Hazorasp tumani hokimligi

rasmiy veb sayti

Eng namunali mahallalar aniqlandi

O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J.Inog‘omov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mahalla institutining nufuzini yuksaltirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini yanada kuchaytirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan "Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J.Inog‘omov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mahalla institutining nufuzini yuksaltirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini yanada kuchaytirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

 

 


 

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini rivojlantirishning istiqbollari belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlari mahallani tadbirkorlik markaziga aylantirish, uning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘nga yaqin komissiyalar ishini takomillashtirish, aholi manfaatlarini tizimli himoyalashga oid ishlarni davr ruhiga hamohang tarzda yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.

Bu boradagi ishlar Keksalarni e’zozlash yilida yanada kengaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrash, o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ibratli an’ana va qadriyatlarimizning bardavomligi, yoshlar tarbiyasi kabi mas’uliyatli vazifalar ijrosini ta’minlashda mahallaning ishtirokini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan «Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari» respublika tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad istiqlol yillarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborni targ‘ib etish, mahallalar faoliyatini chuqur va atroflicha o‘rganish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, ushbu yo‘nalishda samarali mehnat qilayotgan mahalla jonkuyarlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iboratdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 14 mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etgan tanlovning mamlakat bosqichi mahallalar faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma namoyishi bilan boshlandi.

Ko‘rgazmada mahallalarning bunyodkorlik, obodonlashtirish, aholining turmush madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlari, "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, yoshlar tarbiyasi, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligi kabi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati haqidagi stendlar, plakat va fotoalbomlar, xalqimizning tarixiy, milliy qadriyatlari, turmush madaniyatini aks ettiruvchi hunarmandlik, xalq amaliy san’ati buyumlari namoyish etildi.

G‘oliblarni aniqlashda ishtirokchilarning ish faoliyatida erishgan yutuqlari, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash borasidagi ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar yig‘ini raisi, kotibi, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, "Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi sardorining huquqiy bilimi, faoliyatida duch keladigan masalalarni qanday hal etishi sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi "Yulduz” mahalla fuqarolar yig‘ini birinchi o‘rinni egalladi.

– Prezidentimiz rahnamoligida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik yuksak samaralar bermoqda, – deydi "Yulduz” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jonobil Yusubaliyev. – O‘tgan yillar mobaynida mahallamizda ko‘plab yangi ijtimoiy obyektlar, guzar va bolalar sport maydonchalari barpo etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu ko‘rik-tanlov ilg‘or ish tajribalarimizni o‘rganish va ommalashtirishda foydali bo‘layotir.

Ikkinchi o‘rinni Jizzax shahridagi "Qipchoq”, uchinchi o‘rinni Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi "Qorovultepa” mahalla fuqarolar yig‘ini qo‘lga kiritdi.

Tanlovda yana bir necha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

Ma'lumot manba: uza.uz

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

  • 2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»
  • 2012 yil — «Mustaxkam oila yili»
  • 2013 yil — «Obod turmush yili»
  • 2014 yil — «Sog‘lom bola yili»
  • Nuroniylar hamisha e’zozda