Hazorasp tumani hokimligi

rasmiy veb sayti

“XORAZM TEKS” YENGIL SANOAT MAJMUASINING BIRINCHI BOSQICHI ISHGA TUSHDI

Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanadagi nutqida ta’kidlaganlaridek, aynan mustaqillik sharofati bilan mard va matonatli xalqimiz tarixan qisqa davrda amalga oshirgan olamshumul ishlar tufayli shahar va qishloqlarimizning, butun mamlakatimizning qiyofasi tobora ochilib, obod bo‘lib , aholining hayot darajasi yuksalib bormoqda. Bu o‘zgarishlarda, boshqa sabablar qatorida, iqtisodiyotimizni ma’muriy – buyruqbozlikga qurilgan  tizimdan shaxsiy tashabbus va tadbirkorlik, bozor iqtisodi asoslariga qurilgan shaklga o‘tkazilganligi, xususiy mulk himoyasi qat’iy daslat himoyasiga olinlanligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Prezidentimiz o‘z so‘zlarida ta’kidlaganlaridek, tadbirkorlik sohasiga to‘liq erkinlik berishni hayotning o‘zi talab qilmoqda.


Bog‘ot tumanida ish boshlagan "XORAZM TEKS” YENGIL SANOAT MAJMUASI yuqoridagi so‘zlar quruq shior emas, balki hayotda amaliy natijalar berayotganligining isbotidir.  Tadbirkorlarimizga ushbu bino va inshootlar investitsiya kiritish va ish o‘rinlari yaratish sharti bilan tekin berilgan edi.  Endi bir tasavvur qiling, mana shunday mahobatli binoni qurishi uchun tadbirkorning qancha vaqti, qancha mablag‘i sarf bo‘lgan bo‘lar edi!
Ammo hamma gap faqat mablag‘, moliyalar jihatlarga bog‘liq emas. Eng assosiysi kishida xolis niyat, ulug‘ maqsad, temir iroda bo‘lishi kerak. Bu inshootni tiklab ishga tushirgan tadbirkorlarimiz xuddi ana shu xususiyatlarga ega ekanliklarini amalda isbot etdilar.
Bugun korxonaga 200dan ziyod ishchi qabul qilindi. Ularning asosiy qismini yoshlar, kechagi kasb – hunar kollejlarini bitiruvchilari ekanligi ham kishini xursand qiladi. Koxonada 2015 yilning yanvar – iyul oylarida bir yarim ming tonna paxta tolasi qayta ishlanib, bir ming ikki yuz tonna yoki bir million dollarlikdan ortiq ip – kalava chet ellarga eksport qilingan. Bu ham ushbu qishloq, tuman va viloyat iqtisodini mustahkamlashga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi. Bugun korxonada ikkinchi bosqichda o‘rnatiladigan dastgoh va uskunalarni olib kelish bo‘yicha tadbirlari amalga oshirilmoqda.

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

  • XALQARO INVESTITSION FORUM ISHTIROKCHILARI XORAZMDA
  • 2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»
  • Nuroniylar hamisha e’zozda
  • Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari
  • Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin