E’LON


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

E’LON

 

Urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlar rahbarlari diqqatiga!

2023-yilning 15-yanvardan 5-fevral kunlari Hazorasp tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2023-yil hosilidan urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun sub’yektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar rahbarlari quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga joriy yilning 5-fеvral kunigacha taqdim qilishlari so‘raladi.

1. Tender komissiyasi nomiga ariza
2. Fermer xo‘jaligi nomidan tilxat
3. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’lumotnomasi
4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma
5. Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi
6. Viloyat “O‘simliklar karatini va himoyasi” tuman filiali tomonidan berilgan ma’lumotnoma
7. Fermer xo‘jalik rahbarining mutaxassisligi va ma’lmoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi)
8. Fermer xo‘jalik rahbarining qishloq xo‘jalik sohasida ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
9. Fermer xo‘jalik ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi)
10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma
11. Tuman texnika nazorati inspeksiyasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpaspot nusxasi
12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha “Hazorasp textil” MCHJ korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma
13. So‘ngi 3 yil ichida paxta hosildorligi bo‘yicha “Hazorasp textil” MCHJ korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 99-967-01-82 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.