Nikoh shartnomasi nima
Nikoh shartnomasi nima
Nikoh shartnomasi bu nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo`lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir (OK 29-moddasi)
Nikoh sharnomasi nima uchun tuziladi
Nikohni tugatish mobaynida tartibga solinishi eng qiyin bo`lgan masalarardan biri bu mulkning bo`linisidir. Nikoh shartnomasi , asosan ,mulk bo`linishi va majburiyatlar taqsimlanishi qay tartibda amalga oshirilishini oldindan belgilab beradi .
Qachon tuziladi
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro`xatiga olingunga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilish mumkin
Nikoh davlat ro`yxatga olingunga qadar tuzilgan nikoh sharnomasi nikoh davlat ro`yatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi .
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notorial tartibda tasdiqlanishi lozim .
(OK 30-moddasi)
N.Davlatova
Hazorasp tuman FHDYO bo`limi mudirasi. .