Hazorasp tumani hokimligi

rasmiy veb sayti

YONG‘IN XAVSIZLIGI OYLIGI: MUHIM VAZIFALAR

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi xududida kuz-qish isitish mavsumi oldidan yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2011 yil 18 noyabrdagi qaroriga asosan viloyatda 2015 yilning 20 noyabridan 20 dekabrigacha yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida viloyat xokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.
   Yong‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi va ishchi guruxi tarkibi, shuningdek, tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
   Oylik davomida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlari, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish kabi dolzarb vazifalarga yanada e’tibor qaratiladi.
   Ushbu oylikni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shahar va tumanlar xokimliklari, viloyat ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi boshqarmalari, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qatiy nazar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uyushmalar va nodavlat tashkilotlarda tegishli qaror va buyruqlar qabul qilish, yong‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni nazoratga olish tavsiya etildi. Oylik davomida korxona, tashkilotlarda, mahallalarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga xar bir kishi rioya qilishi zarurligi to‘g‘risida tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib boriladi. Ayniqsa gaz, energetika, suv xo‘jaligi va isitish moslamalarining xolati va sozligiga alohida e’tibor qaratish, ob’ektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini o‘t o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalari va anjomlari bilan ta’minlash hamda yong‘inga qarshi ximoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalari, suv xavzalari va ichki o‘t o‘chirish jumraklarini soz xolatga keltirish topshirildi.
скачать dle 10.4фильмы бесплатно

  • 2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»
  • 2012 yil — «Mustaxkam oila yili»
  • 2013 yil — «Obod turmush yili»
  • 2014 yil — «Sog‘lom bola yili»
  • Nuroniylar hamisha e’zozda