Hazorasp tumani Soliq inspeksiyasi boshligi, 4-sektor rahbari Allayorov Jasurbek  Farxodovichning MUROJAATI


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Hazorasp tumani Soliq inspeksiyasi boshligi 4-sektor raxbari |Allayorov Jasurbek  Farxodovichning murojaati

Muhtaram Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli taʼminlash maqsadida Hazorasp tumanida qolaversa, 4-sektor hududida amala oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln.so‘mgacha va kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd.so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘larni ajratiladi.

Shundan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizda 133 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.  Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 810 ta loyiha amala oshirilishi va
4 430 ish o‘rinlari yaratish belgilandi.

4-sektor hududida 11 mahallada 189 ta loyihaga 28 mlrd.so‘m ajratib, 1012 ta ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Shuningdek, mahallalarda ishsizlikni yo‘qotish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tumandagi 486 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq boqish yo‘lga qo‘yiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholimizni bandligini taʼminlash maqsasida 356 nafar fuqarolarga, 2 mlrd. 655 mln. so‘mlik subsidiyalar ajratiladi. Buning natijasida 769 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 Tuman markaziga tutash hududda  yil yakuniga qadar 23 ta ko‘p qavatli uy qurib, 550 ta oilani yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

- Tuproqqalʼa,Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan “4R-156” avtomobil yo‘lining 84 kilometri,(shundan Hazorasp tumani hududida 27 km)  sement beton qoplamaga o‘tkazishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 250 million dollar mablag‘larini jalb qilish belgilandi.

Ushbu yo‘llarni ikki yoniga  besh qatorli  daraxt ekish, loyihalarni 2026 yil oxirigacha yakunlash choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, viloyatda eshitishida nuqsoni bor bo‘lgan 500 nafar bolaga (62 mlrd.so‘m) bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yishhamda 2 ming nafar bolani (5 mlrd so‘m) eshitish moslamasi bilan taʼminlash choralari ko‘riladi.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha 10 nafar yoshlarni 400 mlnso‘mlik 7 turdagi sport protez va reabilitatsiya vositalarini olib beriladigan bo‘ldi. Tumanda qo‘l mehnati asosida gilam to‘qishipakchilikva gilamchilik kooperatsiyalarini tashkil qilish, oilalarni o‘qitish, xonadonlarga ixcham uskunalar o‘rnatish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash garovsiz kredit berish orqali loyihalar ishlab chiqib aholi bandligini taʼminlashga yo‘naltiriladi.

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 1 367 nafar - savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo‘lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga 5 ming 30 nafar,

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 13 ming 734 nafar,

- dehqonchilik qilish uchun 1221 nafar yoshlarga 240  gektar yer maydonlari ajratilishi rejalashtirildi.

- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 1171 nafar, fuqaroning bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, aholini kichik va o‘rta biznesga jalb qilish orqali 6 845 nafar fuqarolarni bandligi taʼminlanadi.

-Hazorasp tumanidagi qishloq xo‘jaligi kollejini 80 sotix bo‘sh  yerda 250 mlrd so‘m mablag‘i xisobiga biznes loyixalari mavjud  tadbirkorlarga obektlar tayyor xolda topshiriladi.

   Bundan tashqari menga berkitilgan 4–sektor xududidagi maxallarda joriy yilda “Buyuk Siymo”, “Muxomon”, “Navro‘z”, “Bog‘irog‘lar” maxallalarida  “islom taraqqiyot banki” mablag‘alari xisobiga quyidagi ishlar amalaga oshiriladi.

 

Ichki ko‘chalarni ta’mirlash jami 52.6 km  (shundan asfalt 32.2 km, shag‘al 20.4 km).

Elektr taminotini yaxshilash  (9 ta yangi transformator va  47 km elektr tarmoqi tortiladi).

Ichimlik suv tarmog‘ini yaxshilash uchun 39.4 km ichimlik suv  quvurlari rekonstruqsiya  qilinadi.

Piyodalar yo‘lakini qurish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish(11 km piyodalar yo‘laki quriladi 220 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi).

 

“Har bir kunimiz, faoliyatimizning negizidan bitta maqsad mujassamdir, u ham bo‘lsa xalqimizni bizdan rozi bo‘lib yashashiga erishishdir” deya yakunlanadi 4-sektop rahbarining murojaatnomasi.