O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasiga munosabat


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasiga munosabat

Hazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabning Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Rajabova Barnogul Baxtiyorovna.

 

   2022-yil 20-dekabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasini aholimiz soni 36 milliondan oshganligi haqidagi ma’lumot bilan boshladilar. “Aholimiz-bizning eng katta boyligimiz.   Ularni asrab-avaylashimiz zarur “ deya ta’kidladilar.

“O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanyapmiz», - dedi Prezident.Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligi ta’kidlandi.Shu bois, “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi qayd etildi.Hozirgi kundagi jiddiy sinovlar va bashorat qilib bo‘lmaydigan xavf-xatarlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashimiz zarur.Shularni e’tiborga olgan holda, Asosiy qonunimizni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

"Ushbu islohotdan xalqimiz katta o‘zgarishlar kutyapti. Bugungi kunga qadar bu borada 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgani ham, buning yaqqol dalilidir", - dedi davlat rahbari.Shavkat Mirziyoev “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida barcha masalalar bo‘yicha xalqimiz bilan bamaslahat ish tutilishini ta’kidladi.Umuman, mazmuni “inson qadrini ulug‘lash” ruhi bilan boyitilgan, kelajak avlodlarga munosib xizmat qiladigan, Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerakligi aytildi. Fuqarolarimiz bildirgan barcha taklif va istaklar, albatta , inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi, dedi Prezident.Eng muhimi – har bir vatandoshimiz konstitutsiyaviy islohotlarga daxldor bo‘lishi va “Bu – mening Konstitutsiyam”, deb yuksak g‘urur va iftixor bilan ayta olishi kerak.Tahlillar ko‘rsatganidek, yurtdoshlarimiz:

- maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘payishini, ta’lim va tibbiyot sifati oshirilishini;

- mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilinishini;

- ish o‘rinlari ko‘payishi, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratilishini;

- adolat ta’minlanishi, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiya yo‘q bo‘lishini kutmoqda."Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart. Hech kim chetdan kelib, bularni hal qilib bermaydi. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak", - dedi Prezident.

      Shu bois, Prezidentimiz 2023 -yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildilar.Yig‘ilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi."Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig'i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz", - dedi davlatimiz rahbari.

     Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida 2023-yildagi eng ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdilar:

       Birinchi yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi. Xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi.Hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘p, keraksiz shtatlar bor. Markazlashuv yuqori. Oqibatda, bugungi murakkab masalalarga to‘g‘ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanmoqda.Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, “ovozi yo‘q”. Ya’ni, ularning ushbu qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas.Prezident shuning uchun yangi ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.Uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan ushbu islohot doirasida:

- Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgaradi. Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi;

- har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoq tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi;

- ko‘p vazirlar o‘zgaradi. O‘z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo‘layotgan vazirlar lavozimida qoladi;

- davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi.Prezident yana bir muhim tashabbusni ilgari surdi.Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda.

Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida Respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.Shu choqqacha faqat Toshkent shahri Respublika bo‘ysunuvidagi shahar maqomida edi.

Biz Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz.Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu,eng avvalo inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar , odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish ,demakdir” , dedi davlat rahbarimiz. Birinchi navbatda , e’tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab- quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi.O‘qituvchilarning maqomini,ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan bosh lab boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.«Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi.

Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak», — Shavkat Mirziyoyev.  Prezident ta’kidlaganidek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib , kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga , san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim. O‘quvchilarda erkin, tanqidiy, kreativ fikrlashni , jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Shu boisdan, 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.

  Kelasi yil 70 ta yangi maktab quriladi, 460tasi kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi,kelasi besh yilda ularning soni 1000 taga yetkaziladi.    «Yil boshidan Qoraqalpog'iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik.Endi, kelasi o‘quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi», — dedi Shavkat Mirziyoev. Kelasi o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqat lanish joriy etiladi.   Kasb-hunar ta’limi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta'lim standartlari joriy etiladi.Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi. Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyani tanqid qildi. “Mana, oliy ta’limga o‘qishga kirishdagi korrupsiya yo‘q bo‘ldi. Lekin oliy ta’lim muassasalari ichidagi korrurtsiya hali ham saqlanib qolmoqda.Hozir bir nechta rektorlarni ishdan olyapmiz. Chunki o‘rgansak, talabalarning o‘zi aytyapti, qay darajada korrupsiya ko‘pligini, darsga kelmasdan baho olishayotganini. Bu nima degani?”, - dedi Prezident. 2023 -yilda davlat grantlari uchun 130 ming joy ajratiladi. Bu joriy yilgidan 30 mingga ko‘proq.

  Murojaaatnomada ekologiya ,ayniqsa suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani haqida so‘z yuritilar ekan, biz nafaqat bugungi ,balki kelajak avlodlar ni ham o‘ylashimiz shartligi qayd etildi.Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomon ga o‘zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo‘yicha sa’y-harakatlar, xususan,“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi. Prezidentimiz iqtisodiy islohotlar qat'iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to‘liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Birinchi navbatda, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.Ilg‘or tajribalar asosida soliq va bojxona ma’murchiligi jiddiy isloh qilinadi. "Xalqimiz ham, tadbirkor va investorlar ham, bizdan dolzarb masala bo‘lgan energetika sohasida aniq yechimlar kutayotgani sir emas", - dedi Prezident.

Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerak. Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin. Shu bois, so‘nggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatiladi. Aholi xona donlarida esa quyosh paneli o‘rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobar ga ko‘paytiriladi."Uy, ishxona, bog‘cha, maktab va ko‘chalarda odam larimizga energiyaning qadriga etish, uni tejashni o‘rgatish kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur", - dedi Prezident.Davlatimiz rahbari gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinishini ta’kidladi.

  "Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin.Shuning uchun, topshiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklarimizni aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi.Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlari jadallashtiriladi.

Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018 yilda 14 milliard dollar bo‘lgan).Dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o'zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

    Bundan keyin ham asosiy e’tiborimiz Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi.

    Milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi."Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Prezident.

     Qadimiy va betakror tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozimligi qayd etildi. Prezident Murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson bo‘lmasligini qayd etdi. "Lekin biz o‘tgan davrda katta bilim va tajriba to‘pla dik. Eng muhimi, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda. Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz.

 Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz", - dedi davlatimiz rahbari.

   Prezident so‘zining yakunida yig‘ilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.