O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri O.Babaevning axboroti


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning yanvar-mart oylari mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tumanidagi Xalq qabulxonasiga 123 ta murojaatlar (oyiga o‘rtacha 41 ta) kelib tushgan bo‘lib, ularning 115 tasi hududdagi tashkilotlarga, 8 tasi yuqori tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan va ijrosi nazoratga olingan. Murojaatlarning 49 tasi yozma, 74 tasi og‘zaki murojaatlar tashkil etgan.

Jami 123 ta murojaatlardan 107 tasi tegishli hududiy  idoralar tomonidan ko‘rib chiqilishi nazoratga olinib, 86(80.4%) ta murojaatlar qanoatlantirgan.

Shulardan, 38(35.6%) ta murojaat ijobiy hal qilingan, 48(44.8%) ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 20(18.6%) ta murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan, 16(%)ta murojaatlar o‘rganish jarayonida va 1(1%) ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan .

Tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (167)44 taga ya’ni 26.3%ga kamaygan.

 

Tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda murojaatlarning asosiy qismi qo‘yidagi masalalardan iborat ekanligi aniqlandi.

Jumladan, gaz masalasi 16(13.2%) ta, ish bilan ta’minlash bo‘yicha 14(11.6%) ta, elektr masalasi 8(6.6%) ta, daftar (temir,ayollar,yoshlar)lar bo‘yicha 8(6.6%) ta, soliq  to‘lovlari bo‘yicha 7(5.8%) ta, kredit masalasi 5(4.1%)ta, moddiy  yordam 18 yoshdan kattalar uchyn bir martalik 5(4.1%) ta, sog‘liqni saqlash faoliyati bo‘yicha 4(3.3%), yer ajratish va bo‘sh turgan bino ajratish so‘rovlari 4 (3.3%)ta, egalik huquqi (mol-mulk va boshqalar) bo‘yicha 4(3.3%) ta, sudmasalalari bo‘yicha 3(2,5%) ta, ichimlik suvi 3(2.5%) ta, qurilish  sohasi bo‘yicha 3(2.5%) ta, internet masalasi bo‘yicha 3(2.5%) ta, ichki ishlar  faoliyati bo‘yicha 2(1.7%) ta, pensiya (yoshga doir, nogironlik) bo‘yicha 2(1.7%)ta, nafaqa (16 yoshgacha bo‘lgan bolalar) bo‘yicha 2(1.7%) ta, kadastr masalalari bo‘yicha 2(1.7%) ta, MTM ta’limi bo‘yicha 2(1.7%) ta, davolanishga moddiy yordam (operatsiya  uchun) 2(1.7%) ta, transport masalalari bo‘yicha 2(1.7%) ta, sud ijrosiga oid 1(0.8%)ta, aliment masalasi 1(0.8%) ta, prokuratura faoliyati bo‘yicha 1(0.8%) ta, hokim yordamchisi faoliyati bo‘yicha 1(0.8%) ta, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha 1(0.8%) ta, kontrakt to‘loviga yordam bo‘yicha 1(0.8%) ta, ko‘mir masalasi 1(0.8%) ta, oqar suv (ekin maydoni va boshqalar) 1(0.8%) ta, tadbirkorlik huquqlarini buzilishi bo‘yicha 1(0.8%) ta, birinchi ehtiyoj mollariga narx-navo masalalari bo‘yicha 1(0.8%) ta va boshqa masalalar bo‘yicha 8(6.6%) ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar o‘rganib chiqilganda 2023-yil 1-choragida asosan eng ko‘p murojaatlar:

Hazorasp tuman hokimligiga 21(17.1%) tasi;

“Hududgaz” Hazorasp tuman bo‘limiga 16(13%) tasi;

Kadastr agentligi Hazorasp tumani bo‘limi 9(7.3%) tasi;

Hazorasp tuman elektr tarmoqlari korxonasi 8(6.5%) tasi;

Hazorasp tuman prokuraturasi 8(6.5%) tasi;

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash  tuman bo‘limiga 8(6.5%) tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

 

2023-yilning 1-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tumanidagi Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar mahallalar bo‘yicha taqsimlanganda;

 

1-sektor tuman hokimi hududidagi mahallalardan jami 28 ta shundan:

“Yangibozor”-4, “Yangiobod”-4, “Karvak”-4,“Amudaryo”-3,“Yuqori Shovot”-3, “Aloqali ko‘l”-2,“Shovot”-2, “Buyuk ajdodlar”-2, “Juvarxos”-2, “Barkamol avlod”-1, “Qirtepa”-1 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan.

2-sektor tuman prokurori hududidagi mahallalardan jami 45 ta shundan:

“Ovshar”-11,“Istiqlol”-10,“Sanoat”-7,“Beshta”-5,Otaliq”-5,“Bog‘ieram”-3,“Bog‘dor”-2,“Zehnli”-1, “Kamolot”-1nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan.

3-sektor tuman IIB boshlig‘i hududidagi mahallalardan jami 30 ta shundan:

“Pichoqchi”-6,“Ming otliqlar” -6,“J.Manguberdi” -5, “Gulzor”-4,“Bo‘ston”-3, “Al-Xorazmiy”-3, “Munis Xorazmiy”-1,“Qovunchi”-1,“Ziyolilar”-1 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan.

4-sektor tuman DSI boshlig‘i hududidagi mahallalardan jami 20 ta shundan:

“Bog‘irog‘lar”-5,“Yangi-hayot”-5,“Muxomon”-4,“Shoduxurram”-2, “Navro‘z”-2,“Shukurona”-1, “Oybek”-1 nafar fuqarolardan  murojaatlar kelib tushgan.

Tumanning “Ovshar”(11), “Istiqlol”(10), “Sanoat”(7) mahallalarida boshqa mahallalarga nisbatan ko‘p murojaatlar kelib tushgan.

Tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar sektorlar bo‘yicha tahlil qilindi;

Jumladan, 1-sektor rahbari tuman hokimi hududida yashovchi fuqarolardan jami 28 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, jami murojaatlarning (34%) ni tashkil qiladi. Shundan, 14 tasi ariza va 14 tasi shikoyat mazmunda murojaatlar kelgan.

Bulardan 10(35.7%)ta murojaat ijobiy hal qilingan bo‘lib, 9(32.1%) ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 4(14.2%) ta murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan, 5(17.5%) ta murojaat o‘rganish jarayonida.

 

2-sektor rahbari tuman prokurori hududida yashovchi fuqarolardan jami 45 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, jami murojaatlarning (36.5%) ni tashkil qiladi. Shundan, 18 tasi ariza va 27 tasi shikoyat mazmunda murojaatlar kelgan.

Bulardan 13(28.8%) ta murojaat ijobiy hal qilingan bo‘lib, 19(42.2%) ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 9(20%) ta murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan, 1(2.2%) ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan,  3(6.6%) ta murojaat o‘rganish jarayonida.

 

3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i hududida yashovchi fuqarolardan jami 30 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, jami murojaatlarning (24.3%) ni tashkil qiladi. Shundan, 14 tasi ariza va 16 tasi shikoyat mazmunda murojaatlar kelgan.

Bulardan 8(26.6%) ta murojaat ijobiy hal qilingan bo‘lib, 12(40%) ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 4(13.3%) ta murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan, 6(20%) ta murojaat o‘rganish jarayonida.

4-sektor tuman DSI boshlig‘i hududida yashovchi fuqarolardan jami 20ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, jami murojaatlarning (16,2%) ni tashkil qiladi. Shundan, 8 tasi ariza va 12 tasi shikoyat mazmunda murojaatlar kelgan.

Bulardan 7(35%) ta murojaat ijobiy hal qilingan bo‘lib, 8(40%) ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 3(15%) ta murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan. 2(10%) ta murojaat o‘rganish jarayonida.

 

Shuningdek sektorlar kesimida tuman Xalq qabulxonasiga kelgan murojaatlar 2022-2023-yilning I-choragi bo‘yicha taxlil natijalari quyidagicha:

 

1 sektor bo‘yicha

2022-yil I-choragida 54 ta murojaat

2023-yil I-choragida 28 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib o‘tgan yilga   

nisbatan murojaatlar soni 26 taga kamaygan;

 

2-sektor bo‘yicha

2022-yil I-choragida 48 ta murojaat

2023-yil I-choragida 45 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib o‘tgan yilga

nisbatan murojaatlar soni 3 taga kamaygan;

3-sektor bo‘yicha

2022-yil I-choragida 30 ta murojaat

2023-yil I-choragida 30 ta murojaat kelib tushgan;

4-sektor bo‘yicha

2022-yil I-choragida 35ta murojaat

2023-yil I-choragida 20 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib o‘tgan yilga

nisbatan 15 taga kamaygan.

2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini nazorat va monitoring qilib borish, bu borada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2023-yil 1-choragi holatiga Hazorasp tumani aholisidan 2134 ta murojaat kelib tushgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan(1789) 345  taga yoki 16.1 foizga ko‘paygan).

Quyidagi “Gulzor”(162), “Aloqali ko‘l”(105), “Ovshar”(101), “Bo‘ston”(88), “Ziyolilar”(84) va “Yangibozor”(81) mahallaridan eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan.

Aholi tomonidan asosan huquqbuzarliklar haqida xabarlar 164(7.7%), elektr energiyasi ta’minoti 163(7.6%), gaz ta’minoti 152(7.1%), pensiya va ijtimoiy himoya 129(6%), moddiy yordam va homiylik 112(5.2%) bilan bog‘liq masalalar eng ko‘p ko‘tarilgan.

Sektorlar kesimida eng ko‘p 3-sektordan (617), 1-sektordan (567), 2-sektordan (545) va 4-sektordan (405) ta murojaatlar kelib tushgan.

Tumanda yashovchi fuqarolardan Masharipova Maloxat (59), Davlatyorov Ravshanbek Radjapboevich (54), Otaniyazova Shoxida Sharipboevna (51), Iskandarova Shirin Raximovna (46) va Davletov Shokir Abdullaevich (34) lar eng ko‘p murojaat qilganlar.

Tumandagi tashkilotlarga jami 836 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib 278(33.3%) ta murojaat  ijobiy hal qilingan.

-Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Hazorasp tuman bo‘limiga kelib tushgan 66 ta murojaatlarning birortasi ham ijobiy hal etilmagan;

- Hazorasp tuman arxitektura va qurilish bo‘limiga kelib tushgan  3 ta murojaatlarning birortasi ham ijobiy hal etilmagan;

- Hazorasp tuman prokuraturasiga kelib tushgan 72 ta murojaatlarning                  2(2.8%) tasi ijobiy hal etilgan;

-Hazorasp tuman davlat soliq inspeksiyasiga kelib tushgan 49 ta murojaatlarning 9 (18.4%)tasi ijobiy hal etilgan;

- Hazorasp tuman elektr tarmoqlari korxonasiga kelib tushgan 92 ta murojaatlarning 18 (19,6%)tasi ijobiy hal etilgan;

- Hazorasp tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga kelib tushgan              5 ta murojaatlarning 1(20%)tasi ijobiy hal etilgan;

- Hazorasp tumani hokimiyatiga kelib tushgan  53 ta murojaatlarning               11(20,8%)tasi ijobiy hal etilgan;

- Majburiy ijro byurosi Hazorasp tuman bo‘limiga kelib tushgan 45 ta murojaatlarning 10 (22,2%) tasi ijobiy hal etilgan;

- Hazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limiga kelib tushgan 11 ta murojaatlarning 3(27,3%) tasi ijobiy hal etilgan;

- Hazorasp tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markaziga kelib tushgan 29 ta murojaatlarning 8 (27,6%)tasi ijobiy hal etilgan;

Yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan korxona va tashkilotlarda murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi tuman ko‘rsatkichidan pastligicha qolmoqda.

 

Tumanda murojaatlar bilan ishlash, sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o‘tkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

 

2023-yilning yanvar-mart oylari mobaynida jami rejadagi 50 ta sayyor qabullardan 46 tasi o‘tkazilgan. Ushbu o‘tkazilgan sayyor qabullarda 297 ta murojaatlarda 329 ta masala kelib tushgan. Ushbu masalalarning 218 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, 64 tasiga asosli tushuntirishlar berilgan, 47 tasi o‘rganish jarayonida.

Tuman hokimi 11 ta, tuman prokurori 12 ta, tuman IIB boshlig‘i 11 ta, tuman DSI boshlig‘i tomonidan 12 ta sayyor qabullar o‘tkazilgan.

Sektor rahbarlarining tasdiqlangan reja-jadval asosida ommaviy sayyor qabullarning o‘tkazilishimuntazam monitoring qilinib borilmoqda.

Ushbu monitoring natijasida reja bo‘yicha 2023-yil 1-choragida                   50(2022-yilning mos davrida 44) ta ommaviy qabul rejalashtirilgan. 2023-yil choragida 46 ta sayyor qabullar o‘tkazilgan. Ommaviy qabullarda kelib tushgan murojaatlar 1-chorak yakuni bo‘yicha 329 tani tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64 ta murojaatga ko‘p. Jumladan sektorlar kesimida:

1-sektorda 11 ta qabul 77 murojaat (o‘tgan yilning mos davriga 33 taga ko‘p);

2-sektorda 12 ta qabul 85 murojaat (o‘tgan yilning mos davriga 22 taga kam);

3-sektorda 11 ta qabul 66 murojaat (o‘tgan yilning mos davriga 1 taga ko‘p);

4-sektorda 12 ta qabul 101 (o‘tgan yilning mos davriga 52 taga ko‘p) murojaatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal qilinishi kelib tushgan murojaatga nisbatan 37% tashkil qilmoqda. Jumladan sektorlar kesimida:

1-sektorda 26% o‘tgan yilga nisbatan 40% ga kamaygan;

2-sektorda 19% o‘tgan yilga nisbatan 18% ga kamaygan;

3-sektorda 64% o‘tgan yilga nisbatan 33% ga oshgan;

4-sektorda 44% o‘tgan yilga nisbatan 5% ga oshgan.

Tuman bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning o‘tgan yilga nisbatan ko‘payishiga qaramasdan ijobiy hal qilinish darajasi 1 va 2 sektorlarda pasayib ketganligini ko‘rish mumkin.

Shundan murojaatlarning 96(79) tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, asosli tushuntirishlar soni esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamayib 64 tani tashkil qilgan (o‘tgan yili 47 ta bo‘lgan).

 

Hazorasp tumanida 2022-yil 1-choragida sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot.

 

T/r

 

Sayyor qabullaro‘tkazilgan sana

Sektor rahbari

Qabullarda kelib tushdi

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari

Qabullar soni

murojaatlar soni

Masalalar soni

qanoatlantirilgan

%

Ijobiy

Huquqiyma’lum

tushuntirishberilgan

o‘rganishjarayonida

1

01.01.2022 y-31.03.2023 y

1

9

44

44

14

48.3

29

0

0

15

2

2

15

107

107

46

43

39

7

17

44

3

3

11

62

65

30

46.2

20

10

17

18

4

4

12

48

49

19

38.8

18

0

13

17

Jami

47

261

265

124

46.8

107

17

47

94

                         

 

Hazorasp tumanida 2023-yil 1-choragida sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot.

T/r

 

Sayyor qabullar o‘tkazilgan sana

Sektorrahbari

Qabullarda kelib tushdi

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari

Qabullar soni

murojaatlar soni

Masalalar soni

qanoatlantirilgan

%

Ijobiy

Huquqiyma’lum

Tushuntirishberilgan

o‘rganishjarayonida

1

01.01.2023y-31.03.2023 y

1

11

61

77

59

82

20

39

13

5

2

2

12

75

85

43

63.2

16

27

25

17

3

3

11

61

66

52

86.7

42

10

8

6

4

4

12

100

101

64

78

44

20

18

19

Jami

46

297

329

218

77.3

122

96

64

47

 

Murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan keskin muammolarni o‘rganish, tahliliy ma’lumotlar, takliflar va taqdimnomalar tayyorlash hamda tegishli tashkilotlarga kiritilib kelinmoqda.

2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli farmon va qarorlarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli natijalari yuzasidan tayyorlangan ushbu axborotni Kengash yig‘ilishida muhokama qilish va sektorlar, hududdagi tashkilotlar rahbarlarning faoliyati, ularning murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashida muhokama qilinib kelinmoqda.

2023-yilning yanvar-mart oylari mobaynida Hazorasp tumani Xalq qabulxonasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga jami 1 ta taqdimnoma kiritilgan. Davlat organlari va tashkilotlariga jami 9 ta takliflar kiritilgan. Xalq deputatlari Kengashiga 4 marotaba axborotlar kiritilgan.

Hazorasp tuman Xalq qabulxonasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan murojaatlar 6 tani, qabul qilingan qarorning ijrosini joyida o‘rganish  9 tani, sektorlar faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringlar 12 tani, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha (mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda  o‘rganishlar) 6 tani, Hazorasp tuman Xalq qabulxonasi ishtirokida hududdagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash yuzasidan o‘tkazilgan seminar va yig‘ilishlari 4 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida davlat organlari va tashkilotlarga jami 7 ta ko‘rsatma xatlari yuborilgan.

Ushbu ko‘rsatma xatlarining 3 tasi ko‘rsatma talabi bajarilgan. 4 tasi ko‘rib chiqish jarayonida. Davlat organlari va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyatini muhokama qilishga oid yig‘ilishlarida 1 marotaba ishtirok etilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari va mahalla fuqarolari yig‘inlari hamkorligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5700-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tuman Xalq qabulxonasi tomonidan o‘rganilib tahlil qilib kelinmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari va mahalla fuqarolari yig‘inlari hamkorligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5700-sonli Farmonida tuman mahallalarda aholini tashvishga solayotgan eng muhim masalalar bo‘yicha fuqarolar bilan muntazam muloqot o‘rnatish, “mahalla-sekto-Xalq qabulxonasi-mahalla” prinsipi asosida aholi uchun dolzarb muammolarni aniqlash va hal etish, Xalq qabulxonalariga kelayotgan aholi murojaatlarini tegishli idoralar bilan birga o‘z vaqtida to‘liq ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borilmoqda.

Jumladan, 2023-yilning 1-choragida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash Hazorasp tuman bo‘limiga jami 20 ta murojaat kelib tushgan va 10(50%) tasi ijobiy hal qilingan.

Hazorasp tumani “Istiqlol” mahallasi, Adolat ko‘chasi 172-uyda yashovchi O‘rozmetova Lyudmila Botirovna muhtojligi sababli bir martalik moddiy yordam berilishida amaliy yordam berishni so‘ragan.

Ushbu murojaat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va mahalla fuqarolrai yig‘ini bilan birgalikda o‘rganilgan.   

L.O‘rozmetovaga o‘rganish yuzasidan “Istiqlol” mahallasida hisobda turib, oilasi bilan yashab kelayotganligini, shuningdek “Istiqlol” mahallasida shakllantirilgan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turmasligi aniqlangan.

Fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil                 30-martdagi 165-sonli qaroriga asosan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi raisi nomiga oilangizga bir martalik moddiy yordam uchun ariza va kerakli xujjatlaringiz 2023-yil fevral oyida qabul qilib olinganligini va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib ma’lum qilinishi yuzasidan tushuntirish berilgan.

Biroq murojaat ijobiy hal qilingandeb tizim orqali javob berilgan. Ushbu murojaatni qayta o‘rganib hal qilinganligi oxiriga yetkazilmagan. L.O‘rozmetovaning murojaatiga ko‘ra 2023-yil 23-fevral kuni moddiy yordam tayinlash komissiyasining yig‘ilish bayonnomasiga asosan 434 000 so‘m bir martalik moddiy yordam puli tayinlangan. L.O‘rozmetovaning murojaati ijobiy hal qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayta o‘rganish asosida vertual tizimga kiritilishi ta’minlandi.

Hazarasp tuman oila va xotin-qizlar bo‘limiga jami 30 ta murojaat kelib tushgan va 12(40%) tasi ijobiy hal qilingan.

Hazorasp tumani “G‘.G‘ulom” mahallasida yashovchi Saidkamolova Gulasal Erkinboevna ota uyida yashayotganligi, sharoiti og‘irligi sababli “Ayollar daftari” ro‘yhatiga kiritilishi va o‘z-o‘zini bandligini ta’minlashi uchun aholiga ajratilayotgan 30 sotixdan yer maydonlaridan ajratib berilishida yordam so‘rab MFYga murojaat qilgan. Biroq natija bo‘lmaganligi sababli murojaat qilganligi va sharoiti inobatga olinib “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilishi (uy joyga muxtoj ayollar ro‘yxatiga) va davlat tomonidan 30 sotix yer ajratib berilishida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Hazarasp tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini bilan birgalikda o‘rganilgan.

O‘rganish davomida G‘.G‘ulom mahaallasida 5 jon bo‘lib yashab kelishayotganligi, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ota-onasi uyida yashab kelayotganligi aniqlandi. Shuningdek, 4-bosqich “Ayollar daftari”ning 2-toifa “Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Bundan tashqari “Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi 709-son qarori asosida yer maydoni ajratilib berilib murojjati ijobiy hal qilingan.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal qilinganligi yuzasida misollar;

  1. 2023-yil 6-yanvar kuni “Qovunchi” mahallasida yashovchi Matyaqubova Do‘ndimomo qizi Matyaqubova Sayyora 2-guruh nogironi ekanligi, nafaqa puli uchun ochilgan plastik kartochkasidagi pulni bank xodimlari tomonidan yechib olinganligi va 2015-yilda 1 oy maboynida 2 marta nafaqa puli tushgan deb aytishganligi sababli ushbu muammoni hal qilib berishni so‘ragan. Ushbu murojaat AT “Xalq bank” Hazarasp tuman bo‘limiga nazoratga olinib ijrosini ta’minlash uchun yuborildi.

D.Matyaqubovaning murojaati bank xodimlari tomonidan o‘rganilgan va qizi Matyaqubova Sayyoraning bank plastik kartochkasidan bank plastik dasturida texnik nosozlik sababli yechib olinganligi va keyinchalik bank plastik kartochkasiga qaytadan o‘tkazib berilgan va D.Matyaqubovaning murojaati ijobiy hal qilingan.

  1. 2023-yil 2-fevral kuni “Oybek” mahallasida yashovchi Matnazarov Do‘schon Atajanovich bir necha bor mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga va tuman Suv korxonasi xodimlariga murojaat qilgan bo‘lsa ham murojaatini xal bo‘lmagan. Shu sababli ko‘chasidan o‘tgan ichimlik suv quvri yorilib ko‘chalarga suv isrof bo‘lyotganligi sababli ta’mirlab berishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan. Ushbu murojaat “Xorazm suv ta’minot” Hazarasp tuman bo‘limiga nazoratga olinib ijrosini ta’minlash uchun yuborildi.

D.Matnazarovning murojaati korxona mutaxassis xodimlari tomonidan o‘rganilgan va Oybek ko‘chasi 25-uy oldidan o‘tgan nosoz ichimlik suvi quvuri avariya tiklash ishlari bo‘limi ishchilari tomonidan ta’mirlab va fuqaroning murojaati ijobiy hal qilingan.

  1. 2023-yil 13-fevral kuni “Mingotliqlar” mahallasida yashovchi Ismoilov Amatjon yashab kelayotgan uyi oldidagi elektr sim yog‘ochni almashtirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati tuman elektr tarmoqlari korxonasiga nazoratga olinib ijrosini ta’minlash uchun yuborildi. A.Ismoilovning murojaati korxona mutaxassis xodimlari tomonidan o‘rganilgan va elektr sim yog‘ochi havfsiz holatga keltirilgan va ta’mirlab berilgan. A.Ismoilovning murojaati ijobiy hal qilingan.
  2. 2023-yil 2-mart kuni Hazorasp tumani, “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqora Masharipov Otaboy Yuldoshevich 30 sotix yer maydoniga texnika olib boradigan yo‘lni tuproq bilan to‘sishganligi sababli yer maydoniga ekin ekish muammo bo‘layotganligi bo‘yicha yordam berishni so‘ragan.

O.Masharipovning murojaati tuman hokimligiga yuborilgan va nazoratga olingan. Tuman qishloq xo‘jaligi xodimlari tomonidan yer maydoniga boradigan yo‘l ko‘rsatib berilgan va yer maydoniga texnika olib kirish hamda agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati yaratib berilib murojaati ijobiy hal qilingan.

  1. 2023-yil 17-mart kuni Hazorasp tumani, “Otaliq” mahallasida yashovchi fuqora Qodirov Ilxom Romonovich tuman Xalq qabulxonasiga “kredit masalasida ta’minotchi va hokim yordamchisi tomonidan sansolarlikga solinib kelishayotganligi sababli mahalla hokim yordamchisiga qonuniy chora ko‘rib berishni va kredit olishida” amaliy yordam berishni so‘ragan.

O‘rganishlar natijasida fuqara shu holat bo‘yicha 2023-yil 2-fevral kuni hokim yordamchisiga bergan ariza bilan murojaat qilib ijobiy hal qilinmasdan sarson bo‘lib kelgan.

I.Qodirovning murojaatini tuman Xalq qabulxonasi tomonidan tuman hokimligi yuborilgan va nazoratga olingan. I.Qodirovga 2.03.2023-yildagi 173-sonli tavsiyanomasiga asosan 33 mln.so‘m mablag‘i ta’minotchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘tkazib berilgan va murojaati ijobiy hal qilingan.

 

Hududdagi tashkilotlarda muddati buzilgan murojaatlar soni, sabablari va aybdor mas’ul shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi                          PF- 5633-sonli Farmoniga asosan Xalq qabulxonalariga sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurishi, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarida aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli o‘rganish, ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish huquqlari berilgan.

Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati, shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalari tomonidan davlat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati tizimli ravishda monitoring qilib boriladi.

Jumladan, Hazarasp tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining murojaatlarni muddat buzilishi holatlari yuzasidan bo‘lim xodimlariga tushuntirishlar berilishigi qaramasdan ushbu xolatlar takror qaytarilib kelingan va murojaatlarning 30 kundan ortiq muddat buzilgan holda tizimga ma’lumotlar kiritilgan.

Qonun buzilishiga asosan, Hazarasp tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining murojaatlarni hal qilishdagi yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarni sodir qilgan xodimlarning xatti-xarakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilinganligi sababli huquqiy baho berish va ma’muriy javobgarlikga tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun  2023-yil 1- fevral kuni Hazorasp tumani adliya bo‘limiga taklif xati yuborildi.

Taklif xatiga asosan Hazorasp tumani adliya bo‘limi tomonidan Hazarasp tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i-tuman hokimi o‘rinbosari M.Nurullaevaga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1-baravari miqdorida 300 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri tomonidan Oqqo‘rg‘on tajribasi asosida sektor va tashkilot rahbarlari bilan mahallalarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 2023-yil 1-fevral kuni tuman hokimligi binosida yig‘ilishda muhokama qilindi va  o‘quv seminar o‘tkazildi.

Jumladan, mahallalarda borib ishlarni amalga oshirilishi yuzasidan ishchi guruh tuzildi va ishchi guruh hodimlariga tushuntirishlar berildi. Og‘ir yashayotgan, davolanishga muhtoj yoki nogironligi bor oilalarga borib yordam berishlari zarurligi yuzasidan  topshiriqlar berildi.

2023-yil 1-fevral kunidan tumandagi mahallalarda ishchi guruh hodimlari, jumladan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan aholi xonadonlari o‘rganilib, xatlov jarayonlari boshlab yuborildi.

Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan tuman sektor ishchi guruhlari tamonidan uyma-uy yurish bo‘yicha to‘ldirilgan savolnomalar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishlarda ishchi guruh xodimlari tomonidan to‘ldirilgan so‘ravnomalar xonadonga borilmasdan sohta to‘ldirilganligi, savolnomada ko‘rsatilgan telefon raqami boshqa fuqaroning telefon raqami ekanligi, fuqarolarga telefon qilinganda hech kim xonadonlariga kelib uchrashmaganligi bo‘yicha holatlar aniqlandi.

Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan 2023-yil 25-fevral kuni tuman hokimi Z.Abdirimov nomiga 22-sonli ko‘rsatma xati va 2023-yil 27-fevral kuni tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, shtab rahbari O.Abdirimov nomiga 24-sonli taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, tuman shtabi rahbari nomiga tumandagi 47 ta mahallada 71 ta ob’ektlarda aniqlangan Respublika darajasidagi muammolarni shtab tamonidan taqdim qilinayotgan kunlik hisobotlariga kiritilishi yuzasidan 2023-yil 4-martdagi 28-sonli ko‘rsatma xati yuborilgan.

Xususan, 2023-yil 18-fevral kuni tuman Xalq qabulxonasiga “Ziyolilar” mahallasida yashovchi Iskandarov Otabek ishga kirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatiga tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘rganilgan, biroq murojaatni o‘rganishda murojaatning talablari buzilgan va bu yuzasidan 2023-yil 27-fevral kuni 23-sonli ko‘rsatma xati yuborildi.

Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan kiritilgan taqdimnoma hamda axborotlarda ko‘rsatilgan salbiy holatlarni bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar qabul qilinmaganligi bois, murojaatlarni ko‘rib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 18, 28, 29, 30-moddalariga rioya qilmagan holda hamon xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari, murojaatchilarga yuzaki va asoslantirilmagan javoblar berilishi davom etmoqda va buning natijasida fuqarolar roziligini ta’minlashda oqsoqlik kuzatilmoqda.