Hazorasp tumani hokimligi

rasmiy veb sayti

2015 yil — «Keksalarni e'zozlash yili»

O‘zbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi va "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida "Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimizdir” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi.

Mustaqillik yillari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarish va yangilanishlar jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat tamoyillarini ta’minlash, iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday islohotlar aholining turli ijtimoiy guruh va qatlamlari turmush sifati va darajasini yuksaltirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 17-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bunga yaqqol misoldir.

"Mahalla” jamoat fondi viloyat bo‘limi hamkorligida Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari va deputatlar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

– Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili, deb e’lon qilinishi ayniqsa, biz, keksa avlod vakillarini g‘oyat xursand qildi, – deydi mehnat faxriysi Rayimqul Qulmonov. – Mahalla faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar tez-tez holimizdan xabar olib turibdi. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir ham yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va xalqimizga xos mehr-oqibat samaralaridir. Inson qadri ulug‘langan Vatanda to‘kin turmush kechirayotganimiz uchun beadad shukronalar aytamiz. 

Tadbirda urush va mehnat faxriylariga bayram sovg‘alari topshirildi. Vatan, istiqlol va tinchlikni tarannum etuvchi she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar yangradi.
 
Manba: Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA 
скачать dle 10.4фильмы бесплатно

  • Nuroniylar hamisha e’zozda
  • Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari
  • Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin
  • “Yurt kelajagi – 2015” respublika iqtidorli yoshlar tanlovining mamlakat bosqichida 419 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.