Hazorasp tumani hokimligi

rasmiy veb sayti

XALQARO INVESTITSION FORUM ISHTIROKCHILARI XORAZMDA

Bugun Toshkentda ish boshlagan Xalqaro investitsion forum ishtirokchilaridan bir guruhi 4 noyabr kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. 
Mehmonlar Urganch shahridagi "Urganch yog‘-moy” va "Urganch ekskavator” AJ larda bo‘lib korxonalarning faoliyati bilan tanishdilar.
- O‘zbekistondagi korxonalarning faoliyati yil sayin takomillashib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ko‘payib, sifati tobora oshib borayotganini alohida ta’kidlashni istardim, – deydi AQSH ning "CitiBank” banki vakili Jeson Zullo. – Mamlakatingizda iqtisodiyotning barcha sohalari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Yurtingizdagi mavjud iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalik xorijliklar e’tiborini tobora oshirmoqda. Urganch ekskavator” aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va yo‘l-qurilish texnikasi, metall konstruktsiyalar, shuningdek, "UzXCMG” qo‘shma korxonasining ekskavator va buldozerlari o‘zining yuksak sifati va raqobatbardoshligi bilan bizda katta taassurot qoldirdi. Ushbu forumga ko‘plab mamlakatlardan, nufuzli xalqaro tashkilotlar va kompaniyalardan vakillar tashrif buyurgani ularning O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash niyatida ekanidan dalolatdir. Biz ham mamlakatingiz bilan iqtisodiyotning turli sohalarida sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz.


- Forum ishtirokchilari uchun uyushtirilgan biznes­uchrashuvlar, qator korxonalar faoliyati bilan tanishuv mamlakatingiz iqtisodiy salohiyati haqida boy tasavvurga ega bo‘lish imkonini bermoqda, - deydi Ispaniyaning "Flores Valles” kompaniyasi mintaqaviy menejeri Villiam Muzi. - O‘zbekistondagi investitsiya siyosatining bir jihati e’tiborimni tortdi.Bu mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga mo‘ljallangan loyihalarga ustuvor ahamiyat berilayotganligidir. Biz forumda yangi hamkorlar topish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishdek aniq maqsadlar bilan kelganmiz. Xorazmda yog‘-moy mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi, oziq­ovqat va mashinasozlik sanoati ham izchil rivojlanayotganiga amin bo‘ldik. Biz  sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya jihozlari, oziq-ovqat sanoati sohasida foydalaniladigan zamonaviy texnologik liniyalarni ishlab chiqarish va bunday mahsulotlarni etkazib berish borasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish niyatidamiz. "Urganch yog‘-moy” korxonasi, o‘ylaymanki, ular safidan joy egallaydi. Xiva, Ichan Qal’ani ko‘rib, mahobatli minoralar orasida o‘zimni go‘yo mo‘’jizalar olamida yurganday his etdim. Bir-biriga tutashib ketgan go‘zal obidalar kishi xayolini uzoq o‘tmishga yetaklaydi.
- Kompaniyamiz O‘zbekistonning qator banklari bilan bir necha yildan buyon savdo va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali samarali hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zaro hamkorligimizni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjud,- deydi Turkiyaning "City Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Ilhan Merkon. 
- Xalqaro investitsiyaviy forum tufayli yana O‘zbekistonga kelganimdan juda xursandman, deydi hamsuhbatining fikrini davom ettirib Germaniyaning "Siemens” kompaniyasi menejeri Vadim Rozinov. - Bizning kompaniyamiz mamlakatingizdagi 20 yillik faoliyati davomida ko‘plab investitsion loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Bu galgi nufuzli tadbir yangi hamkorlar topish, investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Mamlakatimizdagi qulay investitsiyaviy muhit, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xorijiy hamkorlarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Natijada yangi-yangi quvvatlarga asos solinib, ular iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, hududlar sanoat salohiyatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotir.

Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

  • 2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»
  • 2013 yil — «Obod turmush yili»
  • 2014 yil — «Sog‘lom bola yili»
  • Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari
  • Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin