Hazorasp tuman IIB boshlig`i, 3-sektor rahbari X.M.Masharipovning HISOBOTI


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Hazorasp tumani 3-sektor rahbari X.M.Masharipovning 2022-yilning 12 oyi davomida 3-sektor hududida olib borilgan ishlar yuzasidan

HISOBOTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli, 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5633-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 16-fevraldagi 07-1-352-sonli
topshirig‘iga asosan, joylarda “Xalq bilan muloqot va mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini dolzarb muammolarini tezkor hal etish” maqsadida sektor rahbari tomonidan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida sektor hududidagi mahallalarda sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilib kelingan.

Sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlaridagi murojaatlar ijrosi bo‘yicha:

Sayyor qabullar va yoshlar uchrashuvlarida asosiy e’tibor aholini qiynayotgan muammoli masalalarni hal etishga, shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar asosida berilgan imkoniyat va imtiyozlarni qo‘llash orqali fuqarolarni (yoshlarni) mavjud muammolarini hal etish borasida amaliy yordamlar ko‘rsatishga qaratilgan. 3-sektor hududida 10 ta mahalla bo‘lib, “Qovunch”, “Bo‘ston” “Al-Xorazmiy”, “J.Manguberdi”, “P.Mahmud”, “Ziyolilar”, “Ming otliq”, “Pichoqchi”, “Gulzor” va “M.Xorazmiy” mahallalarida jami 7907 ta xonadon, 12486 ta oila va ularda 44386 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

O‘tgan 2022-yilning 12 oyi mobaynida 3-sektor hududidagi mahallalarda jami 58 marotaba ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi, qabullarda jami
3102 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlanib, qabulda ishtirok qilgan fuqarolar orasidan 315 nafari tomonidan 397 ta  turli masalardagi o‘zlarini qiynayotgan  muammolari yuzasidan murojaat qildilar. Ushbu kelib tushgan murojaatlarning 261 tasi 65,7 foizi ijobiy hal qilinib, 131 tasiga asosli tushuntirishlar berish orqali hal qilindi.

Qilingan murojaatlarni tahlili shuni ko‘rsatdiki, qabullar davomida gaz, elektr ta’minoti, yo‘l va imtiyozli kredit, moddiy yordam va uy-joy bilan bog‘liq masalalarda nisbatan ko‘proq murojaatlarni tashkil qilgan.

Ya’ni, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq 39 ta, yo‘l qurilishi sohasida 36 ta, imtiyozli kredit ajratilishi bilan bog‘liq 25 ta, gaz ta’minotida 21 ta, ichimlik suvi bilan ta’minlash va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan 34 ta, ish bilan ta’minlash yuzasidan 25 ta, sog‘liqni saqlash masalalarida 37 ta, ijtimoiy himoya masalasida 28 ta, aholini arzon un-yog‘ mahsuloti bilan ta’minlash bo‘yicha 16 ta, internetga ulanish bo‘yicha 11 ta, boshqa masalalarda 135 ta, jami 397 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 261 tasida (65.7%) mualliflarning talablari qanoatlantirilgan, 131 tasi bo‘yicha mualliflarga asosli tushuntirishlar berilgan va qolgan 3 ta murojaat hozirda o‘rganish jarayonida.

Shuningdek, qayd etilgan davrda sektorda 58 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan va 1246 nafar yoshlarni ishtiroki ta’minlangan ushbu qabullarda 270 nafar yoshlar tomonidan murojaatlar qilingan.

Yoshlar uchrashuvlaridagi murojaatlarning asosiy qismini “Yoshlar daftari”ga kiritish orqali moddiy yordam, kasbga o‘qitish va subsidiya mablag‘i asosida to‘lovlar, kontrakt to‘lovlari amalga oshirilishida amaliy yordamlar ko‘rsatish tashkil etadi.

Ushbu murojaatlarning 225 tasida yoshlarning talablari qanoatlantirilgan, 43 nafariga asosli tushuntirishlar berilgan, 2 ta murojaat hozirgi kunda o‘rganish jarayonida. Sektorda bevosita tuman hokimining tashabbusi bilan 4 ta tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, “Kitob yarmarkalari” “bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari, “Sayyor tibbiy ko‘rik”lar va arzon narxlarda “Oziq ovqat savdo yarmarkasi”tashkil qilingan.

Sektor hududida o‘tkazilgan tadbirlar, tibbiy ko‘rik, oziq-ovqat va kitob yarmarkalari shuningdek ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

2022-yilning 12 oyida jami 24 ta tadbirlar o‘tkazilgan, shundan 4 ta mehnat yarmarkasi, 5 marotaba sayyor tibbiy ko‘rik, 4 marotaba oziq-ovqat savdo yarmarkasi, sektor hududidagi 11 ta maktablar bilan birgalikda 11 ta kitob yarmarkalari o‘tkazilgan. Tadbirlarda sektorning barcha mahallalari qamrab olingan.

Yarmarkada jami 78 ta korxona tashkilotlar 814 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan, shundan 280 ta oliy ma’lumotli, 196 ta o‘rta- maxsus, 338 ta o‘rta ma’luotli bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan xususiy sektorda 425 ta, korxona-tashkilotlardan 389 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan. Yarmarka natijasida ishsiz fuqarolarning 371 nafariga doimiy ishga joylashish uchun,
68 nafariga xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga ishga qabul qilish uchun yo‘llanmalar berilgan.

Mahallalarda tashkil etilgan sayyor tibbiy ko‘riklar davomida 15 ta turdagi (UTT, EKG, laborant, urolog, kardiolog, travmatolog, terapevt, otoloringolog, oftolmolog, endokrinolog, ginekolog, xirurg, pediatr, nevropotolog, pulmonolog) tibbiyot sohasi mutaxassislari jalb etilgan.

Mahallalardagi tibbiy ko‘riklar davomida 195 nafar patranaj hamshiralar xonadonlarda bo‘lib, 7907 ta xonodonni patranaj xizmati bilan qamrab olib, 10 ming nafardan ortiq aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

3-sektor rahbarining tashabbusi bilan o‘tgan 2022-yilning 12 oyi davomida tuman hududidagi “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi shuningdek yakka yolg‘iz va boshqa ijtimoiy yordamga muxtoj oilalarning
47 tasidan uyma-uy yurish orqali xabar olindi hamda ushbu oilalar toifalarga ajratilgan holda muammolari bo‘yicha yordamlar ko‘rsatilib birlamchi oziq-ovqat maxsulotlari bilan ham ta’minlanib kelinmoqda.

3-sektor hududidagi mahallalarda ishsizlar va rasmiy bandligi ta’minlanmagan shaxslarni bandligini ta’minlash uchun amalga oshirilgan ishlar:

3-sektorga 19 ta korxona-tashkilotdan mas’ullar berkitilib, aholi muammolari o‘rganilgan.

Jumladan, sektor hududidagi Qovunch”, “Bo’ston” “Al-Xorazmiy”, “J.Manguberdi”, “P.Mahmud”, “Ziyolilar”, “Ming otliq”, “Pichoqchi”, “Gulzor” va “M.Xorazmiy” mahallalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan tegishli tartibda elektron platformalarda ro‘yxatdan o‘tkazilib, sektor rahbarining  tashabbusi bilan 2022-yilning 12 oyi mobaynida quyidagicha ishlar amalga oshirildi:

3-Sektor hududidagi mahallalardan subsidiyalar ajratish bo‘yicha kelib tushgan arizalar bo‘yicha 68 holatda 99.0 mln. so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Ushbu ajratilgan subsidiyalarni sohalar kesimda tahlil qilinganda, shundan:

-  hunarmandlar uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun 53 nafar fuqaroga 31.8 mln.so‘m;

-  yengil konstruktsiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun 2 nafar fuqaroga 15.0 mln. so‘m;

(Misol uchun, “Gulzor” mahallasi “Guliston” ko‘chasi 160-uyda yashovchi ishsiz fuqaro Eshchonova Shoxida Kopalovnaga 9.0 mln. so‘mga 100 kv.metr yengil konstruktsiyali issiqxona o‘rnatib berildi, o‘zini o‘zi band qilish faoliyati bilan  bandligi ta’minlandi).

-  Asbob-uskuna mehnat qurollarini xarid qilish uchun “Ayollar daftari, “Yoshllar daftari” va “Temir daftari”da turgan ishsiz 3 nafar fuqarolarga 22.5 mln. so‘m;

(Misol uchun, “Boston” mahallasi “Guliston” ko‘chasi 3-uyda yashovchi ishsiz fuqaro Kenjaeva Anagulga 9.8 mln. so‘mga ikkita tog’ri chok va averlok tikuv mashinalari berilib oz-ozini band qilgan.

-  “Ustoz-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlashi uchun, zarur xom-ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi bo‘yicha 7 nafar ustoz hunarmandlarga 25.2 mln.so‘mlik subsidiyalar ajratib berildi;

(Misol uchun, “Pichoqchi” mahallasi “Istiqlol 8-tor” ko‘chasi 6-uyda yashovchi ishsiz fuqaro Allayorova Gulbaxor Dilshod qiziga 3.6 mln. so‘mga shogirdlar tayyorlashi uchun, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi bo‘yicha 6 oy davomida subsidiya berilib, YaTT ro‘yxatidan o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan bandligi taminlandi).

3-Sektor hududidagi mahallalardan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirish bo‘yicha jami 971 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilib, kelgusida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishiga zamin yaratildi,

Shundan:

-  573 nafari tadbirkorlik ko‘nikmalariga;

-  54 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik markazida;

-  21 nafari oliy biznes maktabida;

-  320 nafari bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirildi.

Olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tuman hokimligi, hokim yordamchilari va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan birgalikda 3-sektor hududidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 4880 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi, shundan:

-  1988 nafari doimiy ish joylarga;

-  854 nafari mavsumiy ishlarga;

-  1713 nafarining rasmiy o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.

3-sektor bo‘yicha 86.0 gektar yer maydonini aholiga ochiq tanlov asosida ajratish maqsadida ochiq elektron tizimga (E-IJARA) to‘liq joylashtirilib, “E-AUKSION” tizimi orqali ochiq tanlovga chiqarildi va barcha belgilangan yer maydonlari aholiga ajratib berildi.

Natijada bugungi kunda jami 527 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi va 486 nafar fuqarolar davlat soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘zini - o‘zi band qilindi.

Ortda qolgan 2022-yilnig 12 oyi mobaynida har bir mahallada hokim yordamchilari, mahalladagi yoshlar bo‘yicha yetakchilar shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “xonadonbay” xatlovlar o‘tkazilib, ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalar, ayollar va yoshlarni aniqlab, ularni tegishli ravishda “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilishi yo‘lga qo‘yilib o‘z navbatida ushbu daftarlarda turuvchi oilalarga quyidagicha yordamlar ko‘rsatildi.

Sektor hududidagi fuqarolar va tegishli daftarlarga kiritilganlarga belgilangan tartibda “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar” va “Yoshlar” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta‘minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, mavjud muammolarini hal etishda doimiy ko‘mak berib borish ishlari tashkil etilgan jumladan;

 

“Temir daftar”ga kiritilgan extiyojmant oilalar to’g’risida:

 

3-Sektor hududidan hozirgi kunda 23 ta ehtiyojmand oilalar
(81 nafar) oila a’zolari, “Temir daftar” ro’yhatida turibdi.

Hozirgi kunda “Temir daftar” ro’yhatida turgan 23 ta ehtiyojmand oilalarning oilaviy sharoiti o‘rganildi, ularning 1 tasi (3,4 foiz) o’ta muxtoj, 22 tasi (96,6  %) muhtoj oilalar toifasiga kiritilgan.

Joriy yilda “Temir daftar” ro’yhatida turgan 31 ta oilarning oila a’zolariga turli ko’rinishlarda moddiy yordamlar berilib, ushbu oilalarning oila a’zolari o’zlari doimiy daromad manbaiga erishganliklari hamda 2 nafar fuqarolar vafot etganliklari shu bilan birga O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining     28-aprel 2021 yil kungi 250-sonli qarori talablariga muvofiq “Temir daftar”dan chiqarildilar.

Hozirda “Temir daftar” ro’yhatida turgan 23 ta oilalarning oila a’zolariga ham belgilangan tartibda turli sohalarda amaliy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.

(Misol uchun, 3-sektor hududida yashovchi 4 ta kam ta’minlangan oilalarga 87 mln so‘mlik quyosh paneli orqali suv isitish moslamalari o‘rnattirilib berildi va 5.250 ming so‘mlik mevali daraxt ko’chatlari yetkazilib berildi ).

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida:

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sektor hududidagi mahallalar “xonadonbay” va “mahallabay” o‘rganilib ulardagi ayollarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollarni aniqlash, hamda “Ayollar daftari”ga kiritgan holda yordamlar berish uchun tumanning 1-sektor hududidagi ayollardan anketa so‘rovnomalari olinib, ishchi guruh tomonidan yordam ko‘rsatilishi zarur deb hisoblangan 938 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida ro‘yxatga kiritilib ularga o‘z navbatida quyidagicha yordamlar ko‘rsatildi:

- bandligini ta’minlash orqali 266 nafar;

- tadbirkorlikga yo‘naltirish orqali 87 nafar (951 mln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi);

- tikuv mashinalari bilan ta’minlash orqali 7 nafar;

- 87 nafariga 149 mln. 250 ming so‘mlik moddiy yordamlar ajratildi,

- 89 nafariga 1239 tup, 12 mln. 390 ming so‘mlik ko‘chatlar tarqatildi

-  212 ta oilalarga 4240 bosh parranda va xar bir parranda berilgan oilalarga 50 kg. dan yem mahsulotlari tarqatildi.

- 71 nafarini (44,9 mln so‘mlik ) Respublikamiz viloyatlari bo‘ylab sayoxatga olib borish harajatlari qoplab berildi;

- “Ayollar daftari”ning 3-bosqichidagi ayollar istiqomat qilayotgan  126 ta oilalarga 2180 ta parranda va ushbu oilalarga 5500 kg yem mahsulotlari tarqatildi;

- “Ayollar daftari”ning 3-bosqichidagi ayollarning 298 nafar farzandlari 65.560.000 ming so‘mlik maktab fo‘rmalari bilan ta’minlandi.

-87 nafariga 1 mln 80 ming so‘mlik, yani 93 mln 960 ming so‘mlik moddiy yordamlar ajratildi,

- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan turlari bo‘yicha “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga hozirgi kunda yordamlar to‘liq ko’rsatilib, endilikda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichini shakllantirish bo‘yicha ishchi huruhi tomonidan xatlov ishlari davom ettirilib kelinmoqda.

 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar togrisida:

 

Hazorasp tumanida hukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib yoshlarni har tamonlama
qo’llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyalar yaratib berish maqsadida tumanning 3-sektor hududidagi yoshlarni turmush tarzlari mahalladagi yoshlar etakchilari tomonidan xonadonma-xonadon anketa so’rovnomalari o’tkazish orqali o’rganilib, muammolari bo’yicha Yoshlar balansi shakllantirildi, shuningdek kechiktirib bo’lmas muammolari bo’yicha yoshlardaftari.uz eletron sayti orqali onlayn ariza qoldirishlari tushuntirildi. Joriy yilning o’tgan 12 oyi mobaynida onlayn arizalarga ko‘ra ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muxtoj deb topilgan ishsiz yoshlardan “Yoshlar daftari”ga kiritilib 2022 yilning 12 oyi mobaynida jami 225 nafar yoshlarga turli yo‘nalishlarda  amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Shundan:

- doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan yoshlar 4 nafar;

- to‘lov kontrakti qoplab berilgan yoshlar 72 nafar;

- tashqi migratsiyaga yuborilgan 1 nafar;

- imtiyozli kredit olganlari 3 nafar;

- ekin ekish uchun 10 yil muddatga er maydoni ajratilgan yoshlar
11 nafar;

- subsidiya ajratilganlar jami 58 nafarni tashkil qilib;

- kelajak kasblari uchun 2 nafar;

- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badali qoplab berilgan yoshlar 7 nafar;

- haydovchilik guvohnomasiga o‘qitilgan yoshlar 29 nafar;

-boshqa sohalarda 38 nafar yoshlar;

Joriy yilda sektor hududidagi 182 nafar yoshlarga amaliy yordamlar ko’rsatildi va bu boradagi ishlar davom ettirilib kelinmoqda.

 

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida;

 

“Gulzor” mahallasida 22 km ichimlik suvi tarmoqlarini rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kunga qadar ushbu ichimlik suvi tarmoqlari to’liq yotqilishiga va 71 % aholini ichimlik quvi tarmoqlariga ushash ishlari bajarildi. Jumladan, mahallada 8 ta transfarmatorlar mukammal ta’mirlanib 191 ta simyog’ochlar almashtirilishi bilan birga jami 9,8 km uzunlikda elektr liniyalari qurildi. (4,9 km rekonstrukцiya qilindi va 4,9 km yangidan tarmoqlashtirildi).

Bundan tashqari mahalladagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurilib foydalanishga topshirildi va 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta rekonstrukцiya qilindi. 1 ta qishloq vrachlik punkti to‘la ta’mirlanib aholiga foydalanishga topshirildi.

Aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy ahborot kommunikaцiya hizmatlari ko‘rsatish maqsadida mahalla hududida 679 ta yangi optik tolali stansiya qurilib aholini zamonaviy hamda sifatli internet tarmog’iga ulanishiga erishildi.

O‘tgan 2022-yilda tuman hokimi tomonidan sektor hududidagi “Gulzor” mahallasi “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni tartibga keltirish, tom qismi ta’mirlanishi lozim bo‘lgan xonadonlardan 30 tasining tom qismi, fasad qismi ta’mirlanishi zarur bo‘lgan 685 ta xonadonlardan 685 tasi ta’mirlandi. 712,0 ming kv.m. ekin maydonida obodonlashtirish ishlari olib borildi. 12 km. ariq va zovurlar tozalandi va 16 ming tupdan ortiq manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib shakl berildi.

Hulosa, joriy yilning 12 oyi yakuni boyicha ish natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan  tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Hurmatli, sessiya qatnashchilari va Xalq deputatlari tuman kengashining raisi, 2022-yilning 12 oyi davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga 2023-yilda yo‘l qo‘ymaymiz deb va’da beramiz hamda sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning xayotini yaxshilash uchun kechayu-kunduz sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.