Hazorasp tuman adliya bo‘limining boshlig‘i Y.Baltaevning axboroti


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Hazorasp tuman adliya bo‘limining boshlig‘i Y.Baltaevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmonining ijrosi yuzasidan axboroti

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalaga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmoni 6-bandi 3-kichik bandida tuman adliya bo‘limlari boshliqlarihar chorakda tuman xalq deputatlari Kenashlarida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

         Ushbu Farmon Hazorasp tumanida adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 12 oyi davomida qonun hujjatlarining buzilishi va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan jami 343 ta taqdimnomalar, sudlarga 170 ta ariza va da’vo arizalari kiritilgan.

Shuningdek 50 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlik yuzasidan bayonnoma va takliflar rasmiylashtirilgan, 48 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy jarimga tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi sohasida ham, ya’ni qabul qilinayotgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va axamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish “Respublika-viloyat-tuman-mahalla” prinspi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot olib borilgan.