Hazorasp tumani hokimligi xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalari


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

2022 - yil 22 - oktabr                                    434-12-174-Q/22                            Hazorasp tuman hokimligi

Hazorasp tumani hokimligi xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalari va Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida

 


“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son Qarori va shu yuzadan viloyat hokimining 2022 yil 22-oktabrdagi 471-12-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

qaror qilaman:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr“Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son Qarori va shu yuzadan viloyat hokimining 2022 yil 22-oktabrdagi 471-12-0-Q/22-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Quyidagilar:

Hazorasp tumani hokimligida Davlat fuqarolik xizmatchilari odobaxloqining qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Hazorasp tumani hokimligida Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Hazorasp tumani hokimligida Odob-axloq komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Tuman hokimligi yuridik xizmat rahbari B.Matyaqubov–hokimlik ichkimehnat tartib-qoidalarini va boshqa idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  2. Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari N.Jumanazarov 2022-yil1-noyabrga qadar ushbu bandning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasi to‘g‘risida batafsil axborotni tasdiqlangan xujjatlarni ilova qilgan holda viloyat hokimligiga taqdim etsin.
  3. Belgilab qo‘yilsinki, Odob-axloq qoidalari talablarining buzilishiqonunchilik hujjatlariga muvofiq intizomiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
  4. Hazorasp tumani hokimining 2016-yil 15-martdagi “Xorazm viloyathokimining 2016-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-ahloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62q-sonli qarori haqida”gi 92q-sonli qarori to‘g‘risida”gi 237q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchio‘rinbosari J.Ro‘zimov zimmasiga yuklansin.

                    Tuman hokimi                                             U.Masharipov

Hazorasp tuman hokimining

2022 yil 22 oktabrdagi

434-12-174-Q/22-son qaroriga

1-ilova

Hazorasp tumani hokimligida Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Hazorasp tumani hokimligida ushbu Davlat fuqarolik xizmatchilari odobaxloqining qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Odob-axloq qoidalari) hokimlik xodimlari - davlat fuqarolik xizmatchilarining (keyingi o‘rinlarda – davlat xizmatchilari) kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.

Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xattiharakatlarining oldini olishga qaratilgan.

  1. Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi printsiplar asosidaamalga oshirishi shart:

qonuniylik;

Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional

vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik; adolatlilik, halollik va xolislik;

korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi

kurashish; xizmat sirini qat’iy saqlash; mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik; manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

  1. Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtdaxulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim: davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-

harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish; mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish; murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish; xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga

nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish; oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish,

farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish; fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan

qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish; jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.

  1. Davlat xizmatchilari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
  2. Davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga,fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.
  3. Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularningfaoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

2-bob. Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari

  1. Davlat xizmatchilari:

fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi; halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala,

vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor  qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi; davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi;

o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun ta’qibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida foydalanishi; davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir o‘tkazmasligi; o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi; davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan

davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi; xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishi, ish vaqtidan oqilona va samarali

foydalanishi; aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq

doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi; qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan

huquqbuzarlik va boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi; kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi; siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari

manfaatlari yo‘lida xizmat mavqei va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.

  1. Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlardan ular mehnat vazifasini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etishga da’vat etishi yoki majburlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

3-bob. Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

  1. Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi; mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish; tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilish; o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada

bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik; xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va

ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish; yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish; ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi

murosasizlik bilan kurashish; xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik; davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida o‘zining rahbariga zudlik bilan ma’lum qilish; chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita

yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik; o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish; o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin

bo‘lgan xatti-harakatlardan saqlanish; davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik; axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jahon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning belgilangan tartibiga amal qilish; biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish; ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik; fuqarolar va hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi

ma’lumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik; mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda

so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish; o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik

va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish; jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan

tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;

mehnat jamoasida ishchanlik muhitini shakllantirish va uni

mustahkamlashga ko‘maklashishi; mehnat jamoasida hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.

  1. Rahbarlar quyidagilarga majbur:

bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilariga professionalizm, halollik, xolislik va

adolatlilikda o‘rnak bo‘lish; jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish; davlat xizmatchilarini qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga

undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslik; kadrlarni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy

sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymaslik; jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olish; davlat xizmatchilarining faoliyatiga baho berishda qonuniy, asosli va adolatli

qarorlar qabul qilish; davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar

sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rish; bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya

qilish choralarini ko‘rish; vakolati doirasida shartnomalar tuzish, tanlovlar o‘tkazish yoki rozilik berish

masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondashish.

  1. Rahbarlar bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilariga qo‘pol muomalada bo‘lishi, haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi mumkin emas.

4-bob. Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari

  1. Davlat xizmatchilari ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloqnormalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.
  2. Davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda quyidagilarga majbur:

milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik

va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik; rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid

masalalarni muhokama qilmaslik; jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) o‘zini tutish qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning e’tiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik; jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik; xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan idora va tashkilotlar rahbar va xodimlaridan, boshqa mansabdor shaxslaridan qimmatbaho sovg‘a olmaslik; xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeini suiiste’mol qilmaslik; xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari holatlarda

shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik; ish faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ishga aloqador bo‘lmagan boshqa

shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik; shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tartibga amal

qilish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish; tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmaslik, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘zi faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat

xizmatiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlardan tiyilish; tashqi ko‘rinishini belgilangan me’yorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.

 

5-bob. Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari

 

  1. Davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikqilishi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashishi kerak.
  2. Davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatito‘g‘risidagi ommaviy bayonotlar davlat organlari va tashkilotlari rahbari yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
  3. Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas:

ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va

tashkilotlari faoliyatiga aloqador bo‘lmasa; ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog‘liq

bo‘lsa; ommaviy bayonot boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini

pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa.

  1. Davlat xizmatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadidajamoatchilik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozim.
  2. Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning sha’ni hamda qadr-qimmatinikamsitadigan iboralar bo‘lsa, davlat xizmatchisi o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini tan olishi hamda sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, kechirim so‘rashi shart.

 

6-bob. Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odobaxloq qoidalari

 

  1. Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi vakiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.
  2. Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmatturiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.
  3. Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubigaoid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

 

7-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi

 

  1. Davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarishvaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
  2. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar o‘ziningrahbarini darhol xabardor qilishi shart.

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga majbur.

 

8-bob. Davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish

 

  1. Davlat xizmatchilarni xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq tahdid,haqorat, tuhmat va qonunga xilof boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish davlat organlari va tashkilotlarining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilish, jinoyatyoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirishga qaratilgan murojaatlar, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlardan himoya qilish choralari ko‘riladi. 9-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish

 

  1. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishiustidan nazorat davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari yoki Odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Davlat organlari va tashkilotlarida lavozimga tayinlangan davlatxizmatchilari inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari tomonidan mazkur Odobaxloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladi.
  3. Mazkur Odob-axloq qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha xizmattekshiruvi davlat organlari va tashkilotlari rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

Xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

 

10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik

 

  1. Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioyaetmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
  2. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasitomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:

ogohlantirish; uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish; davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.

  1. Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sirchorasini qo‘llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.

  1. Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonungamuvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

11-bob. Yakuniy qoida

  1. Hokimligi tizimidagi Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur Odob-axloq qoidalariga muvofiq o‘z idoraviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.

Hazorasp tuman hokimining

2022 yil 22 oktabrdagi

434-12-174-Q/22-son qaroriga

2-ilova

Hazorasp tumani hokimligida Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu nizom Hazorasp tumani hokimligida Odob-axloq komissiyasi(keyingi o‘rinlarda – Komissiya) faoliyatini tartibga soladi.
  2. Komissiya davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda – davlatxizmatchilari) tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, ularning axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarini oldini olish va odobaxloq qoidalariga rioya etish bilan bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish maqsadida tuziladi.
  3. Komissiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi vaqonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalariga, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  4. Komissiya Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat bo‘lib, umumiysoni besh nafardan kam bo‘lmasligi va toq sonda bo‘lishi lozim.

Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilari kiritiladi.

Komissiya tarkibi davlat organi va tashkiloti rahbari qarori bilan tasdiqlanadi va doimiy ravishda faoliyat yuritadi.

Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.

 

2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funktsiyalari

 

  1. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat xizmatchilarining idoraviy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish; davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi

masalalarini ko‘rib chiqish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish; davlat xizmatchilari o‘rtasida axloq normalariga zid bo‘lgan xattiharakatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatchilarining xatti-harakatlariga

doir murojaatlarini ko‘rib chiqish; davlat xizmatchilarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan

bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish; davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan

takliflar ishlab chiqish; davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi holatini tahlil qilish, natijalari haqida davlat organi va tashkiloti rahbari va jamoatchilikni xabardor qilib borish.

  1. Komissiya o‘z vakolatlari doirasida:

davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan

nazoratni amalga oshiradi; davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan

bog‘liq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi; davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari bilan bog‘liq masalalarini

ko‘rib chiqish jarayonida zarur axborotni so‘rab oladi; ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni hal etish uchun Komissiya

majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi; odob-axloq qoidalariga oid masalalar yuzasidan davlat xizmatchilariga

tegishli maslahat va tushuntirishlar beradi; zarur hollarda, Komissiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha davlat xizmatchisini intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan viloyat hokimiga taklif kiritadi.

  1. Komissiya viloyat hokimligi tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlatorganlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslari va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.
  2. Komissiya faoliyatini tashkil qilish va davlat xizmatchilari tomonidanodob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish ushbu Namunaviy nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

 

3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish

 

  1. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab o‘tkaziladi.

Komissiya majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda Komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

  1. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yo‘qligida esa, uningtopshirig‘iga binoan Komissiya a’zolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u raislik qiluvchi va Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
  2. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya a’zolari umumiy soniningkamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
  3. Komissiyaning navbatdagi majlisi to‘g‘risida uning raisi Komissiyaa’zolariga yozma ravishda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar qiladi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor etadi.
  4. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolariningko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Komissiyaning qarorlari Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.

  1. Komissiya raisi:

Komissiya ishini tashkil etadi;

Komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi; Komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi; davlat organi va tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan bo‘lgan munosabatlarda Komissiya nomidan ish yuritadi;

Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi; har yili davlat organi va tashkiloti rahbariga Komissiya faoliyati to‘g‘risida

hisobot taqdim etadi.

  1. Komissiya kotibi:

Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;

Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, davlat organi va tashkiloti xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi; kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;

Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi;

Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.

  1. Komissiya a’zosi:

Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berishga;

Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga; qarorlar tayyorlanishida, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek ularning amalga oshirilishini tashkil etishda hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga; ko‘rib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa

zarur axborot bilan tanishishga;

Komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.

  1. Komissiyasi a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lishi va o‘zigayuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.

Komissiya a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoni bo‘lmaganda Komissiya raisini oldindan xabardor etishi lozim.

  1. Komissiya majlisida ko‘rilayotgan masalalar Komissiya raisi, kotibi vaa’zolariga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad qilishi shart.

 

4-bob. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish

 

  1. Komissiya tashkiliy-kadrlar guruhi bilan birgalikda muntazam ravishdadavlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishini oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi profilaktik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom

ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish; davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantirish; taniqli ziyolilar, ijodkorlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, o‘z sohasida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uchrashuvlar tashkil qilib borish; xodimlarning kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini, shuningdek ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy takomillashtirish ishlarini ta’minlash; davlat xizmatchilarining iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va ma’naviy rivojlanishini oshirish maqsadida iqtisodiy va huquqiy o‘qishlar tashkil etish; yangi ishga qabul qilingan davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida stajirovkadan o‘tkazish va ular bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilish;

davlat xizmatchilarini malaka oshirish kurslariga, xalqaro seminarlar, konferentsiyalar va shu kabi boshqa tadbirlarga yuborish, ular tomonidan o‘z kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib berish.

  1. Komissiya davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalaribuzilishining oldini olish (profilaktika) borasidagi o‘z faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan choraklik ish rejalari asosida olib boradi.
  2. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishiningoldini olish (profilaktika) choralari Komissiya tomonidan davlat organi va tashkilotining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda kasaba uyushmalari qo‘mitalari bilan birgalikda tashkil etiladi.
  3. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishiningoldini olish (profilaktika) choralarining natijadorligi yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan Komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi.

 

5-bob. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi

 

  1. Komissiya davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariningbuzilishlari bilan bog‘liq masalalarni:

davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘iga ko‘ra; huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan; davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlariga binoan; o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqadi.

  1. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabulqilish maqsadida, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilayotgan davlat xizmatchisi, zarur bo‘lgan hollarda esa, murojaat qiluvchi va boshqa shaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi murojaatni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
  2. Komissiya majlisida:

kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi; davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘i yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi;

odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilarning tushuntirishlari eshitiladi.

  1. Davlat xizmatchisi o‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmatiga,ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.
  2. Majlis yakuni bo‘yicha Komissiya davlat xizmatchisining harakatlaridaodob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
  3. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda Komissiyatomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:

ogohlantirish; uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish; davlat organi va tashkilotining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.

  1. Komissiya davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasiniqo‘llash uchun davlat organi va tashkiloti rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
  2. Komissiya tomonidan quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

komissiyada oldin ko‘rib chiqilgan murojaat va aynan shu mazmundagi

takror murojaatlar; anonim murojaatlar; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

  1. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, o‘ziganisbatan masala ko‘rib chiqilgan davlat xizmatchisiga va davlat organi va tashkiloti rahbariga yozma ravishda ma’lum qiladi.
  2. Komissiya odob-axloq qoidalari tashkilot rahbari tomonidan buzilgantaqdirda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.
  3. Komissiyaning qarori ustidan davlat organi va tashkiloti rahbariga yokisudga shikoyat qilish mumkin.
  4. Davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishihaqidagi murojaat uning tashabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
  5. Taraflar yarashgan, shuningdek davlat xizmatchisi o‘z xohishi bilanmurojaatchidan oshkora uzr so‘ragan hollarda, unga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilmasligi mumkin.

Hazorasp tuman hokimining

2022 yil 22 oktabrdagi

434-12-174-Q/22-son qaroriga

3-ilova

Odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil qilish va davlat xizmatchilari tomonidan odobaxloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish

SXEMASI

 

 

Bosqichlar

 

Sub’yektlar

 

Tadbirlar

 

Ijro muddati

                                      

  1. Komissiya faoliyatini tashkil etish

                                      

1-bosqich

 

Hazorasp tumani hokimi

 

1.                 Hazorasp tumani hokimligida Odob-axloq

komissiyalarini (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda, umumiy soni kamida besh nafardan kam bo‘lmagan miqdorda toq sonda shakllantirish.

2.                 Komissiya tarkibiga tajribali, mehnatjamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilarini kiritish.

3.                 Komissiya tarkibini tasdiqlash.

 

Ikki hafta muddatda

 

 

4. Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.

Zaruratga ko‘ra

                                      

 

2-bosqich

 

Komissiya raisi

 

Komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi majlisiga raislik qiladi.

Komissiya nomidan ish yuritadi, Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi.

Davlat organi va tashkiloti rahbariga Komissiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

 

Ma’lumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab

 

Har yili yil yakuni bo‘yicha

 

Komissiyaning kotibi

 

Kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi. Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni

Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi.

Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi, navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi. Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.

 

Majlisdan kamida ikki kun oldin

 

 

 

Majlisdan keyin bir kun muddatda

 

 

 

 

 

 

 

Bosqichlar

 

Sub’yektlar

 

Tadbirlar

 

Ijro muddati

                                      

  1. Odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika)choralarini ko‘rish

                                      

 

1-bosqich

 

Komissiya

 

Davlat organining tarkibiy bo‘linmalari

 

kasaba uyushmalari qo‘mitalari

 

Komissiya muntazam ravishda davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi profilaktik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit

va ishchan kayfiyatni shakllantirish; davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish

kayfiyatini shakllantirish; taniqli ziyolilar, ijodkorlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasi, shuningdek diniy sohaning ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, o‘z sohasida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uchrashuvlar tashkil qilib borish;

xodimlarning kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini, shuningdek ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy oshirish ishlarini ta’minlash; davlat xizmatchilarining iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy va huquqiy o‘qishlar tashkil etish; yangi ishga qabul qilingan davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida stajirovkadan o‘tkazish va ular bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilish; davlat xizmatchilarini malaka oshirish kurslariga, xalqaro seminarlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlarga yuborish, ular tomonidan o‘z kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oshirishlari uchun shartsharoit yaratib berish.

 

 

Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan choraklik ish rejalari asosida

                                      

2-bosqich

 

masalalarni ko‘rib chiqish

Komissiya

 

 

 

 

Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarining natijadorligini Komissiya yig‘ilishida muhokama qiladi.

 

 

 

 

Har yili yakunlari bo‘yicha

 

III. Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq

 

 

                                      

 

1-bosqich

 

Komissiya

 

Komissiya davlat xizmatchilarining odob-axloq

qoidalarini buzilishlari bilan bog‘liq masalalarni:

davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘iga ko‘ra;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan;

davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan; o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqadi.

 

Zaruratga ko‘ra

                                      

 

2-bosqich

 

Komissiya

raisi va a’zolari

 

Komissiya majlisida:

kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi; davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘i yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi;

odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilar tushuntirishlari eshitiladi.

 

 

Davlat xizmatchisi

O‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.

 

Majlis o‘tkaziladigan

kun

 

3-bosqich

 

Komissiya

 

1.                  Majlis yakuni bo‘yicha davlatxizmatchisining harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2.                  Odob-axloq qoidalari buzilganligi faktianiqlangan taqdirda davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaydi: ogohlantirish;

uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;

davlat organi va tashkilotining kengaytirilgan majlisida tanbeh berish.

3.                  Davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiyta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organi va tashkiloti rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

4.                  Qabul qilingan qaror haqida murojaatqiluvchiga, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilgan davlat xizmatchisiga va davlat organi va tashkiloti rahbariga yozma ravishda ma’lum qiladi.

 

 

 

Majlis o‘tkaziladigan

kun

 

 

4-bosqich

 

Komissiya

 

Odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.

 

Zaruratga ko‘ra

                                      

5-bosqich

 

Davlat xizmatchisi

 

Komissiyaning qarori ustidan davlat organi va tashkiloti rahbariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

 

Zaruratga ko‘ra

Hazorasp tuman hokimining

2022 yil 22 oktabrdagi

434-12-174-Q/22-son qaroriga

4-ilova

Hazorasp tumani hokimligi Odob-axloq komissiyasi tarkibi

 

1

J.Ro‘zimov                 -

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi

2

 N.Jumanazarov          -

Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, komissiya raisi o’rinbosari

3

SH.Davlatmurodov -

Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi etakchi mutaxassisi, komissiya kotibi

4

D.Masharipov             -

Tuman hokimligi bolalarni ximoya qilish sho‘’basi mudiri, komissiya a’zosi.

5

G.Matmuratova           -

Tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi, komissiya a’zosi

6

B. Matyaqubov           -

Tumani hokimligi bosh yuriskonsulti, komissiya a’zosi.

7

X.Qo‘chqorov             -

Tuman konselyariya mudiri, komissiya a’zosi.

 

 

Izoh: Komissiya tarkibidagi shaxs boshqa ishga o’tgan taqdirda mazkur lavozimga yangi tayinlangan shaxs tegishli ravishda komissiya tarkibiga kiritiladi.