Hazorasp tuman prokurori, 2-sektor rahbari D.S.Madrimovning  2022 yilning 12 oyi davomidasektor hududida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4102-sonli, 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 16 fevraldagi (07-1-352-sonli) topshirig'iga asosan, joylarda xalq bilan muloqot va mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini dolzarb muammolarini tezkor hal etish borasida 2-sektorda qator ishlar amalga oshirildi.

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan Davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida tuman prokurori, sektor rahbari  sifatida tumanda xalq og'irligini yengil qilish, yillar davomida to'planib qolgan muammolarni xal etish, aholi faravonligini oshirish, iqtisodiy o'sishni ta'minlash kabi davlatimiz Rahbari belgilab bergan vazifalarni samarali amalga oshirilishida nafaqat nazorat o'rnatdik, balki bu ishlarda yaqin ko'makchi bo'ldik.

Bugungi kundagi islohotlar natijasida  aholining huquqiy savodxonligi, madaniyati, talabchanligi ancha ortdi. Buni joylarda muntazam o'tkazib kelingan Sayyor qabullar va Yoshlar uchrashuvlari natijalari yaqqol ko'rsatdi.

Sayyor qabullar va Yoshlar uchrashuvlarida asosiy e'tibor aholini qiynayotgan muammoli masalalarni hal etishga, shuningdek, Davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar asosida berilgan imkoniyat va imtiyozlarni qo'llash orqali fuqarolarni (yoshlarni) mavjud muammolarini hal etish borasida amaliy yordamlar ko'rsatishga qaratildi.

2-sektor hududida 14 ta mahalla bo'lib, “Ovshar”, “Istiqlol”, “Kamolot”, “Oqmaydon”, “Beshta”, “Obod zamin”, , “Otaliq”, “Bog'ieram”, “Sanoat”, “Temirchi maskani”, “Bog'dor” “Zexnli”, “Mustaqillik” va “Shirinquduq” mahallalarida jami 10310 ta xonadon va ularda 61278 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

Qilingan murojaatlarni tahlili qabullar davomida aholining tibbiy xizmat ko'rsatishga extiyoji yuqoriligini ko'rsatdi va elektr ta'minoti, yo'l va imtiyozli kredit, moddiy yordam va uy-joy bilan bog'liq masalalarda nisbatan ko'proq murojaatlarni tashkil qildi.

2022 yilning 12 oyida 2-sektor hududidagi 14 ta mahallalarda 91 ta sayyor qabullar o'tkazildi, bu qabullarda 1491 nafar fuqarolarning ishtiroki ta'minlandi.

Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 690 tani tashkil qilgan bo'lib, ushbu murojaatlarning 136 tasi bank kreditlari ajratilishidagi muammolar xususida, 115 tasi elektr kuchlanishi pastligi xususida, 46 tasi yo'llarni ta'mirlash masalasi, 35 tasi sog'liqni saqlash, davolanish, order ajratish, bepul dori-darmon bilan ta'minlash masalasi, 41 tasi tabiiy gaz va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash, 31 tasi ichimlik suvi ta'minotidagi

muammolar, 21 tasi ijtimoiy himoya, moddiy yordam masalasi, 28 tasi bandlik masalasi, 237 tasi boshqa mazmundagi murojaatlarni tashkil qildi.

Jami 690 ta murojaatlardan 560 tasi hal etildi, xal etilgan murojaatlardan 319 tasida yoki 60,3 foizida mualliflarning talablari qanoatlantirildi va ularning har biri bo'yicha tashakkurnomalar, minnatdorchilik xatlari va tilxatlar asosida hisobotlarda va ijtimoiy tarmoqda yoritib borildi.

Yaratilgan bu tizim nafaqat sektor rahbarini, balki halqni prokuratura organlariga bo'lgan ishonchini yanada orttirdi.

Shuningdek, sektorda 91 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi va 1269 nafar yoshlarni ishtiroki ta'minlandi.

Yoshlar uchrashuvidagi murojaatlarni aksariyatida yoshlar daftariga kiritish orqali moddiy yordam, kasbga o'qitish va subsidiya mablag'i asosida to'lovlar, kontrakt to'lovlari amalga oshirilishida amaliy yordamlar ko'rsatish so'raldi. 

Ya'ni, bandlik va kasb-hunarga o'qitilishi masalasida 41 ta,   “Yoshlar daftari”ga kiritilishi va subsidiya mablag'i ajratilishi masalasida 53 ta, “Yoshlar daftari”ga kiritilishi va to'lov kontraktlari to'lanishi masalasida 25 ta, imtiyozli kredit ajratilishi va internet tarmog'iga ulanish masalalarida 22 ta, sog'liqni saqlash, moddiy yordam tayinlash masalalarida 32 tadan, yer maydoni ajratish masalasida 8 ta, “Yoshlar daftari”ga kiritilishida amaliy yordam berish

to'g'risida 9 ta, gaz ta'minoti masalasida 2 ta, xaydovchilik guvohnomasi olish uchun to'lov amalga oshirishda amaliy yordam ko'rsatish masalasida 8 ta, boshqa turli masalalarda 11 ta, jami 211 ta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning 142 tasida (67,2%) yoshlarning talablari qanoatlantirildi, 36 nafariga (17%) asosli tushuntirishlar berildi, 33 ta murojaat (15,6%) o'rganish jarayonida turibdi.

Sektorda bevosita Prokuror tashabbusi bilan 5 ta tashabbus doirasida yoshlar o'rtasida sport musobaqalari, “Kitob yarmarkalari” “bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkalari, “Sayyor tibbiy ko'rik”lar  va arzon narxlarda “Oziq ovqat savdo yarmarkasi” tashkil qilindi.

2022 yilning 12 oyida jami 30 ta tadbirlar o'tkazildi, shundan 14 ta mehnat yarmarkasi, 11 marotaba sayyor tibbiy ko'rik, 2 marotaba oziq-ovqat savdo yarmarkasi, maktablar bilan birga 18 ta kitob yarmarkalari o'tkazildi. 

Tadbirlarda sektorning barcha mahallalari qamrab olindi.

Tuman prokurori tashabbusi bilan joriy yilning 12 oyi davomida tuman hokimligi va tuman prokuraturasi hamda Aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda 2-sektor hududidagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, harbiy xizmatdan qaytganlar, aliment to'lovchi va undiruvchilarning bandligini ta`minlash maqsadida belgilangan grafikka asosan jami 14 ta mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

Yarmarkada jami 145 ta korxona tashkilotlar 1489 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi, shundan 438 ta oliy ma'lumotli, 236 ta o'rta-maxsus, 815 ta o'rta ma'lumotli bo'sh ish o'rinlari mavjud bo'lib, shundan xususiy sektorda 69 ta korxona-tashkilotlardan 911 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi. (shundan 280 ta o'rta-maxsus, 631 ta o'rta ma'lumotli)   Yarmarka natijasida ishsiz fuqarolarning 695 nafariga doimiy ishga joylashish uchun, 185 nafariga xaq to'lanadigan jamoat ishlariga ishga qabul qilish uchun yo'llanmalar berildi.

Bandlikka ko'maklashish Davlat jamg'armasi hisobidan 231 nafar ishsiz band bo'lmagan fuqarolarga kasb-hunarga o'qitish uchun yo'llanmalar berildi, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish maqsadida 8 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun davlat xizmatlari ro'yxatidan o'tkazish badal to'lovini subsidiya asosida to'lab berildi hamda ustoz-shogird an'analarini rivojlantirish maqsadida Xunarmandlar uyushmasiga a'zo bo'lish uchun 66 nafar fuqaroga a'zolik badali to'lab berildi.

Sektordagi “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”da ro'yxatda turgan 20 nafar fuqaroga  yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurib berildi, 1 nafar fuqaroga pishiriq pechlari hamda 15 nafar fuqarolarga tikuv mashinalari berildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarning 491 nafariga mehnat qonunchiligi bo'yicha tegishli tartibda xuquqiy maslaxatlar berildi.

Kitob yarmarkasida 1000 ga yaqin turli xildagi badiiy adabiyotlar  sotib olindi va sektor hududidagi umumta'lim maktablarining kutubxonalari yangi adabiyotlar bilan to'ldirildi.

Yil boshidan sektorga qarashli 14 ta mahalladagi mavjud muammolar tahlil qilindi, ya'ni joylarda aholini qiynayotgan va bugungi kunda aholini kayfiyatiga bevosita ta'sir qiladigan birlamchi muammolar o'rganildi va ro'yxati shakllantirildi.

Bu ro'yxatda har bir mahalla ko'chalari kesimida:

-“tuproq ko'cha”;

-“elektr kuchlanishi past ko'cha va xonadon”;

- “ichimlik suvi ta'minotiga ega bo'lmagan ko'cha” yoki “ichimlik suvi tarmog'i tortilgan, biroq xonadonlar tarmoqqa ulanmagan ko'cha”;

-“suyultirilgan gaz va tabiiy gaz me'yori buzilgan ko'cha va xonadonlar” ko'rsatildi. Ushbu tahlilllar natijasida aholining bir qator extiyojlari qondirildi.

Jumladan, yul infratuzilmasini yaxshilash buyicha jami 33,4 km. yo'llar ta'mirlandi, shundan, 6,7 km. yo'llar asfal`tlandi, 30,5 km. yo'llar SHPS qoplamasi va shag'al to'shalib ta'mirlandi.

Xususan, “Ovshar” mahallasida 700 metr, “Istiqlol” mahallasida 3,5 km, “Kamolot” mahallasida 1 km., “Otaliq” mahallasida 1,5 km. Asfal`t beton bilan, “Ovshar” mahallasida 2 km., “Oq maydon” mahallasida 400 metr, “Kamolot” mahallasida 1,5 km., “Beshta” mahallasida 1,3 km., “Obod zamin” mahallasi 2 km., “Shirinquduq” mahallasida 1,8 km., “Temirchi maskani” mahallasida 3,0 km., “Zexnli” mahallasida 1,7 km., “Bog'dor” mahallasida 1,3 km., “Otaliq”

mahallasida 10 km., “Mustaqillik” mahallasida 2,6 km., “Sanoat” mahallasida 2,8 km.ni tashkil qildi. 

            Piyodalarni xavfsiz, qulay  harakatlanishlarini ta'minlash maqsadida “Bog'dor”, “Sanoat”, “Beshta” hamda “Obod zamin” mahallalarida jami 5 km uzunlikda piyodalar yo'lakchasiqurish ishlari rejalashtirilib, bugungi kungacha “Bog'dor”mahallasida 1 km.“Sanoat” mahallasida 1,5 km.yo'llarda qurilish ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

            Yo'lni kesib o'tuvchi xamda boshqa turdagi yo'l belgilarnio'rnatish borasida ishlar amalga oshirildi.

            Jumladan, “Otaliq”mahallasida 2 ta, “Zehnli” mahallasida 4ta, “Sanoat” mahallasida 6 ta, “Bog'dor”mahallasida 4 ta, “Ovshar” mahallasida 4 ta, “Oq maydon” mahallasida 4 ta, jami 22 ta yo'l belgilari o'rnatildi.

Tumanda yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash bo'yicha tizimli nazorat o'rnatildi.

2022 yilda tuman kadastr bo'limi tomonidan yer maydonlarini fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallanganligi bo'yicha 123 ta holat aniqlanib, barchasiga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va tuman prokuraturasiga taqdim etilgan. O'z navbatida ushbu hujjatlar bo'yicha tuman IIB orqali qonuniy qarorlar qabul qilingan. Tuman IIB tomonidan bu yuzadan 2 ta holatda jinoyat ishlari qo'zg'atildi, qolgan 57 ta holatda jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qarorlar qabul qilingan, 16 ta holat bo'yicha to'plangan hujjatlar jinoyat ishiga qo'shilgan holda qonuniy baho berildi, 48 ta holat bo'yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.  Aniqlangan 123 ta holatni 11 tasi 2-sektor hududiga to'g'ri keladi.

Sektorda bevosita Prokuror tashabbusi bilan 5 ta tashabbus doirasida yoshlar urtasida sport musobaqalari, "Kitob yarmarkalari" "bush ish o'rinlari mehnat yarmarkalari”, "Sayyor tibbiy ko'rik"lar va arzon narxlarda “Oziq-ovqat savdo yarmarkasi” tashkil qilindi.

Joriy yilning 12 oyida jami 11 marotaba sayyor tibbiy ko'rik utkazildi. Tadbirlarda sektorning barcha mahallalari qamrab olindi.

Tashkil etilgan sayyor tibbiy ko'rik davomida 15 ta turdagi (UTT, EKG, Labarant, Urolog, Kardiolog, Travmatolog, Terapevt, Otoloringolog, Oftol`molog, Endokrinolog, Ginekolog, Xirurg, Pediatr, Nevropotolog, Pul monolog)tibbiyot sohasi mutaxassislari jalb etildi.

Tibbiy kuriklar davomida 258 nafar patranaj xamshiralari xonadonlarda bulib, 6209 ta xonadonni patranaj xizmati bilan qamrab olishdi, 8079 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Sektorga qarashli 11 ta mahallalarda o'tkazilgan xatlov natijasida 60 yoshdan katta fuqarolarning 1843 nafarida surunkali kasalliklar borligi, (648 nafari nogiron bulib, shulardan 1-gurux 99 nafar, 2-gurux 548 nafar, ruxiy kasalligi bor 45 nafar) aniqdandi.

Shuningdek, uylarida uzoq muddat yotib qolgan o'zgalar parvarishiga muxtoj bo'lgan 95 nafar bemorlar xolidan xabar olindi.

Tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan fuqarolar mahallalar kesimida tahlil qilinganida, jami tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan 8079 nafar fuqarolarning 2195 nafari "Beshta", 1073 nafari "Ovshar", 561 nafari "Istiqlol”, 501 nafari "Sanoat", 488 nafari “Bog'dor", 439 nafari "Zexnli”, 361 nafari "Bog'ieram", 346 nafari "Otaliq”, 306 nafari "Shirinquduq;", 961 nafari "Mustaqillik", 848 nafari “Oq maydon” mahallalari fuqarolarini tashkil qildi.

Ushbu tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan 8079 nafar fuqarolardagi kasalliklar kasallik turlari bo'yicha tahlil qilinganida:

Ushbu tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan 8079 nafar fuqarolardagi kasalliklar kasallik turlari bo'yicha tahlil qilinganida: Gipertoniya va yurak qon tomir kasalligi 1950 (yoshlar 158) nafarda; Endokrinologik kasalligi 575 (yoshlar 62) nafarda, Nevrologik kasallik 744 (yoshlar 112) nafarda; Urologik kasalliklar 812 (yoshlar) 212) nafarda, Ko'z kasalliklari 741 (yoshlarda 142) nafarda, Ginekologik kasalliklar 860 (yoshlar 142) nafarda, Yuqori nafas yo'llari kasalliklari 565 (yoshlar 96) nafarda,  bo'g'im kasalliklari1832 (yoshlar 218) nafarda aniqlanib, tegishli da'vo muolajalari berildi.

Shu bilan birga tuman prokurori tashabbusi bilan tumanda istiqomat qilayotgan 1258 nafar ruxiy kasallikka chalingan fuqarolarning barchasi alohida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Tibbiy ko'rik natijasi bo'yicha ularning 12 nafariga birinchi marotaba ruxiy kasalligi bo'yicha nogironlik guruhi belgilandi.

Bu bilan esa ushbu ruxiy kasallligi bo'yicha davlat tomonidan belgilangan mikdorda bepul dori-darmon olish imkoniyati, o'z navbatida nogironlik nafaqasi olishlari ta'minlandi, bu esa oilasini moddiy ta'minotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Bundan tashqari, tuman xokimligi bilan hamkorlikda tumanda istiqomat qilayotgan Yakka yolg'izlarning yashash sharoiti va turmush tarzi joyiga chiqqan holda o'rganildi.

Tuman prokurori sifatida barcha yakka yolg'izlarning yashash xonadoniga borib, zarurati o'rganildi, o'rganish natijasi bo'yicha 11 nafarini bepul dori-darmon bilan ta'minlanishi va davolanishi, 1 nafariga eshitish apparati, 1 nafariga xassa, 5 nafariga yangi muzlatgich, 3 nafariga kir yuvish mashinasi yetkazib berildi, 5 nafarining uy joyida ta'mirlash ishlari bajarildi, 2 nafarining uylarida ta'mirlash ishlari bajarildi, 2 nafariga elektron nogironlik aravachalari yetkazildi.

Bundan tashqari, 2-sektor rahbari tashabbusi bilan yillar davomida hal etilmasdan kelingan “Otaliq” mahallasidan o'tuvchi 1980 yillarda qurilgan o'z vazifasini bajarmayotgan 1,5 km uzunlikdagi, 3 metr chuqurlikdagi diametri 1000 mm. temir quvurni ichki zovur quyuuvchi yopish drenaj tarmog'ini nosozligi bartaraf etildi.

Bu drenaj tarmog'i tuman markazidan drenaj suvlarini chiqarib tashlashga mo'ljallangan bo'lib, yillar davomida yuvib tozalanmaganligi sababli loyqadan tiqilib, chiqindi suvlari ravon chiqib ketishiga to'sqinlik qilgan.

Yopiq yotiq drenajning markaziy kollektorga quyuvchi old qismi va ichki zovurning quyuvchi qismi maxsus texniklar yordamida loyqadan tozalandi.

Drenajning loyqa tiqilgan old qismi maxsus mexanizm yordamida (viloyat tashkilotidan katta texnikalar jalb etilganligi natijasida) yuvildi va zax suvlarning ravon oqib chiqib ketishiga erishildi. Natijada zavurdagi suv satxi 70 sm pastga tushirildi.

Bundan tashqari, sektor hududida tuman hokimining bevosita tashabbusi bilan aholiga qulaylik yaratish va sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilishini ta'minlash maqsadida 2-sektor hududidagi mavjud tibbiyot muassasalaridan tashqari, “Istiqlol”, “Kamolot”, “Bog'i eram”, “Zehnli” mahallalarida Tibbiyot punktlari tashkil qilindi va zarur tibbiy anjomlar bilan ta'minlanib, aholi extiyoji uchun foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, tuman Telekommunikatsiya bog'lamasi tomonidan 2-sektor hududi aholisini yuqori tezlikdagi kommunikatsiya xizmatlari bilan ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Ya`ni, “Beshta” mahallasida 810 ta, “Otaliq” mahallasida 644 ta, “Bog'dorda” 465 ta, “Istiqlolda” 316 ta, “Oq maydonda” 284 ta, “Temirchi maskanida 260 ta, “Sanoatda “ 256 ta, “Ovshar” mahallasida 244 ta, “Bog'ieram” mahallasida 180 ta, “Zexnli”da 121 ta, “Kamolot” mahallasida 96 ta va “Shirinquduq “ mahallasida 14 ta  xonadon, jami 3690 ta xonadon  yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ulandi.

2022 yilda aholini ichimlik suviga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Zehnli” va “Shirinquduq” mahallalarning har birida 10 km.dan ichimlik suvi tarmog'i yotqizildi, foydalanishga topshirilishi bilan 600 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi, Hozirda “Kamolot” va “Temirchi maskani”mahallalarining har birida 1 km.dan ichimlik suv tarmoklari yotkizish ishlari olib borilmoqda, foydalanishga topshirilishi bilan 100 ga yaqin xonadonni ichimlik suviga bo'lgan extiyoji qondiriladi.

Sektor hududidagi maktabgacha ta'lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarni  maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda 2-sektor hududida 57 ta maktabgachata'limtashkilotlarifaoliyatolibbormokda. Shundan, 5 tasidavlatmaktabgachata'limtashkilotini, 4 tasidavlat hususiy sherikchilik aosida tashkil etilgan muassasani, 48 tasioilaviynodavlatmaktabgachata'limtashkitlotlarini tashkil

qiladi. 2022yildavomida“Sanoat”mahallasihududidajoylashgan 1-son davlatmaktabgachata'limtashkilotinijoriyta`mirlashishlaridayozgi ayvonlar, bolalarmaydonchalari, yo'laklar, bolalar cho'milishxavzasita'mirlandi.

Bundan tashkari“Ovshar”mahallasidajoylashgan 6-son davlatmaktabgachata'limtashkilotinijoriyta`mirlashishlaridayozgiayvonlar, binoning fasad qismi,

bolalarmaydonchalari, yo'laklar, bolalar cho'milishxavzasita'mirlandi. Bugungi kunda mahallalardagi 5039 nafar maktabgacha ta'lim yoshidagilarni 3608 nafari yoki 71,6 foizi qamrab olingan, 2023 yilda bu ko'rsatgichni yanada yaxshilash, qamrovni oshirish choralari ko'riladi.

Shuningdek, 2-sektor hududidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2022 yil davomida moddiy texnik bazani yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 2-sektor hududida 17 ta (6-, 9-, 10-, 13-, 26-, 40-, 50-, 20-, 31-, 33-, 34,36-, 38-, 48-, 15-, 30-, 42-son) maktab joylashgan bo'lib, maktablarning umumiy o'quvchi o'rni 9518 ga teng.

2022-2023 o'quv yilida ushbu maktablarda 9767 nafar o'quvchi ta'lim - tarbiya olmoqda. Maktablarning moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida 20,34, 38,48-son maktablarga Respublika byudjet mablag'lari hisobidan komp`yuter sinflari zamonaviy komyuterlar bilan ta'minlandi.

48-son umumiy o'rta ta'lim maktabi “Ochik; byudjet” tizimida ikki marta g'olib bo'lib, birinchi galda 550 mln. so'm, ikkinchi galda 920 mln. so'm mablag' yutib olib,ushbu mablag' hisobidan maktab binosining ta'mirtalab 2-va 3- qavatlari ta'mirdan chiqarildi. Natijada maktabning to'la quvvatidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Maktablarni kuz-kish mavsumi va yangi o'quv yilida bir maromda ishlashi, sharoit sifatini yaxshilash, xaroratni me'yorda kshlab turish maqsadida 20-son maktabga 81,2 tn.,  10-son maktabga 38.1 tn., 31-son maktabga 61.8 tn., 33-son maktabga 21.8tn., 34-son maktabga 44.1 13-son maktabga 57 tn., 26-son maktabga 56.4 tn., 40-son maktabga 40 tn.ko'mir yetkazib berildi va ikkita isitish qozini energiya tejovchi qozonlarga almashtirildi,39-son maktabning

2 ta sinf parta va stullari yangilandi.

«Xazorasptumangaz» filiali tomonidan 2-sektor hududida infratuzilma ob'ektlarini yaxshilash bo'yicha, Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 5 iyundagi №193-sonli qaroriga asosan tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo'lgan hududga moslashganligi sababli, tabiiy gaz tarmog'idan ajratilgan «Bo'ston» qishlog'i, «Bo'ston» mahallasidagi d-159 mm.lik gaz quvuridan jami, 600 p/m gaz quvuri demontaj qilib olinib, «Beshta» mahallasi axolisini tabiiy gaz bosimini yaxshilash uchun

«Beshta» mahallasiga montaj qilindi, natijada mahalladagi 485 ta aholi xonadonlarining tabiiy gaz bosimi yaxshilandi.

Sektorda suyultirilgan gazga moslashgan “Ovshar” mahallasidagi 1219 ta,  “Oq maydon” mahallasidagi 718 ta, “Kamolot” mahallasidagi 1327 ta, “Istiqlol” mahallasidagi988 ta, “Sanoat”mahallasidagi 1216 ta, “Mustaqillik”mahallasidagi 612 ta, “Shirinquduq”mahallasidagi 257 ta va “Beshta” mahallasidagi 91 ta, jami 6428 ta mahalllardagi suyultirilgan gaz is'temolchilariga hozirgi kunda muntazam ravishda reja grafikka asosan suyultirilgangazetkazib berilmoqda.

Tumanda faoliyat ko'rsatayotgan “Toza-xudud” DUK Hazorasp tumani filiali tomonidan 2022 yilda 2-sektor buyicha  “Beshta” maxallasidagi 1584 ta xonadondan 2556 kub, “Bog'ieram” mahallasidagi 925 ta xonadondan 1464 kub, “Bog'dor” mahallasidagi 1151 ta xonadondan 1224 kub, “Otalik” mahallasidan 1410 ta xonadondan 2364 kub, “Zexnli” mahallasidagi 373 ta xonadondan 768 kub, “Mustaqilik” mahallasidagi 587 ta xonadondan 1200 kub, “Shirinqudiq”

mahallasidagi 266 ta xonadondan 516 kub, “Sanoat” mahallasidagi 1289 ta xonadondan 1896 kub, “Temirchi maskani” mahallasidagi 446 ta xonadondan 888 kub, “Ovshar” mahalasidagi 488 ta xonadondan 1056 kub, “Oq maydon” mahalasidagi 842 ta xonadondan 1572 kub, “Istiqlol” mahalasidagi 865 ta xonadondan 1668 kub,  “Istiqlol” mahalasidagi 1552 ta xonadondan 2400 kub,  jami 10517 ta xonadondan 20556 kub qattik maishiy chiqindi tashib olib chiqib ketilishi

ta'minlandi.

Shuningdek, 2-sektor xududida elektr ta`minotini yaxshilash va barkaror ishlashini ta'minlash buyicha tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.

2-sektorxududida mavjud 14 ta mahallada 155 dona transformatorpunkimavjud. 10/0.4 kVhavouzatish liniyasi L=292.8 km. ni tashkilqiladi. Ustunlar soni 5840 ta bo'lib, shundanta`mirtalablari 125 dona tashkil qiladi.

2022 yilda quyidagi yangi qurilish ishlari amalga oshirildi.

“Zexnli”mahallasida L=0.3 km. 10 kVhavoliniyasi L=0.8 km. 0.4 kVkabelliiiyasiva 1 ta GKTP 630 kVA transformator punktiyangidan qurildi.

“Sanoat” mahallasida L=0.1 km. 10 kV havo liniyasi L=0.8 km. 0.4 kV havo liniyasi va 1 ta SKTI 250 kVA transformator punktini yangidan qurildi.

Mukammal ta'mirlash ishlari buyicha: “Ovshar” qishlog'i “Ovshar” mahallasida TP-7104/100kVA ni mukammal ta'mirlandi.

“Ovshar” mahallasida TP-7105/250kVA, TP-7582/100kVAni, TP-7615/160Kva, “Mustakillik” mahallasida TP-7148/160Kva, TP-7147/100Kva, TP-7137/160Kva, “Sanoat” mahallasi GP1-7068/100 Kva, “Otaliq” mahallasida TII-7006/160 Kva,  TP-7426/100 Kva, TP-7040/400 Kva, 

TP-7445/100 Kva, TP-7007/160 kVA mukammal ta'mirlandi.

Shuningdek, “Otalik” mahallasida TP-7426/100 kVAdai chiqqan 2,6 km. XL-0,4kVA., TP-7040/400 kVAdai chiqqan 4,0 km.XL-0,4kVA “Beshta” mahallasida TP-172/250 kVAdai chiqqan 3,4 km. XL-0,4Kva, 110/10 kV PS Xazorasp  8 km. XL-10 Kv f-r Markaz, 110/10 kV PS Sanoat 3,6 km. XL-10 Kv f-r Bogdor, Ovshar mahallasida TP-7582/100 kVAdan chiqqan 2,5 km. XL-0,4kVni mukammal ta'mirlandi “Kamolat” mahallasida TP-7397/250 kVAdai chiqqan 1,08 km. XL-0,4Kv,“Bog'ieram” mahallasidagi TP-7136/160kVAdai chiqqan 2,5 km. XL-0,4Kv, TP-7137/100 kVAdai chiqqan 1,5 km. XL-0,4kVni

mukammal ta'mirlandi.

Sektor hududida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinshg “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirish doir ko'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2021 yil 20 dekabrdagi PK-55-son Qaroriga asosan 2022 yil yanvar` oyidan hozirgi kungacha hokim yordamchilari tomonidan 8898 nafar fuqarolarga tadbirkorlik qilishlari uchun 21,7 mln. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi va quyidagicha:

 

 

MFY nomi

Sektor

ajratilgan kredit soni

summa

1

Bog'dor

2

124

3.26

2

            Bog'i Eram

2

41

1.14

3

Zexnli

2

34

0.70

4

Istiqlol

2

75

1.35

5

Kamolot

2

91

2.42

5

Mustaqillik

2

33

0.71

6

Ovshar

2

85

2.01

7

Oq maydon

2

52

1.32

8

Otaliq

2

103

2.74

9

Sanoat

2

65

1.72

10

Temirchi maskani

2

49

1.18

11

Beshta

2

116

2.87

12

Shirin quduq

2

21

0.33

13

Jami 

 

889

21.75

 

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sektor hududida aholining tashabbusi bilan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Bunda asosiy e'tibor byudjetdan  mablag' ajratilishini kutib o'tirmasdan, aholining imkoniyati va xoxishidan kelib chiqib,    2022 yilning 6 oyining o'zida sektor hududidagi ichki yo'llarga:

- 150 metr yo'lga asfal`t qoplamasi;

- 10,5 km masofaga SHPS qoplamasi;

- 9,8 km. masofaga qum tashlash;

- 9,1 km. masofaga shag'al;

- 89 ta tungi yoritqich;

- 500 metr uzunlikda piyodalar yo'lakchasi (tratuar);

- 300 metr uzunlikda beton latoklar joylashtirildi.

 Ushbu ko'rsatgichlar mahallalar kesimida tahlil qilinganida:

“Beshta”  mahallasida 2 km. SHPS, 1,2 km. shag'al, 32 ta tungi yoritqich;

“Bog'dor” mahallasi hududida 1.2 km SHPS, 21 ta tungi yoritqich;

“Zexnli” mahallasi hududida 0,5 km qum, 2 km. shag'al, 2 ta tungi yoritqich;

“Kamolot” mahallasi hududida 2 km. qum;

“Otaliq” mahallasi hududida 4,1 km SHPS, 1 km. qum, 4 km. shag'al, 30 ta tungi yoritqich, 500 metr piyodalar yo'lakchasi (tratuar), 300 metr beton lotok;

“Sanoat” mahallasi hududida 150 metr asfal`t, 700 metr SHPS, 200 metr shag'al;

“Temirchi maskani” mahallasi hududida 500 metr SHPS;

“Bog'ieram” mahallasi 3 km. qum, 500 metr shag'al;

“Mustaqillik” mahallasi 1,2 km SHPS, 2,4 km qum, 1,2 km shag'al;

“Ovshar” mahallasi 800 metr SHPS, 300 metr qum;

“Shirinquduq” mahallasi hududida ichki yo'llarga 600 metr qum tashish va yoyish ishlari bajarildi.

 

Bundan tashqari, mahalla fuqarolari hamda homiylar mablag'lari hisobidan jami 89 ta tungi yoritqichlar o'rnatildi, Jumladan:

- “Otaliq” mahallasi “Yangi O'zbekiston” ko'chasiga 30 dona;

- “Beshta mahallasi “Gulobod” ko'chasiga 32 dona;

- “Bog'dor” mahallasi “”Javoxir” ko'chasiga 21 dona  zamonaviy tungi yoritgichlar o'rnatildi.