Hazorasp tumani hokimi Abdirimov Zafar Atanazarovichning tumanda 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2025-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar to‘g‘risida hisoboti


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK


        Mamlakatimizda oxirgi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida Hazorasp tumanida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina 2024-yilda 611,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan 627,7 mlrd so‘mga (106,4 foiz) yetkaziladi. 2024-yilda 19.9 mln. dollar eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, 2025-yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 30.4 mln dollarga (152.7 foiz), yetkaziladi.
Muxtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ijtimoiy sohadagi islohotlaringiz tufayli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 2024-yildagi 79.8 foizdan qariyb 2025-yilda 86 foizga yetadi.
Tumanda 47 ta mahallada 37,6 ming ta xonadon, 59,5 ming ta oilalar, 206,6 ming nafar aholi mavjud bo‘lib, ularning 74,7 ming nafari mehnat qilishga tayyor iqtisodiy faol hisoblanadi.2024-yil boshida ishsizlar 5,8 ming nafarni, ishsizlik darajasi esa 5,9 foizni tashkil etgan edi.
        Yurtboshimiz yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, o‘tgan yil yakuni bilan 24,0 ming nafar aholi daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlanib, ishsizlik darajasi 5,9 foizdan 5,7 foizga tushirildi.
        Ma’lumot uchun:
a) ishlash istagini bildirgan 1,1 nafar ishsizlar investitsiya dasturi doirasida tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga doimiy hamda mavsumiy ish joylariga joylashtirildi.
Ularga har oyda o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan 3 mln. so‘mgacha ish haqi to‘lanmoqda;
b) hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tadbirkorlik tashabbusi bor 1321 nafardan oshiq aholiga qariyb 36.5 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi;
v) dehqonchilik qilish uchun 866 нафар фуқароларга aholiga 242 gektar ekin yer maydonlari ijara asosida ajratib berildi;
Mahallalardagi “ettilik” uyma-uy yurib, aholining ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, dehqonchilik qilish, kasb-hunarga o‘qish kabi xohish istaklarini aniqlab, shu asosida ish tashkil etishmoqda.
Bugungi kunda, ish bilan ta’minlash zarur bo‘lgan 4,6 nafar ishsizlarni hamda har yili mehnat bozoriga kirib keladigan 1,8 mingga yaqin yoshlar va migrantlar fuqarolarni to‘liq ish bilan ta’minlab 2025-yil yakuniga qadar tuman aholisini ishsizlikdan holi hududga aylantirishni maqsad qilib olingan.Tumanning geografik joylashuvi, resurs va imkoniyatlari hamda mavjud infratuzilmani inobatga olgan holda ishni birinchi galda, 47 ta mahallani ixtisosligi bo‘yicha 3 ta (qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatish) yo‘nalishlarga ajratib olingan.
Qishloq xo‘jaligida, tumanning mavjud qishloq xo‘jaligi yer maydoni 15,4 ming gektarni shundan, sug‘oriladigan ekin yerlari 15,4 ming gektarni tashkil etib, yiliga 26,6 ming tonna paxta, 22,8 ming tonna g‘alla, 16,4 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Aholi jon boshiga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 13,1 mln.so‘m tashkil etgan.
Tumanda aholiga oziq-ovqat zaxirasi bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi sohasida aholi daromadlarini ko‘paytirish maqsadida aniq vazifalar belgilab olingan.
Hazorasp tumanida 2024-yil davomida 1,23 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 115,4 foizni tashkil qildi, 2025-yil yakuniga qadar 1,5 trln so‘mga teng xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5,8 mln.so‘mni tashkil etgan.
Aholiga xizmat ko‘rsatish holatini yanada yaxshilash hamda yangi xizmat ko‘rsatish quvvatlarini yaratish maqsadida bir qator rejalarni belgilab olingan.
Hazorasp tumanida o‘tgan yil davomida 611,3 mlrd so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarib, o‘sish sur’ati 106,1 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga qadar jami 627,7 mlrd so‘mga teng sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 2,5 mln.so‘mni tashkil etgan.
Tumandagi ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining 377 tasi (27,0 foiz) sanoat korxonalari hisoblanadi.

       Tumanda bugungi kunda jami 377 ta sanoat korxonalarida mavjud bo‘lib, ular tomonidan yillik 611,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Eksportni rivojlantirish bo‘yicha, tumanda faoliyat olib borayotgan korxonalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash natijasida joriy yil yakuni bilan eksport hajmi 19.9 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. (19.3 mln. doll meva-sabzavot va 653 ming. doll sanoat). 2025-yilda 30.4 mln. dollarlik (2024-yilga nisbatan 152.7 foiz) mahsulotlar eksportini amalga oshirishi reja qilib olingan.
Horijiy investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Hazorasp tumanida 2024-yilda 51 ta yangi loyihani ishga tushirilishi hisobiga 30 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtiriladi.
Misol uchun, “Gripa MeG house” MCHJ tomonidan qiymati 7,0 mln.dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishi evaziga 5 ta kop qavatli turatjoy binolarini qurish hamda axolini zamonaviy tipdagi turarjoylar bilan taminlashga erishildi
Shuningdek, 40 kilometr elektrtarmoqlari va 11 ta transformator holatini yaxshilandi.
Tumanda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida jami 64,7 km ichki yo‘llar tamirlandi, shundan 37 km yangidan asfalt yotqizildi, 27,7 km tuproq yo‘llariga SHPSl yotqizildi.
Joriy yilda:
1. 22,3 ming aholi bandligini ta’minlash va 2,0 mingta oilani kambag‘allikdan chiqariladi;
2. Sanoat mahsulotlari hajmini 627,7 mlrd so‘mga yoki 106,4 foizga;
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2710,8 mlrd. so‘mga yoki 102,7 foizga;
4. Xizmatlar hajmini 1,5 trln so‘mga yoki 115,4 foizga;
5. Eksportyor korxonalarni hozirgi 6 tadan 10 taga oshirib, eksport hajmini 30.4 mln dollarga yoki 101.1 foizga;
6. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni 100.0 mln AQSh. dollarga yoki 333 foizga bajarilishi ta’minlanadi.