuman hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi mazmun mohiyati hamda Murojaatnomada ta'kidlangan va belgilab berilgan vazifalar borasida gapirib o'tdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Nigora Qutlimuratova O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida»gi Qonuni mazmun-mohiyati, ta'lim sohasini isloh qilish
yuzasidan belgilangan vazifalar to'g'risida ham tushuntirishlar berib o'tdi.

Yig'ilishda qatnashgan ishtirokchilar ya'ni deputatlar, maktab direktorlari, xotin-qizlar faollari, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari mavzular yuzasidan o'z fikrlarini bildirdilar va kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Hazorasp tumani hokimligi Matbuot xizmati.