Hazorasp tumani IIB boshlig`i J.N.Madaminovning hisoboti


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli, 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5633-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 16-fevraldagi 07-1-352-sonli
topshirig‘iga asosan, joylarda “Xalq bilan muloqot va mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini dolzarb muammolarini tezkor hal etish” maqsadida sektor rahbari tomonidan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida sektor hududidagi mahallalarda sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlaridagi murojaatlar ijrosi bo‘yicha:

Sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlarida asosiy e’tibor aholini qiynayotgan muammoli masalalarni hal etishga, shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar asosida berilgan imkoniyat va imtiyozlarni qo‘llash orqali fuqarolarni (yoshlarni) mavjud muammolarini hal etish borasida amaliy yordamlar ko‘rsatishga qaratilgan. 3-sektor hududida 10 ta mahalla bo‘lib, “Qovunch”, “Bo‘ston” “Al-Xorazmiy”, “J.Manguberdi”, “P.Mahmud”, “Ziyolilar”, “Ming otliq”, “Pichoqchi”, “Gulzor” va “M.Xorazmiy” mahallalarida jami 8411 ta xonadon, 12 647 ta oila va ularda 45 886 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

O‘tgan 2023-yilning 3 oyi mobaynida 3-sektor hududidagi mahallalarda jami 12 marotaba ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi, qabullarda jami
368 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlanib, qabulda ishtirok qilgan fuqarolar orasidan 61 nafari tomonidan 66 ta  turli masalardagi o‘zlarini qiynayotgan  muammolari yuzasidan murojaat qildilar. Ushbu kelib tushgan murojaatlarning 45 tasi 68,18 foizi ijobiy hal qilinib, 21 tasiga asosli tushuntirishlar berish orqali hal qilindi.

Qilingan murojaatlarni tahlili shuni ko‘rsatdiki, qabullar davomida gaz, elektr ta’minoti, yo‘l va imtiyozli kredit, moddiy yordam va uy-joy bilan bog‘liq masalalarda nisbatan ko‘proq murojaatlarni tashkil qilgan.

Ya’ni, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq 2 ta, yo‘l qurilishi sohasida 3 ta, imtiyozli kredit ajratilishi bilan bog‘liq 2 ta, gaz ta’minotida 3 ta, ichimlik suvi bilan ta’minlash va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan 8 ta, ish bilan ta’minlash yuzasidan 1 ta, sog‘liqni saqlash masalalarida 8 ta, ijtimoiy himoya masalasida 18 ta jami 45 ta murojaatlar kelib tushgan.

Shuningdek, qayd etilgan davrda sektorda 11 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan va 289 nafar yoshlarni ishtiroki ta’minlangan ushbu qabullarda 22 nafar yoshlar tomonidan murojaatlar qilingan.

Yoshlar uchrashuvlaridagi murojaatlarning asosiy qismini “Yoshlar daftari”ga kiritish orqali moddiy yordam, kasbga o‘qitish va subsidiya mablag‘i asosida to‘lovlar, kontrakt to‘lovlari amalga oshirilishida amaliy yordamlar ko‘rsatish tashkil etadi.

Ushbu murojaatlarning 18 tasida yoshlarning talablari qanoatlantirilgan, 2 nafariga asosli tushuntirishlar berilgan, 2 ta murojaat hozirgi kunda o‘rganish jarayonida. Sektorda bevosita tuman hokimining tashabbusi bilan  5 tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, “Kitob yarmarkalari” “bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari, “Sayyor tibbiy ko‘rik”lar va arzon narxlarda “Oziq ovqat savdo yarmarkasi”tashkil qilingan.

Sektor hududida o‘tkazilgan tadbirlar, tibbiy ko‘rik, oziq-ovqat va kitob yarmarkalari shuningdek ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

2023-yilning 3 oyida jami 15 ta tadbirlar o‘tkazilgan, shundan 4 ta mehnat yarmarkasi, 5 marotaba sayyor tibbiy ko‘rik, 4 marotaba oziq-ovqat savdo yarmarkasi, sektor hududidagi 11 ta maktablar bilan birgalikda 11 ta kitob yarmarkalari o‘tkazilgan. Tadbirlarda sektorning barcha mahallalari qamrab olingan.

Mahallalarda tashkil etilgan sayyor tibbiy ko‘riklar davomida 15 ta turdagi (UTT, EKG, laborant, urolog, kardiolog, travmatolog, terapevt, otoloringolog, oftolmolog, endokrinolog, ginekolog, xirurg, pediatr, nevropotolog, pulmonolog) tibbiyot sohasi mutaxassislari jalb etilgan.

Mahallalardagi tibbiy ko‘riklar davomida 195 nafar patranaj hamshiralar xonadonlarda bo‘lib, 8411 ta xonodonni patranaj xizmati bilan qamrab olib,      2500 nafardan ortiq aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

3-sektor rahbarining tashabbusi bilan o‘tgan 2023-yilning 3 oyi davomida tuman hududidagi “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi shuningdek yakka yolg‘iz va boshqa ijtimoiy yordamga muxtoj oilalarning
47 tasidan uyma-uy yurish orqali xabar olindi hamda ushbu oilalar toifalarga ajratilgan holda muammolari bo‘yicha yordamlar ko‘rsatilib birlamchi oziq-ovqat maxsulotlari bilan ham ta’minlanib kelinmoqda.

3-sektor hududidagi mahallalarda ishsizlar va rasmiy bandligi ta’minlanmagan shaxslarni bandligini ta’minlash uchun amalga oshirilgan ishlar:

3-sektorga 19 ta korxona-tashkilotdan mas’ullar berkitilib, aholi muammolari o‘rganilgan.

Jumladan, sektor hududidagi Qovunch”, “Bo’ston” “Al-Xorazmiy”, “J.Manguberdi”, “P.Mahmud”, “Ziyolilar”, “Ming otliq”, “Pichoqchi”, “Gulzor” va “M.Xorazmiy” mahallalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan tegishli tartibda elektron platformalarda ro‘yxatdan o‘tkazilib, sektor rahbarining  tashabbusi bilan 2023-yilning 3 oyi mobaynida quyidagicha ishlar amalga oshirildi:

3-Sektor hududidagi mahallalardan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirish bo‘yicha jami 24 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilib, kelgusida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishiga zamin yaratildi,

Shundan:

-  24 nafari bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirildi.

Olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tuman hokimligi, hokim yordamchilari va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan birgalikda 3-sektor hududidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 697 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi, shundan:

-  444 nafari doimiy ish joylarga;

-  1 nafari mavsumiy ishlarga;

-  252  nafarining rasmiy o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.

3-sektor bo‘yicha 54.0 gektar yer maydonini aholiga ochiq tanlov asosida ajratish maqsadida ochiq elektron tizimga (E-IJARA) to‘liq joylashtirilib,            “E-AUKSION” tizimi orqali ochiq tanlovga chiqarildi va barcha belgilangan yer maydonlari aholiga ajratib berildi.

Natijada bugungi kunda jami 128 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi va 128 nafar fuqarolar davlat soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘zini - o‘zi band qilindi.

Ortda qolgan 2023-yilnig 3 oyi mobaynida har bir mahallada hokim yordamchilari, mahalladagi yoshlar bo‘yicha yetakchilar shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “xonadonbay” xatlovlar o‘tkazilib, ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalar, ayollar va yoshlarni aniqlab, ularni tegishli ravishda “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilishi yo‘lga qo‘yilib o‘z navbatida ushbu daftarlarda turuvchi oilalarga quyidagicha yordamlar ko‘rsatildi.

Sektor hududidagi fuqarolar va tegishli daftarlarga kiritilganlarga belgilangan tartibda “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar” va “Yoshlar” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta‘minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, mavjud muammolarini hal etishda doimiy ko‘mak berib borish ishlari tashkil etilgan jumladan;

 

“Temir daftar”ga kiritilgan extiyojmant oilalar to’g’risida:

 

3-Sektor hududidan hozirgi kunda 23 ta ehtiyojmand oilalar
(81 nafar) oila a’zolari, “Temir daftar” ro’yhatida turibdi.

Hozirgi kunda “Temir daftar” ro’yhatida turgan 23 ta ehtiyojmand oilalarning oilaviy sharoiti o‘rganildi, ularning 1 tasi (3,4 foiz) o’ta muxtoj, 22 tasi (96,6  %) muhtoj oilalar toifasiga kiritilgan.

Joriy yilda “Temir daftar” ro’yhatida turgan 31 ta oilarning oila a’zolariga turli ko’rinishlarda moddiy yordamlar berilib, ushbu oilalarning oila a’zolari o’zlari doimiy daromad manbaiga erishganliklari hamda 2 nafar fuqarolar vafot etganliklari shu bilan birga O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining     28-aprel 2021 yil kungi 250-sonli qarori talablariga muvofiq “Temir daftar”dan chiqarildilar.

Hozirda “Temir daftar” ro’yhatida turgan 23 ta oilalarning oila a’zolariga ham belgilangan tartibda turli sohalarda amaliy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.

(Misol uchun, 3-sektor hududida yashovchi 5 ta kam ta’minlangan oilalarga 55 mln so‘mlik quyosh paneli o‘rnattirilib berildi va 1.250 ming so‘mlik mevali daraxt ko’chatlari yetkazilib berildi ).

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida:      

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sektor hududidagi mahallalar “xonadonbay” va “mahallabay” o‘rganilib ulardagi ayollarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollarni aniqlash, hamda “Ayollar daftari”ga kiritgan holda yordamlar berish uchun tumanning 3-sektor hududidagi ayollardan anketa so‘rovnomalari olinib, ishchi guruh tomonidan yordam ko‘rsatilishi zarur deb hisoblangan 1396 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 4-bosqich ro‘yxati ishchi guruhlar tamonidan   shakillantirildi.

Shundan:

1-tоifа bo’yichа: 543 nаfаr ijtimоiy himоyagа muhtоj ishsiz хоtin-qizlаrning  bаndligi tа’minlаnadi.

 

2-tоifа bo’yichа: 83 nаfаri  Tаdbirkоrlik qilish istаgidа bo’lgаn eхtiyojmаnd хоtin-qizlаrgа  krеdit bеrish оrqаli tаdbirkоrligi yo’lgа qo’ylаdi;

3-tоifа bo’yichа: 366 nаfаr bоquvchisi bo’lmаgаn ehtiyojmаnd хоtin-qizlаr turli ko‘rinishlarda yordamlar beriladi.

4-tоifа bo’yichа: 253  nаfаr ijtimоiy yordаmgа muhtоj 1 vа 2 guruh nоgirоnligi bo’lgаn shuninngdеk, tеzkоr tibbiy muоlаjаgа muhtоj ehtiyojmаnd хоtin-qizlаr shundаn: Uy-jоyi tа’mirgа muхtоj yordamlar beriladi.

5-tоifа bo’yichа  10 nаfаri Uy-jоygа muhtоj ehtiyojmаnd хоtin-qizlаrning 1 nаfаr uy-jоygа muхtоj хоtin-qizlаr, 9 nаfаr ijаrа kаmpеnsаtsiyasi to’lаb bеrilаdigаn  хоtin-qizlаrning ro‘yхаtlаri shаkillаntirildi.

6-tоifа bo’yichа 141 nаfаr qаrаmоg’idа nоgirоnligi bo’lgаn fаrzаndi mаvjud ehtiyojmаnd аyollаr хоtin-kizlаr ro’yхаtlаri shаkillаntirildi.SHundаn 11 nаfаri tоmоrqаdа unumli fоydаlаnish uchun yordаm bеrilаdigаn.

3-sеktоr хududidа хоzirgi vаqtа “Аyollаr dаftаr” ning  4-bоsqichigа kirgаn аyollаrgа yordаmlаr ko’rsаtib kеlinmоqdа

Jumlаdаn

 1-tоifаgа kirgаn 50 nаfаr аyollаr ishgа jоylаshtrildi.

 2-tоifаgа kirgаn 48 nаfаr аyollаrgа tаdbirkоrlik qilish uchun krеditlаr bеrildi

 

- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan turlari bo‘yicha hozirgi kunda yordamlar ko’rsatilib kelinmoqda va bu boradagi ishlar davom ettirilib kelinmoqda.

 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar to‘g‘risida:

 

Hazorasp tumanida hukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib yoshlarni har tamonlama
qo’llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyalar yaratib berish maqsadida tumanning 3-sektor hududidagi yoshlarni turmush tarzlari mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan xonadonma-xonadon anketa so’rovnomalari o’tkazish orqali o’rganilib, muammolari bo’yicha Yoshlar balansi shakllantirildi, shuningdek kechiktirib bo’lmas muammolari bo’yicha yoshlardaftari.uz eletron sayti orqali onlayn ariza qoldirishlari tushuntirildi. Joriy yilning o’tgan 3 oyi mobaynida onlayn arizalarga ko‘ra ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muxtoj deb topilgan ishsiz yoshlardan “Yoshlar daftari”ga kiritilib 2023 yilning 3 oyi mobaynida jami           59 nafar yoshlar kiritilgan bo‘lib shularning 35 nafariga turli yo‘nalishlarda  amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Shundan:

-tadbirkorlikka o‘qitilganlar va kasb xunaega o‘qitilganlar 1 nafar;

- haydovchilik guvohnomasiga o‘qitilgan yoshlar 1 nafar;

- imtiyozli kredit olganlari 3 nafar;

- to‘lov kontrakti qoplab berilgan yoshlar 11 nafar;

-boshqa sohalarda 17 nafar;

- ekin ekish uchun 10 yil muddatga er maydoni ajratilgan yoshlar
2 nafar;

3-sektor hududida bu boradagi ishlar davom ettirilib kelinmoqda.

Hozirgi kunga kelib tuman hokimligi va sektor raxbari boshchiligida sektor  hududidagi 107 ta xonadon ta’mirlanishi Davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hulosa, joriy yilning 3 oyi yakuni bo‘yicha ish natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan  tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Hurmatli, sessiya qatnashchilari va Xalq deputatlari tuman kengashining raisi, 2023-yilning 3 oyi davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga 2023-yilning qolgan qismida yo‘l qo‘ymaymiz deb va’da beramiz hamda sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning xayotini yaxshilash uchun kechayu-kunduz sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.